Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
10.9K photos
814 videos
31 files
3.31K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
Namangan shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o'quvchisi Abduboqiyev Dovudxon dunyo universitetlari reytingida 8-o'rinda turadigan "Imperial College London" Universitetiga qabul qilindi. Namangan Prezident maktabi jamoasi Dovudxonni ushbu yutug'i bilan chin yurakdan tabriklaydi.

Namangan Presidential school student Abdubokiev Dovudkhon has been accepted to Imperial College London, which is ranked 8th in the QS World University Rankings. We sincerely congratulate Dovudkhon on behalf of the school administration and stuff.

Ученик Президентской школы города Намангана Абдубокиев Довудхон был принят в Университет "Imperial College London"в Великобритании. "Imperial College London" находится на 8 месте в Глобальном рейтинге. Администрация и весь коллектив Президентской школы г. Намангана от всей души поздравляет Довудхона с его достижением.

#news #university

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
O`tkir Hoshimov."Tushda kechgan umrlar".
Asarda bosh qahramon Rustamning fojiaviy qismati orqali afgʻon urushining maʼnosiz mohiyatini teran va taʼsirchan ifoda etilgan. Butun umri davomida totalitar rejim siyosatining qalqoni va qilichi sifatida ish koʻrgan, necha minglab halol odamlar dilini jarohatlagan, yostigʻini quritgan Komissar ham oʻziga xos fojiaviy obrazdir. Bu kimsaning fojiasi shundaki, u oʻzi olib borgan qora ishlarni haq deb biladi.

#kitoblar #OtkirHoshimovTushdakechganumrlar
#news #university

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
🇺🇿 Namangan shahridagi Prezident Maktabida Rosetum Galos tamonidan Kasbiy Mahoratni oshirish bo'yicha "21 asr o'quvchilarini darsga jalb qilish" mavzusida O'quv seminar bo'lib o'tdi. Seminarning maqsadlari:
1. 21 asr o'quvchilari xarakteri bilan tanishish;
2. 21 asr o'quvchilarini sinfda maxoratlarini oshirish bo'yicha aniq usullar va jarayonlar;
3. O'zbekiston va Kembrij o'quv dasturlarini 21 asr rivojlanishiga taqqoslash.

🇬🇧 A Professional Development Workshop on “Engaging 21st Century Learners” presented by Mr. Rosetum Galos at Presidential School in Namangan.
The goals of the workshop:
A. To be familiar with the characteristics of the 21st Century learners;
B. Name specific techniques or procedures inside or outside the classroom that would help develop their skills as 21st century learners;
C. Incorporate the Uzbek and Cambridge curricula to the development of 21st century skills.

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
🇷🇺 В Президентской школе г.Намангана преподавателем Rosetum Galos был проведен учебный семинар по повышению профессиональной деятельности педагогов на тему "Как заинтересовать во время урока учащихся 21 века".
Цели семинара:
1.Уметь дать характеристику учащимся 21века;
2.Методы и процессы по улучшению заинтересованности учащихся на уроке;
3.Сравнение учебных программ Узбекистана и Кембриджкой системы образования в 21 веке.

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Diqqat_fake

So'ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda.

Xususan, telegram orqali “PREZIDENT MAKTABLARI MAXSUS KANALI” nomi ostida Prezident maktablari imtihon va testlari haqida turli ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo’q.

Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rasmiy kanallari orqali berib boriladi:
👉 https://t.iss.one/piimauz

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
D.I.Fonvizin. Dumbul boyvachcha.

Ushbu kitobdan rus adabiyoti namoyandalari D.I.Fonvizin­ning «Dulbul boyvachcha» komediyasi, I.A. Krilovning o‘quvchilar sevib o‘qiydigan masallari hamda A.S. Griboyedovning «Aqllilik balosi» komediyasi o‘rin olgan. Bu asarlar kitob javoningizdan munosib o‘rin egallaydi, degan umiddamiz.

#kitoblar #DIFonvizinDumbulboyvachcha

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
З.М.Бобур. Бобурнома.

Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг ушбу шоҳ асарида бадиий тасвирга хос талқинлар, воқеа-ҳодисалар баён этилган. Асардаги воқеа-ҳодисалар муайян маънода унинг қисмат саргузаштларига чамбарчас туташиб кетади. Шу боис ҳам асарни бошдан-охиригача ўқиган китобхон ўсмир Бобурни, йигит-шаҳзода Бобурни, ошиқ Бобурни, умрбод жанговар лашкарбоши Бобурни, шаҳаншоҳ ва мутафаккир, меҳрибон ота Бобурни, барча зафару мағлубиятлари, фазилатларию нуқсонлари билан тўлиқ тасаввур эта олади.

#kitoblar #ЗМБобурБобурнома

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Yoshlar_siyosati

Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga tadbiq etish, mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🎤 Jumladan, Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov va bir qancha davlat idoralari mas’ullari yoshlar bilan muloqot qilishdi, ularning muammo va takliflarini o‘rganishdi. Uchrashuvda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari Amirulla Abdullayev ham ishtirok etdi.

⚡️ Yoshlarning fikr, maqsad va muammolari tinglandi, turli sohalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imkoniyat yaratib berish ta’kidlandi. Jumladan, ularning bir nafariga sport komleksi ochish uchun kredit ajratilishi aytildi hamda o‘quv markazi ochishni reja qilgan 2 nafar universitet bitiruvchilari uzoq muddatlik arzon ijara joy bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
N.V.Gogol.Dikanka qishlog`i oqshomlari.

Qo‘lingizdagi kitobga yozuvchining «Dikanka qishlog‘i oqshomlari» hamda «Mirgorod» to‘plamlari kiritildi. Ushbu hikoya va povestlar to‘plamlari turli yillarda nashr etilganiga qaramay, bir biriga bog‘liq, izchil yaxlit siklni tashkil etadi. Bu qissalar o‘zining favqulodda dilgirligi, ko‘ngilga yaqinligi bilan ajralib turadi va sevib o‘qiladi.

#kitoblar #NVGogolDikankaqishlogioqshomlari

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#dars_offline

Bugungi kunda Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilari ota-onalaridan “bahorgi ta'til uzaytirildimi?”, degan mazmundagi savollar kelib tushmoqda.

👩‍🏫 Mazkur savolga javoban Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda ta'lim karantin qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda, an'anaviy shaklda (offline) 29-mart kunidan boshlab tashkil etilishini ma'lum qiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#tashrif

Ulug' ustoz, atoqli olim, O'zR FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O'zbekiston matematiklari jamiyati raisi, adabiyotshunos olim, dramaturg, aruz ilmining bilimdoni Abdulla A'zamov Namangan shahridagi Prezident maktabiga navbatdagi tashrifini amalga oshirdi. Eng quvonarlisi, ustoz bu gal kun davomida o'quvchilarga o'quv jarayonlarida hamrohlik qiladilar. Rejalashtirilgan qizg'in suhbatlar, ajoyib taqdimotlar, ilmiy salohiyatga to'la fikrlar ustozlar-u o'quvchilarga yanada kuch bag'ishlashiga ishonchimiz komil.
Mahorat darslari boshlandi!

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz