Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.66K subscribers
10.4K photos
796 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Xushxabar
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI!

Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi g'oliblari e'lon qilindi.

Unda dunyoning 21 ta mamlakatlaridan jami 1238 nafar o'quvchilar ishtirok etishdi.

❗️Mazkur xalqaro olimpiadada o'zbekistonlik o'quvchi yoshlar 5 ta kumush, 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

⚡️Shundan 10 nafari (4 ta kumush, 6 ta bronza) Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilar hisoblanadi.

👉G'oliblar bilan saytimizda batafsil tanishing.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Сифатли таълим: вазифалар Президент мактаблари тажрибаси асосида амалга оширилмоқда

📍 https://uza.uz/posts/453097

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Forwarded from Hilola Umarova
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!
#Ikki_buyuk_siymo

🔰 Dushanba - yangi maqsadlar va diydor kuni. Namangan shahridagi Prezident maktabida "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

📙 14-fevral - Shoh va shoir, benazir shaxsiyat egasi – Zahiriddin Muhammad Bobur tavvallud topgan buyuk tarixiy sana munosabati bilan Prezident maktabida Boburxonlik haftaligi boshlandi. "Speech time" lohiyasining bugungi dasturida Bobur ismli yigitlar va bu ismning ularning hayotiga ta'siri to'g'risidagi videorolik namoyish etildi.

🔸 Shundan so'ng maktab prezidenti Shohjahon Kukiboyev "Bobur avlodlari" shiori ostida tashkil etilgan ijodiy ishlar tanlovi shartlari bilan o'quvchilarni tanishtirdi. 10-sinf o'quvchisi Homidova Gavharshodbegim eko-faollar tashabbusi bilan boshlangan "ToFF" (Textile waste off) loyihasi maqsadi haqida ustozlar va o'quvchilarga batafsil ma'lumot berdi.

📚 An'anaga muvofiq "Mutolaa vaqti" loyihasi ham davom ettirildi. "Speech time" maktab jamoasi uchun foydali bilimlar va tavsiyalarga boy bo'ldi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
“Малака оширишга ўқитувчилар қўрқиб эмас, хурсанд бўлиб, эҳтиёжига қараб келиши лозим”, — Аюбхон Раджиев

“Илгари имтиҳонларни топшириш учун фақат битта имконият бериларди” — мактаб таълимида енгиллашган малака ошириш

А.Авлоний номидаги миллий-тадқиқот институти ректори Аюбхон Раджиев сўнги йиллардаги мактаб таълими малака ошириш тизимидаги трансформация - олиб борилган ислоҳотлар бўйича Kun.uz мухбирига интервью берди.

Интервьюни Kun.uzнинг ютубдаги расмий канали орқали кузатишингиз мумкин 👉 https://www.youtube.com/watch?v=vjq4ftDAUd4&t=379s

❗️Миллий-тадқиқот институтининг расмий саҳифаларини кузатиб боринг👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

14-fevral shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
__________
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube