Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
10.6K photos
809 videos
31 files
3.29K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Fan_olimpiadasi
#Namangan_Prezident_maktabi

⚡️Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan viloyatida joylashgan maktablar o'quvchilari bugun viloyat fan olimpiadasida ishtirok etmoqdalar.

🔸 Bugun 9-sinf o'quvchilarimiz matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlaridan olimpiadada ishtirok etishmoqda.

📌Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishlari belgilangan.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Olimpiada

🔰Joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu olimpiadalarda respublika bo‘yicha jami 15 937 nafar o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shulardan 10 053 nafari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi.

📌Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishlari belgilangan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
The Earth Prize: maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 200 ming dollar boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-19 yoshli oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn formatda va ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar ekologik barqarorlikka oid ijobiy oʻzgarish olib keladigan yechim taklif qilishi kerak boʻladi.

Mukofotlar:
– 1oʻrin (1 ta): 100 ming dollar.
– 2-oʻrin (3 ta): 25 ming dollardan.
– Yil oʻqituvchisi: 12 500 dollar (oʻquvchilar uchun nazoratchilik qilgan oʻqituvchilar orasidan tanalanadi).
– Yil mentori (3 ta): 5000 dollardan.

Arizalar 2022-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-earth-prize-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilar-uchun-tanlov/

@grantlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Fan_olimpiadasi
#Namangan_Prezident_maktabi

⚡️Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan viloyatida joylashgan maktablar o'quvchilari bugun viloyat fan olimpiadasida ishtirok etmoqdalar.

🔸 Bugun 9-sinf o'quvchilarimiz matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika fanlaridan olimpiadada ishtirok etishmoqda.

📸 Bugungi viloyat fan olimpiadasi jarayonlaridan videolavha.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Мен_ўзбекман
#Tanlov

“MEN O‘ZBEKMAN” MAVZUSIDAGI IJTIMOIY ROLIKLAR TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

📣Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarining o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida "Men O‘zbekman” mavzusida ijtimoiy roliklar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov 3 ta yo‘nalishda bo‘lib o‘tdi va quyidagi ishtirokchilar 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi:

“Eng yaxshi informatsion rolik” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin – Halima Xudoyberdiyeva Ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Otabek Burxonovning Sirdaryo viloyatidagi qadimiy obidalar haqida maʼlumot beruvchi videoroligi;

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin – Namangan shahridagi Prezident maktabi 8-sinf o‘quvchisi Nodirabegim Qosimovaning yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida kuylagan qo‘shig‘i klipi;

“Muxlislar eʼtirofiga sazovor bo‘lgan rolik” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin – Namangan shahridagi Prezident maktabi 8-sinf o‘quvchisi Nodirabegim Qosimovaning yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida kuylagan qo‘shig‘i klipi

👉G‘oliblarning ijodiy ishlari bilan tanishing.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#OAV_biz_haqimizda

✔️
mtrkuzofficial Bilim doirasida
✔️
mtruzofficial Янгиликлар 24 | Ихтисослаштирилган мактаб-интернатга киторблар совға қилинди
✔️
mtrkuzofficial Янгиликлар 24 | Қаршида ихтисослаштирилган мактаб-интернати очилди
✔️
mtrkuzofficial Ахборот 24 | Жиззах шаҳрида янги ихтисослаштирилган мактаб-интернати фойдаланишга топширилди
✔️
UzA "Онлайн дарс" лойиҳаси Президент мактабига ўқишга кириш учун номзодларни тайёрлайди
✔️
darakchi.uz Ўқувчиларни Президент мактаблари имтиҳонларига тайёрлашга кўмаклашувчи янги лойиҳага қўл урилди
✔️
yuz.uz Ўқувчиларни Президент мактабига ўқишга киришига кўмак бериш мақсадида янги лойиҳага қўл урилди
✔️
UzA "Онлайн дарс" лойиҳаси Президент мактабига ўқишга кириш учун номзодларни тайёрлайди
✔️
kun.uz Президент мактабларида ўтиладиган дарслар видеоси эълон қилиб бориладиган бўлди
✔️
rasmiy xabarlar Президент таълим муассасалари агентлиги ўқувчиларни кириш имтиҳонларига тайёрлашда кўмак бериш мақсадида янги лойиҳага қўл урди

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
🌱"Zamin" fondining "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabida 4 noyabrdan 9 noyabrgacha gibrid tarzda Eko-IT oromgohi o‘tikazilmoqda. Oromgoh ishida butun O‘zbekistondan 22 ta maktab o‘quvchilari va pedagoglari ishtirok etadi.

🍃Eko-IT oromgohining dasturi xilma-xil: xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari, insonning tabiatga ta’siri to‘g‘risidagi amaliy seminarlar, mustaqil tadqiqotlar o‘tkazish, maishiy va issiqxona sharoitlarida "aqlli sug‘orish" orqali suvni tejash bo‘yicha smart-yechimlarni ishlab chiqish, qog‘oz va plastikni qayta ishlash bo‘yicha mahorat saboqlari, suv tozalash ob’ekti, havoni monitoring qilish stansiyasi, chiqindi poligoniga ekskursiyalar va ko‘plab boshqa tadbirlar.

🌍Maktab o‘quvchilarini havo va tuproq ifloslanishi sharoitida O‘zbekiston suv resurslaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, chiqindi poligonlari paydo bo‘lishiga olib keluvchi haddan ortiq iste’mol qilish muammosi, ko‘kalamzorlashtirishni to‘g‘ri tashkil etishga katta e’tibor qaratiladi.
♻️Eko-IT oromgohi doirasida ekofaollar ushbu muammolarning yechimiga qaratilgan amallarni bajaradilar.

🙌Eko-IT oromgohining hamkorlari: Xalq ta’limi vazirligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi, FAO.

@zamineco

Zamin | Facebook | Instagram