Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.4K photos
798 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#COP29
#Ozarbayjon

⚡️Oʻqituvchilarimiz iqlim oʻzgarishi boʻyicha xalqaro oromgohda ishtirok etmoqda

Ozarbayjon davlatida COP29 doirasida tashkil etilgan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yozgi oromgohda dunyoning turli mamlakatlaridan 75 nafar yosh o‘qituvchi yig‘ildi.

Ozarbayjon Respublikasi ekologiya va tabiiy resurslar, yoshlar va sport vazirliklari, BMT Taraqqiyot dasturi ofisi, UNICEF vakolatxonasi, ADA universiteti, UNESCO, IRENA, FEE, Teach for All global tarmog‘ining Iqlim ta’limi ofisi hamkorligi va ko‘magida oʻtkazilayotgan mazkur oromgohda ishtirokchilar iqlim o‘zgarishi va umuman COP jarayoni haqida xabardorligini oshiradi, ekologik madaniyat va bilimlarni ta’limga integratsiya qilish imkoniyatlarini amalga oshirish uchun yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

Ayni vaqtda Namangan, Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘qituvchilari Abrorjon Sadriddinov hamda Maxfuza Chulliyeva O‘zbekistondan vakil sifatida mazkur oromgohda ishtirok etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bahodir Jalolovdan navbatdagi oltin medal!

Boks boʻyicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov ikkinchi bor Olimpiada chempioniga aylandi. Eng ogʻir vazn toifasida ishtirok etayotgan yurtdoshimiz hozirgina yakunlangan jangda ispaniyalik raqibi Ayub G’adfani magʻlub etdi.

Jangni oilaviy tomosha qildik, hayajonlarga boy, shiddatli bahsda Bahodir raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Xabaringiz bor, Toshkent shahrida Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi faoliyat yuritmoqda. Maktabga tashrif buyurgan davlatimiz rahbari “Endi Bahodir Jalolov maktabi o‘z yo‘nalishida xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim bo‘ladi”, degan edilar.

Bugungi bellashuvni ayni vaqtda seminar-treninglarda qatnashayotgan tizim xodimlari, maktab direktorlari, vazirligimiz jamoasi ham qizg’in kuzatib bordi.

Bahodirning tinimsiz mehnati va prezidentimiz tomonidan bildirilgan ishonch bugun o’z mevasini berdi. Bahodir Jalolov maktabi bu yurtga hali yuzlab, minglab bahodirlarni yetishtirib berishiga ishonamiz.

Olimpiadada munosib ishtirok etib, Vatanimiz bayrog’ini baland ko’targan, rekord natijalar bilan yurtdoshlarimizni faxrlantirgan barcha sportchilarimizdan minnatdorlik bildiraman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Parij_2024

🥊 Bahodir Jalolov – ikki karra Olimpiada chimpioni!!!

🥇O‘zbekiston hisobidagi oltin medallar soni 8 taga yetdi!

🪪 Eslatib o‘tamiz, Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Parij_2024

🥊 Bahodir Jalolov havaskordan professional boksga o‘tganini e’lon qildi

📍Parij-2024 boks bahslarining so‘nggi final uchrashuvi Bahodir Jalolov va ispaniyalik Ayub Gadfa o‘rtasida bo‘lib o‘tgach, o‘zbekistonlik bokschi muhim qarorini rasman e’lon qildi.

🪪 Eslatib o‘tamiz, Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun tezkor, yangiliklar bosimi yuqori davrda zamonaviy o‘qituvchi ulardan xabardor bo‘lishi, o‘z sohasi bo‘yicha o‘zgarishlar, yangi metodikalarni tez o‘zlashtirishi kerak. Biz vazirlik jamoasi esa ularga zarur sharoitni yaratib berishimiz lozim.

Har yili “Ustozlar milliy forumi”ni tashkil etish an’anaga aylanib ulgurdi. Joriy yildagi forum Toshkent viloyatidagi "Renessans" oromgohida bo‘lib o‘tdi. Avvalgi va yangi o‘quv yili uchun ko‘prik vazifasini bajaradigan ushbu ikki kunlik yirik tadbirda natijalar sarhisob qilinib, yangiliklar yetkazildi, sho‘balar kesimida treninglar tashkil qilindi.

Seminarda bu yil respublikamizning turli nuqtalaridan kelgan 400 nafar ilg’or pedagoglarimiz ishtirok etdi.

Seminarda ilk bora 5E va MRT metodik yondashuvlari haqida treninglar tashkil etildi. Endi mazkur mahorat darslari viloyat, tuman (shahar), maktab miqyosida davom etadi va respublikadagi barcha ustozlar qamrab olinadi.

Forumda fidoyi hamkasblarimizni “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladik.

Yangi o‘quv yilida barcha jonkuyar ustozlarimizdan faollik kutamiz, o‘rgangan bilim va tajribalaringizni yosh avlodga yetkazishlariga ishonamiz.
#Fotoreportaj

Uchinchi “Ustozlar milliy forumi” ning tantanali taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon

🔔 IKKINCHI BOSQICHGA
TAVSIYA ETILGAN PEDAGOG O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

📆 Joriy yilning 22-avgust kuni ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkaziladigan test (tanlovning 2-bosqichi) quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:

1. Fizika/Matematika/Informatika - soat 09:00;

2. Kimyo/Biologiya/Ingliz tili/Ona tili/Rus tili/San'at - soat 11:00;

3. Tarix/Tarbiya/Geografiya/Jismoniy tarbiya/Texnologiya - soat 13:00;

4. O‘zbek tili/Qoraqalpoq tili - soat 15:00.

📍Test jarayonlari bo’lib o’tadigan manzillar.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
👋😊 Hammaga salom!

🥇 Biz ta’lim eko-oromgohidamiz! Bugun bu yerda "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi doirasida "Yosh eko-chempionlar" volontyorlik dasturi ishga tushirilmoqda.

👨‍🏫 Tanlovda g‘olib bo‘lgan yoshlar uchun kelgusi o‘quv yili davomida volontyorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan eng muhim mavzular bo‘yicha treninglarga boy mazmunli kunlar boshlanadi. Xalqaro ekspertlar bolalarga ommaviy chiqishlar paytida muloqot qilish ko‘nikmalarini, nizolarni qanday hal qilish yoki oldini olish, suhbatdoshlarni qanday tinglash va eshitishni o‘rgatadi, shuningdek, albatta, "must-have": iqlim o‘zgarishi, moslashish va uning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha mavzuga oid chuqur bilimlar berib boriladi.

🤝 Bolalarga omad tilash uchun YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Kastijio va "Zamin" jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Lola Saidova tashrif buyurdi.

👍 Tilaklarga qo‘shilamiz: omad!
~~~
👋😊 Всем привет!

🥇 Мы в образовательном эколагере! Сегодня здесь проходит запуск волонтерской программы «Молодые эко-чемпионы» в рамках проекта «Eco-Schools Uzbekistan».

👨‍🏫 Для молодых ребят, победивших в конкурсе, начинаются содержательные дни, наполненные тренингами по наиболее важным тематикам, необходимым для волонтерской деятельности в течение предстоящего учебного года. Международные эксперты обучат ребят навыкам общения при публичных выступлениях, расскажут, как разрешать или предотвращать конфликты, как научиться слушать и слышать собеседников, а также, конечно, «must-have»: тематические глубокие знания по вопросам изменения климата, адаптации и смягчения его последствий.

🤝 Пожелать ребятам удачи приехали Рехина Кастижио, глава офиса ЮНИСЕФ в Узбекистане и Лола Саидова, заместитель председателя попечительского совета Фонда Zamin.

👍 Присоединяемся: Удачи!

🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM