Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.6K photos
802 videos
31 files
3.28K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#hamkorlik

Namangan shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan o‘q otish va ot sporti bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulot, harbiy qurol-aslahalar taqdimoti hamda kamondan o‘q otish bo‘yicha 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tanlov tashkil etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin: Abdurahmonova Go‘zalxon (10-sinf)
🥈2-o‘rin: Avazxonov Jobirxon (10-sinf)
🥉3-o‘rin: No'monjonova Mohinur (9-sinf)
g‘olib deb topilib, viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#5_tashabbus
#mutolaa_vaqti

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yilida ham "Mutolaa vaqti📖" loyihasi davom etadi.

📌Loyiha "5 MUHIM TASHABBUS" doirasida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

📚"Mutolaa vaqti" haftaning seshanba va payshanba kunlari tonggi saflanishda o‘tkaziladi, unda maktabning o‘quvchi va o‘qituvchilari ayni paytda o‘qiyotgan badiiy adabiyotlaridan mutolaa qiladilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#CIS

📌Avval xabar berganimizdek, Namangan shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurgan edi.

Bugun ushbu tashrif hamda o'rganish jarayonlari o'z nihoyasiga yetdi.
Xalqaro mutaxassislar bir hafta davomida Prezident maktabida oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganib xulosa va takliflarini bildirdilar. Mehmonlar va maktab jamoasi o'rtasida samimiy davra suhbati tashkil etildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube