Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.66K subscribers
10.4K photos
797 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Italiya

Bugun Italiyaning Uffitsi galereyasi rahbari Eike Shmitd boshchiligidagi delegatsiya Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Agentlik faoliyati taqdimoti bo'lib o'tdi. Tomonlar, shuningdek, istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

❗️Uffitsi galleriyasi vakillari tomonidan Agentlik bilan hamkorlikda gallereyaning video materiallari o'zbek tiliga tarjima va dublyaj qilinganligi muvaffaqiyatli loyiha bo'lganligi alohida ta'kidlab o‘tildi.

📍Uchrashuv so'ngida mehmonlar uchun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab kampus-tur o‘tkazildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида қиш мавсумида аҳолини энергия ресурслари билан узлуксиз таъминлаш бўйича кўрилаётган чоралар юзасидан кенгайтирилган йиғилиш бошланади.

Скоро при Президенте Шавкате Мирзиёеве начнется расширенное совещание по принимаемым мерам бесперебойного обеспечения населения энергоресурсами в зимний сезон.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент вазиятни ўнглаш бўйича мутасаддиларга қатор топшириқлар берди.

Бош вазир А.Арипов ва энергетика вазири Ж.Мирзамаҳмудовга бор имкониятларни ишга солиб, мавжуд ресурсларни адолатли тақсимлаб, муаммоли маҳаллаларда одамларга зудлик билан ёрдам кўрсатадиган тизим яратиш топширилди.

Келгусида бундай вазиятга йўл қўймаслик учун ҳозирдан аниқ чораларни белгилаш, яъни қаерда газ бўлмаса, суюлтирилган газ ёки кўмир етказишни бугунданоқ ҳал қилиш вазифаси қўйилди.

Икки ой муддатда хориждан малакали мутахассисларни олиб келиб, бошқарув ва ишлаб чиқариш жараёнларини рақамлаштириш бўйича амалий ишларни бошлаш вазифаси қўйилди.

Энергия таъминотида қаерда узилиш бўлган бўлса, унинг сабабларини кўрсатиб, оқибатлари қанча муддатда бартараф этилишини одамларга тушунарли тарзда етказиш зарурлиги қайд этилди.

Бугунги совуқ кунларда қарздорлик деб, хонадонларни электр ва газдан узилишига йўл қўйилмаслиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Что вас ждет в программе Technovation Girls Uzbekistan 2023?

Все команды девушек, 12-18 лет, при поддержке менторов проходят 4  этапа программы Technovation:

1. Идея
С помощью дизайн-мышления и брейнсторминга выявляют важные социальные проблемы в своих сообществах

2. Технологии
Разрабатывают решения (мобильные приложения или AI проекты, с использованием искусственного интеллекта)

3. Предпринимательство
Создают бизнес-план и план привлечения пользователей

4. Питч + Видео
Снимают видео и презентуют свои проекты

Участие бесплатно, знание английского обязательно.
Регистрация — на сайте https://my.technovationchallenge.org/

——————

Technovation Girls Uzbekistan 2023 dasturida sizlarni nimalar kutmoqda?

12-18 yoshli qizlardan iborat barcha jamoalar mentorlar ko‘magida Technovation dasturining 4 bosqichidan o‘tadi:

1. G‘oya
Dizayn-fikrlash va breynstorming yordamida o‘z hamjamiyatlaridagi ijtimoiy muammolarni aniqlaydi

2. Texnologiyalar
Yechimlarni ishlab chiqadi (mobil ilovalar yoki AI loyihalar, sun’iy intellektdan foydalangan holda)

3. Tadbirkorlik
Biznes-reja va foydalanuvchilarni jalb qilish rejasini tuzadi

4. Pitch + Video
Videoni tasvirga oladi va o‘z loyihalarini taqdim etadi

Qatnashish bepul, ingliz tilini bilish majburiy.
Ro‘yxatdan o‘tish — https://my.technovationchallenge.org/ saytida
Все состоят в Telegram-группах вашего города?
__
Hamma o‘z shahrining Telegram-guruhiga a’zomi?

Ташкент и Ташкентская область: https://t.iss.one/technovationgirlsgang

Андижан: https://t.iss.one/joinchat/H2yGZ4Yrqdz00VF4

Бухара/Навои: https://t.iss.one/joinchat/TCE35Pas3T3kC9X_

Карши/Термез: https://t.iss.one/joinchat/VsafHEgfsGpdwpEe

Наманган: https://t.iss.one/+88U8rfrbjv82YzJi

Нукус: https://t.iss.one/joinchat/QnQ0uQgNB0LwSk8H

Ургенч: https://t.iss.one/joinchat/VQ40saPAIIN_v2-v

Самарканд/Джизак/Сырдарья: https://t.iss.one/joinchat/Sp3ZT0w7_m6dRp4h

Фергана: https://t.iss.one/joinchat/C7hBAUOm9-sx4XrCvh13dA
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri mahalliy hokimliklar bilan III chorakni boshlash masalasini muhokama qildi

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari bilan ZOOM videokonferentsaloqa orqali boʼlib oʼtgan yigʼilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qoʼyildi.

Jumladan vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumtaʼlim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish  zarurligini taʼkidladi.

Аyni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqmoqda.
⚡️ Kiberxavfsizlik yo'nalishi bilan tanishing!

Ushbu yo'nalish bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

👨‍💻 Xavfsizlik arxitektori
- Xavfsizlik arxitektori zararli dastur hujumlarining oldini olish uchun foydalaniladigan mustahkam xavfsizlik tuzilmalarini loyihalash uchun javobgardir

💻 Kiberxavfsizlik muhandisi - Kiberxavfsizlik muhandislari tashkilotga bo’ladigan kiberhujumlarning oldini olish uchun xavfsizlik choralarini rejalashtirish ustida ishlaydi.

📲 Zararli dasturlar tahlilchisi - Zararli dasturlar tahlilchisi viruslar, botlar va troyanlar kabi kiber tahdidlarni ularning tabiatini tushunish uchun aniqlaydi va o’rganadi.

🔒 Xavfsizlikni testdan o'tkazuvchilar - Xavfsizlik tekshiruvchilari yoki axloqiy xaker tarmoq xavfsizligi bo’yicha maslahatchi bo’lib, tizim zaifliklaridan xakerga o’xshab foydalanadi.

🖥 Kompyuter kriminalistik tahlilchilari - Kompyuter kriminalistik tahlilchilari raqamli dalillarni to’plash va ma’lumotlarni qayta tiklash orqali kiberhujum holatlarida ishlaydi.

❗️Hoziroq o‘qishga ariza topshiring:https://newuu.uz/uz/admission/form

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023 #kiberxavfsizlik

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli o‘quvchilar!

Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.

O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.

Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy topishiga ishonaman!


Maktabgacha
va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
⚡️ Sun’iy intellekt va robototexnika yo'nalishi bilan tanishing!

Ushbu yo'nalish bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

👨‍💻Sun’iy intellekt muhandisi -
Ushbu soha mutaxassislari inson ongi kabi mustaqil qaror qabul qila oluvchi aqlli algoritmlarni yarata oladilar va amalga tadbiq qila oladilar.

☁️ Bulutli hisoblar bo’yicha muhandis – bu bulutli infratuzilmani yaratadigan va unga xizmat ko’rsatadigan IT-mutaxassisi.

📲 Dasturiy ta'minot muhandisi - bu ma’lum bir qurilma, internet yoki muayyan operatsion tizim uchun dasturlarni loyihalash, yaratish, joriy qilish va yangilash bilan shug’ullanadigan mutaxassisdir.

❗️Hoziroq o‘qishga ariza topshiring:https://newuu.uz/uz/admission/form

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023 #Suniy_intellekt_va_robototexnika

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
⚡️ Iqtisodiyot va ma'lumotlar tahlili yo‘nalishi bilan tanishing!

Ushbu yo‘nalish bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

💰 Moliyaviy tahlilchi - bu asosiy vazifasi xorijiy yoki mahalliy mijozlar uchun moliyaviy tahlilni o‘tkazish bo’lgan mutaxassis.

📊 Statistik - bu nazariy yoki amaliy statistika bilan ishlaydigan mutaxassis. Statistik ham xususiy, ham davlat sektorida ishlashi mumkin.

📐 Aktuariy - bu xavf va tavakkalchilikni o‘lchaydigan va boshqaradigan biznes mutaxassisi.

👨‍💼Ma’lumotlar bo‘yicha ilmiy izlanuvchi - Ma’lumotlar bo’yicha ilmiy izlanuvchi ma’lumotlar to‘plamini jamlash yoki baholashning eng samarali usullarini aniqlaydi.

❗️Hoziroq o‘qishga ariza topshiring: https://newuu.uz/uz/admission/form

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023 #iqtisodiyot_va_maʻlumotlat_tahlili

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😇🥰🥰🥰😇🥰🥰🥰

📣 Farzandingizni kitob o‘qishga qiziqtira olmayapsizmi?

🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tavsiya etadi!

📖 Endilikda 1-11-sinflar kesimidagi maktab darsliklari hamda eng sara kitoblarni Kitob.uz platformasida topishingiz mumkin.

📱Kitob.uz mobil ilovasini yuklab oling. 📚3 mingdan ziyod elektron kitoblarni o'qing va 1000 dan ortiq audio kitoblarni 🎧 bepul tinglang.

KITOB.UZ ilovasini yuklab olish ⬇️
🍏 Apple Store | 🛒 Google Play

Mazkur portalning qulayliklari:⬇️

➡️bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
➡️adabiy janrlarning boy tanlovi;
➡️portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
➡️kitoblarni izlash qulayligi.

Beeline, Mobiuz, Ucell, Uzmobile - aloqa operatori abonentlari Kitob.uz platformasidan trafik sarfisiz foydalanishi mumkin.

#kitob_uz #bepul_kitoblar #elektron_va_audio_formatda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jahon_kimyo_olimpiadasi

⚡️SHVEYSARIYA. JAHON KIMYO OLIMPIADASIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI BOSHLAB YUBORILDI

🔴 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi direktori o'rinbosari Alisher Ubbiyev va Prezident maktablari bilan ishlash bo’limi boshlig’i To'raboy Shermatov Jahon kimyo olimpiadasi (IChO) tashkiliy qo'mitasi yig'ilishida ishtirok etishmoqda.

❗️Yig'ilish Syurix shahrida joylashgan Syurix Federal texnologiya institutida (ETH Zürich) bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuv davomida 2026-yilda yurtimizda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Jahon kimyo olimpiadasi jarayonlarini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

📆 Uchrashuvlar 21-yanvarga qadar davom etadi.
_______
✔️Ma'lumot o'rnida, Jahon kimyo olimpiadasi har yili o'tkaziladi va xalqaro maqomga ega 5 ta asosiy fan olimpiadasining biri hisoblanadi. Mazkur olimpiada Markaziy Osiyo mintaqasida ILK BORA bo'lib o'tadi.

Mazkur olimpiadaning O’zbekistonda o’tishi uchun 74 ta mamlakat ovoz bergan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube