Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
11.3K photos
821 videos
31 files
3.36K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
“Yangi O‘zbekiston” universitetida Karyera markazi ochilishi hamda “Qishki maktab” loyihasi ishtirokchilarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti faol talabalari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan Respublika miqyosidagi maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Qishki maktab” loyihasi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

☑️ Shuningdek, universitetda Karyera markazining ham ochilish marosimi o‘tkazilib, markaz ochilishida bir necha xalqaro kompaniyalarda ish tajribasiga ega mutaxassis ekspert Alisher Rustamov ishtirok etdi.

📌 Ushbu Markaz talabalarni kelajakda ishga tayyorlash va ish bilan ta’minlashda xizmat qilishi rejalashtirilgan.

🔁 English

#Qishki_maktab #Karyera_markazi

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Joriy o’quv yilidan maktabning 9- va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi.

Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi. Elektron shahodatnomani olishda va OTMga topshirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning yo'qligi esa o'z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratadi.

Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ta'limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettiradi.
🔰AMALIYOTGA YANGICHA YONDASHUV

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning dars jarayonlari amaliy mashg‘ulotlar ko‘rinishida o‘tkaziladi.

💹 Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari biologiya fanida "Yurak va uning tuzilishini o'rganish" mavzusi amaliy mashg‘ulot tarzida bo‘ldi. Dars xorijlik mutaxassis Mr. Prudense va mahalliy o‘qituvchi S. Bozorov tomonidan o‘tkazildi.

📚 Mashg‘ulotlarda odam yuragiga o‘xshash bo‘lgani uchun qo‘yning yuragidan tajriba uchun foydalanildi. Bu kabi tajribalarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarni amaliy tajriba va bilimlarini mustahkamlashdir.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Navoiy_va_Bobur
#Diqqat_tanlov📣

IKKI BUYUK SIYMO

⚡️ Maktabimizning fikrda teran, so’zda biyron, faoliyatda kuchli o’quvchilari
!

📙 So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligini keng nishonlash, ular qoldirgan bebaho merosni o’rganish maqsadida "Navoiyxonlik", "Boburxonlik" adabiy kechalari tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan quyidagi yo’nalishlar bo'yicha tanlov e’lon qilamiz:
📌Sinflar kesimida 9-fevral kuniga qadar “Navoiyni anglash”, 14-fevralga qadar esa “Boburni o‘rganamiz” shiorlari ostida chellenjlar tayyorlash;
🖌Navoiy va Bobur asarlari asosida rasmlar tanlovi;
📝“Navoiydan so'z ochsam agar...” hamda “Buyuk shoir, buyuk hukmdor” mavzusida insholar tanlovi;
▶️“Alisher Navoiy – o’zbek adabiy tilining asoschisi”, “Bobur jahon e’tirofida” mavzusida video taqdimotlar tanlovi;
🔉“Men g’azal shaydosiman” rukni ostida ifodali o’qish tanlovi (videorolik shaklida tayyorlanadi).

Tanlov g’oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.🎁🏆

📍Tanlovga tayyorlangan ishlar ishtirokchi haqidagi ma'lumotlar bilan @xurshidaNamPM ga taqdim etilishi kerak.
#Diqqat❗️
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH MUDDATI YAKUNLANMOQDA!

Shoshiling!

Xalqaro A-level imtihonlari uchun ariza topshirish muddati 10-fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Imtihonlar uchun onlayn arizalar https://alevel.piima.uz/ sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_tashrifi

⚡️ Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlat rahbari Namangan viloyatidagi Davlatobod tumanida joylashgan “Yangi O‘zbekiston yoshlar ziyo maskani” kutubxonasini borib ko‘rdi. U yerda yoshlar bilan uchrashib fikr mulohazalarini tingladi va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuvda Namangan shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Javohir Akramov ham ishtirok etdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ota_onalar_diqqatiga
#diqqat_qilamiz
#ogohlikka_chaqiramiz

❗️Farzandingizga shubhali shaxslardan qanday himoyalanish kerakligini o'rgating.

👆🏻Yuqorida farzandingizga uqtirishingiz zarur bo'lgan bugungi davr talablari sanab o'tilgan.

⚠️Ogohlik ehtiyotkorlikdan boshlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Diqqat❗️
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH MUDDATI YAKUNLANMOQDA!

Shoshiling!

Xalqaro A-level imtihonlari uchun ariza topshirish muddati 10-fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Imtihonlar uchun onlayn arizalar https://alevel.piima.uz/ sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️BU VIDEONI FARZANDINGIZ ALBATTA KO‘RSIN!

Bolalar yomon niyatli odamlarni farqlay olishmaydi. Ular beg‘uborligi, kattalarga ishonuvchanligi sabab yovuz niyatlilarning qurboniga aylanib qolishlari mumkin.

Shu sabab, bolangizga:

Shubhali shaxslar bilan gaplashmaslikni,
ularning qo‘lidan sovg‘a olmaslikni,
tanimagan odamlarning mashinasiga o‘tirmaslikni tayinlashingiz lozim.

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun ogohlikni oshirish shart va zarurdir!

Mazkur video-rolikni farzandingiz bilan birgalikda tomosha qiling va unga begonalar bilan qanday muomala qilishni o'rgating.

Zero, bu oddiy qoidalar bolangizni xavf va xatardan asrab qolishi mumkin!
Forwarded from KHISO olimpiada
🫥 Bugungi olimpiadani o‘tkazib yubormang!

🏆 “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 3-mavsumining 5-saralash bosqichi;

🔄 Iqtidorli oʻquvchilar yozgi maktabida qatnashishni xohlaysizmi?

Olimpiada 5-fevral kuni soat 11:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz platformasida Oliy ta'lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida 1-8 sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladi.

🔄 Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🇺🇿 Natijalar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktabda ishtirok etuvchilarni aniqlashda inobatga olinadi.

📲 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

Olimpiadaning qoidalari va tartibi.

🏆 Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlov
#Эълон

📣Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohining logotipini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilinadi!

Unda Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlar, ijod maktablari oʻqituvchilari va oʻquvchilari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetining talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

✔️ Logotip “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyati mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy gʻoyaning izchilligiga ega boʻlishi;
✔️Oromgoh faoliyati yoʻnalishlariga mosligi, logotip iqtidorli yoshlar, sanʼat, sport, ilm-fan, mazmunli dam olish va sogʻlomlashtirishni ifodalashi, “Renessans” yozuvi boʻlishi, shuningdek, renessansni aks ettirishi;
✔️Logotipda davlat ramzlari shakllari hamda tasvirlaridan foydalanish mumkin emas;
✔️Logotipning qismlari yoki boshqa oromgohlarga tegishli logotiplar yoki dizaynning elementlari yoki qismlari boʻlmasligi zarur va tanlov oʻtkazilguniga qadar biror joyda namoyish etilmagan boʻlishi shart.

📆Ishlab chiqilgan logotip loyihalari 2023-yil 20-fevral soat 18:00 ga qadar [email protected] elektron manziliga yuborilishi lozim.

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 71 207 20 17 (292).

❗️Ijodiy tanlov natijalariga koʻra birinchi oʻrinni egallagan ishtirokchi Agentlikning estalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
🔰Namangan shahridagi Prezident maktabi pedagog-kadrlarni matematika fani o'qituvchisi lavozimizga ishga taklif etadi:

❗️Nomzodlardan
,
- ingliz tilini bilishi (IELTS, CEFR, TOEFL);
- o'z yo'nalishi bo'yicha bakalavr/magistratura darajasiga ega bo'lishi;
- halollik, fidoyilik, ishchanlik hamda jamoada ishlay olish qobiliyati talab etiladi.

Agar siz Prezident maktabida ishlash, yetuk liderlarni tarbiyalash hamda zamonaviy ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritishni istasangiz, unda ushbu imkoniyat aynan Siz uchun!

👉Murojaat uchun:
Tel: 97 597 40 07
Telegram: @EBF007