Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.6K photos
803 videos
31 files
3.28K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Imtihon_2022
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Namangan_Prezident_maktabi

🔴Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining 5-kunidan fotoreportaj.

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Imtihon_2022

🔴Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining 3-kuniga start berildi.

📆Eslatib o'tamiz, imtihonlar 8-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.
______
✔️Fotoreportajda Buxoro va Namangan shaharlaridagi imtihon jarayonlari aks etgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
📣📣DIQQAT,E'LON!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari asosida ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish ishlari davom etmoqda.

Аgentlik quyidagi ixtisoslik fanlaridan darslik majmualarini yaratish bo‘yicha mualliflar tarkibi tanlovini eʼlon qiladi:

▶️ Matematika (6-sinf)
▶️ Matematika (7-sinf)
▶️ Kimyo (7-sinf)
▶️Kimyo (8-sinf)

Qanday hujjatlar talab etiladi?

ishtirok etish uchun ariza;
qatnashchilarning maʼlumotnoma-obyektivkasi;
darslik majmuasining konseptsiyasi (0,5 bosma taboqqacha);
darslikning rejasi (bo‘limlar va mavzular mazmunining tezisli bayoni, 1 bosma taboqqacha);
bitta bob bo‘yicha ishlab chiqilgan namuna matni.

❗️Takliflar joriy yilning 1-avgustiga qadar asl nusxada va elektron shakli [email protected] elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

👉Tanlov shartlari haqida batafsil saytimizda o'qing.
#Сўраган_эдингиз
#Imtihon_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga kechikib kelgan yoki hujjatida kamchilik aniqlanganligi uchun imtihonga kiritilmagan talabgorlarga imtihon topshirish uchun yana bir imkoniyat beriladimi?

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan bunday talabgorlarga 8-IYUL kuni qayta imtihon tashkil etiladi. Bugungi kunda imtihonga kechikib kelganlar va hujjatida kamchilik aniqlanganlarning ro'yxati shakllantirilmoqda.

Qayta imtihon kuni haqida ro'yxatdagi talabgor-o'quvchilarning telefon raqamiga sms-xabarnoma yuboriladi.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 5-iyul soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Imtihon_2022
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Namangan_Prezident_maktabi

🔴Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarining 3-kunidan fotoreportaj.

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Mutaxassis_javob_beradi
#Pedagog_kadrlar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga o'qituvchilarni saralab olish tanlovining suhbat bosqichi natijalari qachon e'lon qilinadi?

Suhbat jarayonlari joriy yilning 1-iyuliga qadar davom etadi. Jarayonlar yakunlangandan so'ng, tanlov natijalari haqida joriy yilning IYUL oyida nomzodlarning job.piima.uz saytidan ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga sms-xabarnoma yuboriladi.

Tanlovning suhbat bosqichida nomzodning test jarayonlarida to'plagan bali ham inobatga olinadimi?

Test pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovining 2-bosqichi bo'lib, mazkur bosqichda to'plangan ball nomzodning 3-bosqichga o'tishini belgilaydi. Tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlarga yakuniy natijalar haqida sms-xabarnoma yuboriladi.

❗️Suhbat bosqichi natijalari teng bo'lib qolgan nomzodlarning test ballari inobatga olinadi.
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

"Yangi O'zbekiston" universiteti
abituriyentlarga 2022-2023 o'quv yili kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rish jarayonida yanada qulaylik yaratish maqsadida har bir yo'nalish kesimida MAXSUS QO'LLANMAlarni taqdim etadi.

📞 +998 71 202 4111

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
#Xalqaro_hamkorlik

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Nottingham Trent universiteti mutasaddilari bilan uchrashdi.

Nottingham Trent universiteti аkademik maqsadlarga yo'naltirilgan ingliz tili dasturi rahbari, professor Martin Seviour va universitet qoshidagi Nottingham til va madaniyatlararo aloqalar instituti (NILIC) direktori Frank Austermuehl istiqboldagi rejalar haqida so'z yuritishdi.

Shuningdek, universitet bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining ingliz tili o'qituvchilari uchun tashkil etilgan trening natijalari muhokama qilindi.

Mazkur treninglar mart oyida oflayn va aprel-may oylarida onlayn shaklda o'tkazilgan edi.

✔️Mehmonlarga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashlashtirilgan maktab va "Yangi O'zbekiston" universiteti bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.

🔰Ma'lumot o'rnida, o'zaro hamkorlik aloqalari Agentlik tomonidan 2021-yilning noyabr oyida tashkil etilgan xalqaro ta'lim forumi doirasida yo'lga qo'yilgan edi.