Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Tanlov

TEZ ORADA KIMLAR ITALIYAGA BORISHI ANIQ BO'LADI!

⚡️Xabaringiz bor, Agentlik tizimidagi maktablar o’quvchilari “Diplomacy Education” tanlovida g'olib bo'lish uchun bellashishmoqda.

🔴 Bugun tanlovning yakuniy bosqichi bo'lib o'tmoqda.

✔️Unda ishtirokchilar “Do you have what it takes to be a global citizen?” mavzusida taqdimot qilishdi.

Tanlov gibrid shaklda o'tkazilib, Toshkent shahrida joylashgan maktablardan qatnashayotgan talabgorlar unda offlayn ishtirok etishdi.

❗️Tanlovning yakuniy bosqichida 30 nafar talabgor qatnashgan, natijalarga ko'ra ulardan 10 nafari saralab olinadi.

📌Ma'lumot o'rnida, mazkur tanlov Prezident ta’lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi va Italiyaning “Global Action” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Speech time vaqtida maktabimizning 5 - Blue sinf o'quvchisi Ibrohimov Islomjon "Qo'rquvni yengish sirlari" mavzusida ajoyib videolavhalari bilan o'z tavsiyalarini o'quvchilarga ulashdi. Speech time mavzusi o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ldi.

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
📚 Oybek: "Quyosh qoraymas" (roman)

Oybekning nasriy asarlari orasida oʻzbek xalqining 2-jahon urushidagi jasorati tasviriga bagʻishlangan "Quyosh qoraymas" (1943—59) romani alohida eʼtiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand Gʻarbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boshlagan boʻlsada, urush toʻgʻrisidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji boʻlmagani uchun, uni 50-yillarda — hastalik paytida yozib tugatdi. Oybek Bektemir va uning ikki jangovar doʻstining obrazini yaratish orqali Sovet davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qoʻpol hatolari tufayli millionlab kishilar, shu jumladan, oʻzbek jangchilarining "toʻp yemi" boʻlayotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarOybekQuyoshqoraymas

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Online_meeting
#New_Uzbekistan_University

☑️"YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETI VA J-WELga A'ZO UNIVERSITETLARNING ONLAYN UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

🔰 "Yangi O'zbekiston" universitetining o'quv ishlari bo'yicha prorektori Elyorjon Jumayev hamda Massachusetts Texnologiyalari Instituti J-WEL tashkilotiga a'zo boʻlgan 70 ga yaqin davlatlar universitet rektor va prorektorlari onlayn uchrashishdi.

🖇 Uchrashuv davomida:
- MIT J-WELga a'zo universitetlar o'rtasida o'zaro aloqalarni yo'lga qo'yish;
- universitetlararo umumiy yillik yo'l xaritasini yaratish;
- yillik MIT tadbirlarini o'zaro bog'lash;
- o'quv dasturlarini shakllantirish bilan bog'liq ko'nikmalar ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

📌 Ma'lumot o'rnida, o'zaro fikr almashish, soha mutaxassislari va innovatorlardan ta'lim, o'qitish va o'rganish sohalarini yaxshilashga qaratilgan onlayn uchrashuvlar 1-aprelga qadar davom etadi.
#Faxrimiz

⚡️Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tanlov g'oliblari safida

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Akramov Javohir va Bahodirov Humoyunmirzo Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari o‘quvchilari hamda jamoa aʼzolari o‘rtasida o‘tkazilgan “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovi g'olibi bo'ldi.

📌Batafsil bu yerda.

***

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Интервью 24 | Мартин Севиор – Буюк Британиянинг «Nottingham Trent» университети профессори
#31mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
"AMALIYOTGA YANGICHA YONDASHUV"

💹 Namangan shahridagi Prezident maktabida "Biologiya" fanidan "Yurak va uning tuzilishi" mavzusida amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tmoqda. mashg'ulotlarni xorijlik mutaxassis Mr. Prudence va mahalliy o'qituvchimiz S. Bozorov olib borishmoqda.

📚 Mashg'ulotlarda odam yuragiga o'xshash bo'lgani uchun qo'y hayvoni yuragidan tajriba uchun foydalanilmoqda. Bunday tajribalarni o'tkazishdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarni amaliy tajriba va bilimlarini mustahkamlashdir.


⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Speech time vaqtida maktabimiz sevimli kutubxonachi ustozi Maryamxon Rahmatullayeva tomonidan 2 - aprel "Xalqaro bolalarga kitob ulashish kuni" munosabati bilan ajoyib videoroliklari bilan ma`lumotlar berib o'tildi. Shundan so'ng maktabimizning 5 -6 - o'quvchilari ishtirokida qiziqarli o'yinlar o'tkazildi. Speech time mavzusi o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ldi.

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz