Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
10.7K photos
810 videos
31 files
3.3K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktablari
#Imtihon_jarayonlari

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabidagi imtihon jarayonlaridan video-lavha

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Diqqat_imtihon
#Ijod_maktablari

Xabar berganimizdek, hozirda ijod maktablariga 3 bosqichli kirish imtihonlarning ikkinchi - og'zaki suhbat bosqichi bo'lib o'tmoqda.

✔️Hakamlar hay'ati tarkibida Prezident ta'lim muassasalari agentligi mutaxassislari va Yozuvchilar Uyushmasi a'zolari o'quvchilar bilimini baholashmoqda.

Shuningdek, chet tillarini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tayotgan imtihon jarayonlarida Prezident maktabida dars beruvchi xorijiy o'qituvchilar ham ishtirok etishmoqda.

❗️Jarayonlar grafik asosida kun bo'yi davom etadi. Natijalar barcha imtihonlar yakunlangandan so'ng e'lon qilinadi.
_
📸Fotolavhalarda Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablari.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktablari
#Imtihon_jarayonlari

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabidagi imtihon jarayonlaridan video-lavha

Bugun ikkinchi bosqich – ijodiy imtihon (suhbat) bo‘lib o‘tmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_2022

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Ijod maktablari 3-bosqich imtihonlari ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorlarga PIIMA nomidan sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Sms-xabarnoma 24 soat ichida jo’natiladi.

🔹Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar, maʼlumotdan oʻz vaqtida boxabar boʻlish uchun telefoningizga sms-xabarnoma kelganmi yoki yoʻqligini, shuningdek ariza.piima.uz sayti orqali "Shaxsiy kabinet" ni tekshirib turishni unutmang.

🔰Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

📌Yuklab olingan ruxsatnomani chop etib olish shart.

Ijod maktabiga kirish imtihonining 3-bosqichi 2-iyulda bo‘lib o‘tadi.

🏃🏻Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelishingiz shart!

👉Imtihonlar bo'lib o'tadigan manzillar bilan saytimizda batafsil tanishing.

#Ijod_maktablari #Imtihon
#Ijod_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Ijod maktablari imtihonlarining uchinchi - chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test bosqichi 2-iyul kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari 2-iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi.

Imtihonlar 1 smenada bo'lib o'tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

✔️Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari #Imtihon_natijalari

Ijod maktablari kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

🔸Ijod maktablariga kirish imtihon natijalari, eng yuqori ball va o‘tish ballari, har bir ijod maktabiga qabul qilinganlar soni haqida saytimizda batafsil o'qishingiz mumkin.

👇Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:

1️⃣ Portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Ijod maktabi natijalari" bo‘limida ID raqamingizni kiritish orqali - https://portal.piima.uz/page/ijod-maktablari-natijalari

2️⃣Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamingizni kiritish orqali.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Ijod_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Qoraqalpog'istonlik ota-onalar va o‘quvchilar!

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi imtihonlarining uchinchi - chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test bosqichi 27-iyul kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari Nukus Olimpiya zahiralari kolleji binosida 27-iyul kuni soat 18:00 da boshlanadi.

Imtihonlar 1 smenada bo'lib o'tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelish talab etiladi.

✔️Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilishingizni so‘raymiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Yangi_darsliklar
#Ijod_maktablari

YANGI ADABIYOT DARSLIKLARI - TA'LIM TIZIMIGA YANGICHA YONDASHUV!

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari uchun yangi yondashuvdagi 8- va 9-sinf Adabiyot darsliklari ishlab chiqildi.

Ushbu darslik:
▶️o‘quvchilarning ijodkorlik,
▶️yaratuvchanlik,
▶️kreativ fikrlash,
▶️didaktik tahlil va asar matni ustida mushohada yuritish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

❗️Bundan tashqari, birinchi marta adabiyot darsligiga “Adabiy laboratoriya” kiritildi.

🔰Mazkur adabiyot darsliklarida o'quvchilar nafaqat mutolaa qilish, balki audio matnlarni ham tinglash imkoniyatiga ega bo'lishadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Ijod_maktablari

⚡️⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi bitiruvchilari ham oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.

❗️Jumladan, mazkur maktabni 2021-2022-o'quv yilida jami 19 nafar o'quvchi tugatgan bo'lib, ularning hammasi OTM talabasiga aylanishdi.

O'quvchilarimizning 10 nafari to'lov shartnoma, 9 nafari esa davlat granti asosida o'qishga qabul qilingan.

O'quvchilarimizning kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Fakt
#Hisobot

IJOD MAKTABLARI O'QUVCHILARINING IJODIY YUTUQLARI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 9 ta ijod maktabi o'quvchilaridan 59 nafarining ijodiy ishlari to‘plami o'tgan o'quv yilida alohida nashr etildi hamda xorijiy to‘plamlarda chop etildi.

Jumladan, Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining iqtidorli o'quvchilarining she'rlari jamlangan "Ogahiy izdoshlari" nomli to'plami 2000 nusxada, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilarining ijodiy ishlarini o'z ichiga olgan "Tong jilvasi" kitobi 1000 nusxada hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'qituvchi va o'quvchilarining she'r va hikoyalari jamlangan "Mitti yulduz" to'plami chop etilgan.

❗️Shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy ishlarini muntazam to‘plam sifatida nashr ettirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur ijodiy ishlardan Ijod bog‘idan guldasta-2” nomli to‘plam chop etildi.

#Ijod_maktablari


⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube