Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.6K photos
801 videos
31 files
3.28K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Mustaqillik_33_yil
#Bilimlar_kuni
BIR BO'LSAK - YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK - VATANMIZ!

Namangan shahridagi Prezident maktabida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida mustaqillik bayrami va yangi qabul qilingan o‘quvchilarni tabriklash tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktab jamoasi, ota-onalar, harbiy xizmatchilar, mehnat faxriylari ishtirok etdilar.

Bayram dasturida maktabning ijrochi direktori Shuhrat Aziboyev hamda Namangan viloyati gornizon boshlig'i Shohjahon Hakimovlar so’zga chiqib boshlangan yangi o'quv yili bilan 5-sinfga qabul qilingan o'quvchilar, ularning ota-onalarini hamda ustozlarni samimiy muborakbod etdi.

Harbiy orkestr va maktab o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat taqdim etdi.
Tadbir so‘nggida o‘quvchilar birinchi qo‘ng’iroq sadolari ostida “Mustaqillik darsi” tomon kuzatildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#mustaqillik_33_yil

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida Namangan garnizonidagi 07648 harbiy  qism komandiri Hakimov Shohjahon Shavkatovich ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati "Bir boʻlsak-yagona xalqmiz birlashsak-Vatanmiz" shiori ostida  davra suhbati tashkil etildi.

♻️Uchrashuvda yuqori sinf o'quvchilariga ona vatanga asl farzandlik, intizom va qat'iyat, imkoniyatlarga munosib javob berish haqida foydali va ruhlantiruvchi, samimiy suhbat o'tkazildi.

Bu kabi tadbirlar o'quvchi yoshlarda vatanga sadoqat, xalqparvarlik va azm-u shijoat tuyg'ularini yuksaltiradi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Президент Шавкат Мирзиёев мактабгача таълимни ривожлантириш, иқтидорли ёшлар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по развитию дошкольного образования и совершенствованию системы работы с одаренной молодежью.

#Mirziyoyev #taqdimot #maktabgachatalim #fanolimpiadalari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi

Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:

Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.

Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

@hilola_umarova
#Speech_time
#taqdimot

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida yangi kun davlat madhiyasi bilan boshlandi.
🗣"Speech time" loyihasi ham o'z navbatida faoliyatini davom ettiradi. Bugungi jamoa uchrashuvi qizg'in va o'zgacha kayfiyatda tashkil etildi.
▶️Unda akademik direktor Mr Rosetum Galos tomonidan o'qituvchilar tomonidan tashkil etiladigan fan va ijodiy to'garaklar va ularning maqsadi haqida ma'lumot berildi.
📋Shundan so'ng har bir o'qituvchi asosiy darslardan keyin tashkil etadigan to'garaklari bo'yicha o'quvchilarga qisqa ma'lumotlar ulashdilar va to'garakka taklif etdilar.
📌E'tiborlisi shundaki, ustozlar nafaqat mutaxassislari bo'yicha, balki boshqa ijodiy qiziqishlari bo'yicha ham mashg'ulotlar tashkil etishni maqsad qilishgan.
♻️Bu, albatta, o'quvchilarning rang-barang qiziqishlarini qamrab olishda, akademik va nonakdemik muvozanatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube