Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
11K photos
815 videos
31 files
3.31K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Yangi yil ostonasida turarkan, har bir inson ortga bir nazar tashlaydi, amalga oshirilgan ishlarga to‘g‘ri baho berib, yutuqlardan ilhomlanadi, yangi maqsadlarni belgilaydi.

2022-yil barchamiz uchun omadli keldi: bu yil Prezident ta'lim muassasalari agentligi va tizimdagi maktablar faoliyatida katta ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirdik.

Avvalo, Agentligimiz safi kengaydi: Prezident farmoni bilan bu yil 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tizimimizda ish boshladi. Bu maktablarga eng iqtidorli yoshlar va fidoyi pedagoglarni imtihonlar asosida saralab oldik.

❗️Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashiga (CIS) a'zosi bo'ldi. Mazkur maktablarimiz Cambridge Assessment International Education tashkiloti akkredetatsiyasidan muvaffaqiyatli o'tdi hamda xalqaro A/AS-level va SAT imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olindi.

✔️Agentlik tomonidan zamonaviy darsliklar ishlab chiqildi va tizimdagi maktablarga joriy etildi.

Shuningdek, yil davomida yurtimizdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun "Raqamli avlod" IT oromgohlari tashkil etildi. Unda zaif eshituvchi o’quvchilar ham qamrab olindi.

Bu yil maktablarimizning barcha bitiruvchilari 100 foiz ko'rsatkich bilan OTM lar talabasi bo'lishdi.

Bir so'z bilan aytganda yil omadli keldi. Sinovlardan yorug' yuz bilan o'ta oldik. Bularning barchasi bizga bildirilgan ulkan ishonch natijasidir.

Bir narsani ishonch bilan aytishim mumkin: bundan keyin ham yurtimizning taraqqiyotiga va ta'lim tizimiga rivojiga bor kuch bilan bilimimiz bilan hissa qo'shishda davom etamiz.

Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu sharafli vazifani kelayotgan yilda siz aziz ustozlar bilan birgalikda uddalashimizga aminman!

Fursatdan foydalanib, barcha hamyurtlarimizni yangi 2023-yil bilan chin qalbdan tabriklayman!

Yangi yil yangi zafar va muvaffaqiyatlar yili bo'lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление народу Узбекистана

https://president.uz/uz/lists/view/5801
Forwarded from Hilola Umarova
Maktablarda fizika va kimyo fanlari qisqartirilishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan munozaralarga ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida fikr bildirib o‘tmoqchiman.

Barchamiz yaxshi bilamiz, maktab — har qanday soha va yo‘nalishda insonga bilim poydevori bo‘lib xizmat qiladigan maskan sanaladi. Muhandis-u shifokor, dunyoga mashhur olim-u sportchi yoki boshqa turli kasb egalari bo‘lsin, shu maktabdan yetishib chiqadi, hayotiy tushuncha va bilimlarni, avvalo maktabda oladi. Shunday ekan, maktab har bir o‘quvchi uchun bazaviy bilim poydevorini qo‘yishi lozim.

Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart.

Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni o‘qitish asnosida insonning fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bo‘lgan shaxs esa hodisalarni tahlil qilish, tushunish va tushuntirishga qodir bo‘ladi. Shunday ekan, ta’lim sohasiga mas’ul rahbar sifatida ushbu fundamental fanlarni maktab o‘quvchilariga o‘qitilishini bekor qilinishi haqidagi fikrlar hech bir asosga ega emasligini va bunday xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilaman. Aksincha, endilikda biz maktablarda ushbu fanlarni o‘qitishni amaliyot bilan bog‘lash ustida bosh qotirishimiz va buning uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga bor e’tiborimizni qaratishimiz zarur.

2023-yil Davlatimiz rahbari tomonidan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi hamda bizning oldimizga maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, bitiruvchi yoshlarning biror kasb sirlarini o‘rganib chiqishi vazifasi qo‘yildi. Mazkur vazifadan kelib chiqib aytishim mumkinki, yuqori sinf o‘quvchilarining olayotgan bilimlarini o‘z tanlagan kasbiga qarab yo‘naltirish va ularning hayotiy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratamiz.

Bu boradagi boshlangan ishlar mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yanada kuchaytiriladi va o‘ylaymanki, ushbu tashabbuslar oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda farzandlarimizning kelajakda ma’lum bir kasbning haqiqiy egasi bo‘lib chiqishida katta xizmat qiladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#WinterCamp
#RaqamliAvlod
#ITOromgohi2023

🔥 "Raqamli avlod IT oromgohi 2023" 5-9-yanvar kunlari bo'lib o'tadi🚀🎊

Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha onlayn kurslar tashkil etiladi:

✅️ React.js;
✅️ Vue.js;
✅️ Python;
✅️ .net;
✅️ Web dizayn

📍Shoshiling, ro'yxatdan o'tishga ulgurib qoling: https://raqamliavlod.uz/

⚡️Eng faol ishtirokchilar maxsus sovg'alar bilan taqdirlanadilar🎁

Murojaat uchun: @DG_uzbekistan

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#III_chorak
#Namangan_Prezident_maktabi

Prezident maktablarida III chorak jarayonlari boshlandi.

🔰 Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari III chorakni jo‘shqin va zavqli ''Zakovat-Quiz'' loyihasi bilan boshladilar.

⚡️ Loyihaning bu galgi soni maktabning avvalgi yilgi bitiruvchilari tomonidan tashkil etildi. G'oliblarga tashkilotchi o‘quvchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔸 Sobiq o‘quvchilarning tashrifi va suhbatlari maktab jamoasi tomonidan iliq kutib olindi. III chorakning ilk kuni chinakam diydor bayrami bo‘ldi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#III_chorak
#Namangan_Prezident_maktabi

Prezident maktablarida III chorak jarayonlari boshlandi.

🔰 Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari III chorakni jo‘shqin va zavqli ''Zakovat-Quiz'' loyihasi bilan boshladilar.

⚡️ Loyihaning bu galgi soni maktabning avvalgi yilgi bitiruvchilari tomonidan tashkil etildi. G'oliblarga tashkilotchi o‘quvchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔸 Sobiq o‘quvchilarning tashrifi va suhbatlari maktab jamoasi tomonidan iliq kutib olindi. III chorakning ilk kuni chinakam diydor bayrami bo‘ldi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#RaqamliAvlod
#WinterCamp

⚡️Juda ko'p yoshlarning xohish-istak va murojaatlariga binoan tashkil etilayotgan "Raqamli avlod IT oromgohi 2023"ga start berildi.

Oromgoh Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi maktab o'quvchilarini, mehribonlik uyi hamda zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilaridan iborat 200dan ortiq bolalarni qamrab oldi🔥

📍Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda ushbu oromgoh doirasida online va offline darslar bo'lib o'tmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook