Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.67K subscribers
10.4K photos
796 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar!

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 18:00 da boshlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va yangilangan ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari
#Imtihon_2022

📣📣Оta-onalar va o‘quvchilar diqqatiga!

Prezident maktablari imtihonlarining 2- bosqichi ochiq havoda o‘tkazilayotgani va yog‘ingarchilik ehtimoli borligi sababli imtihon vaqti 1 soat oldinga surildi

❗️Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 17:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_2022
#Prezident_maktablari
#Fotoreportaj

🔴Ayni damda butun Respublika bo’ylab Prezident maktablariga ikkinchi bosqich imtihonlar bo’lib o’tmoqda.

❗️Ota-onalar test jarayonlarini test2022.uz platformasi orqali onlayn kuzatishlari mumkin.
____
📷Fotolavhalarda Jizzax, Namangan va Samarqand shaharlaridagi Prezident maktablari uchun imtihon jarayonlari aks etgan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_2022
#Prezident_maktablari

🔴Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur bosqichda 1-bosqich natijasiga ko‘ra, qabul kvotasida belgilangan har bir maktab kesimida 480 nafar talabgorlar qatnashdi.

❗️Ikkinchi bosqich imtihonlarda axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha:

▶️mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan – 40 ta masala,
▶️ingliz tilidan – 40 ta test ishlanishi talab etiladi.

📷Namangan shahridagi Prezident maktabi uchun imtihon jarayonlaridan fotolavhalar.

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Prezident maktablariga 2-bosqich imtihonlari jarayonida talabgor-o’quvchi qiz bilan sodir bo’lgan tushunmovchilikni bartaraf etish uchun ota-onalar tanlagan vakillar Agentlik mutasaddilari ishtirokida imtihonga kiritildi.

Vakillarga ushbu o’quvchi qizning Toshkent shahridagi maktablardan birining 4-sinf bitiruvchisi ekanligi isbotlab berildi.

Mazkur jarayonlardan video-lavha taqdim etilmoqda.
📣Diqqat, imtihon!

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni belgilandi.

🗓Imtihon kunlari va manzili:
▶️Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 5-avgust kuni soat 8:00 hamda 17:00da Toshkent shahri, Botanika bog‘i ва Paxtakor stadioni;
▶️Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 6- avgust kuni soat 8:00da Toshkent shahri, Botanika bog‘i ва Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tadi.

📲Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 3-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

🖥 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Qisqa tanaffusdan so’ng, mahorat darslarimiz yana boshlandi🤩
Ayni damda esa biz Namangan shahridamiz☺️

"Zamin Education" hamda “Raqamli avlod” loyihasi doirasida tashkil etilgan mahorat darslari 46-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati o’quvchilari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanavuchilar hamda Namangan shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari uchun bo’lib o’tmoqda.

Bilimga chanqoq o’quvchi yoshlarga mutaxassislar tomonidan Robototexnika va Dasturlash bo’yicha mahorat darslari o’rgatilmoqda.


Telegram | Instagram | Youtube | Facebook

______
Digital Generation Uzbekistan