Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.67K subscribers
10.4K photos
796 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
💻 Namangan shahridagi Prezident maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida 3 - tashabbus "Aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish" loyihasi doirasida maktabimizda "Kibersport" bo'yicha sinflar kesimida musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Speech time vaqtida maktabimizning 10 - Blue sinf o'quvchisi Akramov Javohir "Prezident maktabi o'quvchisining bir kuni" mavzusida ajoyib videolari bilan ma`lumotlar berib o'tdi. Shundan so'ng O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi bilan hamkorlikda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhIm tashabbus doirasida 3 - tashabbus "Aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish" loyihasi doirasida "Kibersport" bo'yicha sinflar kesimida musobaqalar o'tkazilgan edi. Shu musobaqaning final bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa o'quvchilari, viloyat yoshlar ittifoqi raisi Muhtarama Abdullaxanova Ravshanovna va maktabimiz direktori Oybek Ohundedayevich Zokirov tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
A.Madvaliyev.
Ijtimoiy- siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug`ati.

Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lig`aviy tarkibi, jumladan terminologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o`zgarishlarga uchraydi.Ushbu lug`atga 4000 ga yaqin ijtimoiy-siyosiy termin va terminologik birikmalar jamlangan "Ijtimoiy- siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug`ati" ushbu bo`shliqni bir qadar to`ldirish maqsadida tuzilgan. Lug`at keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan

.#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud #kitoblarIjtimoiysiyosiyterminlarningqisqachaizohlilugati

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
⚡️Vengriya elchisi Dyula Kovach Prezident taʼlim muassasalari agentligida bo‘ldi

Mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ekskursiya tashkil etildi. Maktab faoliyati, o‘quvchilarning loyihalari bilan tanishtirildi.

Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabidagi sharoitlarni yuqori baholab, Agentlik tizimidagi maktablarda zamonaviy bilimlar berilishi, yoshlarning intilishlari chuqur taassurot qoldirganini bildirdi.

Dyula Kovach Agentlik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, istiqbolda Vengriya elchixonasi Agentlik bilan hamkorlikda taʼlim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini taʼkidlab o‘tdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
⚡️Prezident taʼlim muassasalari agentligi va Britaniya Kengashining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbarlari uchrashishdi

✔️Bugun Prezident taʼlim muassasalari Agentligi direktori Hilola Umarova va Britaniya Kengashining (British Council) Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Deniz Voddingxem bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✔️Uchrashuv boshida mehmonlarga Agentlik tasarrufidagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “kampus-tur” tashkil etildi. Mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayonini va yaratilgan sharoitlarni yuqori baholashdi.

✔️Shu bilan birga Agentlik faoliyati va uning tizimidagi taʼlim muassasalari haqida qisqacha taqdimot qilindi.

✔️D.Voddingxem Britaniya Kengashi va Agentlik o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish mumkin bo‘lgan sohalarni o‘rganib chiqishini va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish rejasini bildirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Speech time vaqtida 10 - Green sinf o'quvchisi Ibrohimjonov Narzullo o'quvchilarga " Shaxs tarbiyasida oilaning roli " mavzusida o'z tavsiyalarini ulashdi. Shundan so'ng maktabimizning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Yelena Mustayeva so'zga chiqib, bugundan boshlanadigan fan olimpiadalarining viloyat bosqichida ishtirok etadigan o'quvchilarimizga muvofaqqiyatlar tilab yuqori natijalarga erishishiga ishonch bildirdi. Speech time mavzusi o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ldi.

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz