Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.76K subscribers
12.2K photos
867 videos
32 files
3.58K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Prezident_maktablari
#Сўнгги_қўнғироқ

🔴Ayni damda Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilarning bitiruv oqshomi boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu bitiruv oqshomida Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova, Cambridge Assesement International Education ta'lim yo'nalishi boʻyicha bosh maslahatchisi Steve King ishtirok etdi va oʻquvchilarga katta hayotga oq yoʻl tilashdi.

Bitiruv kechasi tadbirida Prezident maktablarining bitiruvchilari sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

📌Eslatib oʻtamiz, bu yil Nukus, Xiva, Namangan hamda Toshkent Prezident maktablarini 92 nafar oʻquvchi bitirmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
PREZIDENT MAKTABLARI BITIRUVCHI O'QUVCHILARINING QASAMYODI!

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktabi o'quvchilari bugungi bitiruv oqshomida qasamyod qilishdi:

Biz, Prezident maktablari bitiruvchilari, ulugʼ bobolarimiz – Buxoriy-u, Xorazmiy, Samarqandiy-u, Nasafiy, Termiziy-u, Fargʼoniy, Temuriy-u, jadid bobolarimizga munosib avlod boʼlishga;

ulardan meros boʼlib qolgan halollik va ona Vatanga sadoqatni shior qilib, olgan bilimimiz, kuchimizni yurtimiz ravnaqiga sarflashga;

iymon-eʼtiqodimizdan toymay, sogʼlom fikrli, yuksak maʼnaviyatli, vatanparvar mutaxassis boʼlishga;

Vatanimiz qudratini mustahkamlashga, Yangi Oʼzbekistonda Uchinchi Rennesans poydevorini qurishga va Vatanimizning xalqaro maydondagi obroʼ-eʼtiborini yanada yuksaltirishga;

Prezidentimning, ota-onamning, xalqimning, ustozlarimning menga bildirgan ishonchini oqlashga
QАSАMYOD QILАMIZ!
👍1
#Prezident_maktablari
#Fotoreportaj

Prezident maktablari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan bitiruv oqshomi tadbiridan fotoreportaj.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартириш киритиш ва ташкилий чора-тадбирларни амалга ошириш юзасидан Конституциявий комиссия аъзолари билан учрашуви бошланади.

Скоро начнется встреча Президента Шавката Мирзиёева с членами Конституционной комиссии по формированию предложений о внесении изменений в Конституцию Республики Узбекистан и реализации организационных мер.

Facebook|Instagram|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijod_maktablari

Farzandingizning ona tili va adabiyot, tarjimonlik, jurnalistika sohasiga bo'lgan qiziqish va iqtidorini rag‘batlantirishni xohlaysizmi?

Unda ijod maktablari sizni kutmoqda!

❗️Shoshiling!

Qabul yakunlanishiga oz fursat qoldi! Hujjatlar 20-iyun soat 24:00 ga qadar ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“Xabaringiz bor, biz xalqimiz bilan maslahat qilib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng qamrovli islohotlarni boshladik.

Eng muhimi, o‘tgan 6 yil mobaynida butun jamiyatimiz qayta uyg‘ondi, odamlarimiz yangicha fikrlash, ishlash va yashashga intilmoqda.

Bugun mana shu demokratik yangilanish jarayonlariga yangicha ruh va shiddat berish, islohotlarimizni yana-da chuqurlashtirish zarurligini barchamiz yaxshi anglab turibmiz.

So‘nggi yillarda fuqarolarimiz tomonidan amaldagi Konstitutsiyani yana-da takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab taklif va mulohazalar bildirilmoqda.

Xususan, o‘tgan yili Prezident saylovoldi uchrashuvlarida saylovchilar tomonidan Asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilash masalasi ko‘tarilgan edi.

Saylovchilarimizning shu boradagi xohish va istaklarini amalga oshirish uchun Oliy Majlis palatalari tomonidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, faoliyat boshladi. Qisqa davrda Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi".

“Barcha fuqarolarimiz kabi men ham bu muhim jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boryapman. Aholimiz, jamoatchiligimiz vakillarining konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo‘lmasdan, o‘z taklif va mulohazalari bilan faol qatnashayotgani barchamizni quvontiradi.

Albatta, konstitutsiyaviy islohotlarimiz Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir.

Shu bois, bugun siz, hurmatli komissiya aʼzolari bilan bevosita uchrashib, fikr almashishni zarur, deb hisobladim.

Biz Konstitutsiyani takomillashtirish bo‘yicha yangi va juda masʼuliyatli bosqichga qadam qo‘ymoqdamiz.

Bugungi kun holatiga ko‘ra, Komissiyaga fuqarolarimizdan 48 ming 492 ta taklif kelib tushgani ham konstitutsiyaviy islohotlar obyektiv hayotiy zarurat sifatida kun tartibiga chiqayotganini yaqqol namoyon etmoqda.

Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlangan takliflar chuqur muhokamadan o‘tkazildi va hozirda Qonunchilik palatasiga kiritish bosqichida. Endi qonun, reglament asosida muhokamalardan o‘tkaziladi".

Manba
#Qabul
#Grant

🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universiteti uchun belgilangan TO'LOV SHARTNOMA MIQDORI va tabaqalashtirilgan GRANT taqdim etish tartibi haqida quyidagi infografika orqali ma'lumot olishingiz mumkin!

🏃 Shoshiling, arizalar joriy yilning 20-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook
📣 SHOSHILING!

📆 Prezident ta'lim muasasalari agentligi tizimidagi YANGI O'ZBEKISTON UNIVERSITETIga qabul jarayonlari tugashiga atigi 10 KUN QOLDI...

Biz sizga👇

- universitetda o'qish uchun 50%, 70% va xatto 100% gacha grant yutish;

- o'z yo'nalishi bo'yicha dunyoda BIRINCHI o'rinda turuvchi Massachusets Texnologiya Instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan HAMKORLIKDA ishlab chiqilgan o'quv dasturlari asosida ta'lim olish;

- o'qishni tamomlagach rahbarlik lavozimiga tayinlanadigan istiqbolli kadrlar ro'yxatiga kirish imkoniyatini taqdim etamiz.

🏃 Shoshiling, arizalar joriy yilning 20-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook