Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.61K subscribers
11K photos
815 videos
31 files
3.32K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Vatan_tayanchi

📍Namangan shahridagi "Uch favvora" xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔰Agentlikning Namangan viloyatida joylashgan 15 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 300 nafar oʻquvchisi "Vatan tayanchi" bolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_tayanchi

📍Namangan shahridagi "Uch favvora" xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimidan videolavha.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#Butunjahon_oziq_ovqat_kuni
#Mehrjon_hosil_bayrami

Xalqimiz azal-azaldan ona yer saxovatini e'tirof etgan va ne'matlarga shukrona hissini ajoyib bayramlari bilan ifoda etgan. Ana shunday bayramlardan biri "MEHRJON" kuzgi hosil bayramidir.

📍16-oktyabr kuni esa BMT Bosh Assambleyasida "Butunjahon oziq-ovqat kuni" deb e'lon qilingan.

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida sana munosabati bilan badiiy-ma'rifiy dastur namoyish etildi.

Unda 5-6-sinf o‘quvchilari ijrosida ona tabiat saxovati, kuz tarovati, ne'matlar qadri va shukrini tarannum qiluvchi she'r, hikmatlar, sahna ko‘rinishlari va qo‘shiq-raqslar o‘rin oldi.
#hamkorlik

♻️Namangan shahridagi Prezident maktabida 8-11-sinf o‘quvchilari ota-onalari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

📝Uchrashuvda:
ota-onalar va ustozlar jamoasi suhbati va maktab rahbariyati taqdimoti;
oʻquvchilarning oʻtgan o‘quv yilidagi natijalari monitoringi;
oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash;
oʻquvchilarning tarbiya va taʼlim jarayonlarida muammolari yuzasidan ota-onalarning murojaatlari boʻyicha tavsiyalarini oʻrganish kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Oʻquvchilar taʼlim-tarbiyasida bu kabi uchrashuvlar muhim ahamiyatga ega.