Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.67K subscribers
10.4K photos
797 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari yakunlandi.

Bugun, 9-iyul kuni tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlarida Respublikamiz bo‘ylab jami 42 mingdan ziyod talabgor ishtirok etdi.

📶 Maʼlumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244 378 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 42 785 tasi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#ijod_maktablar
#Namangan_viloyati

✔️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, 3-bosqich imtihonlari chet tilidan 20 ta, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 ta hamda intelektual qobiliyat darajasi (IQ) bo‘yicha 15 ta test topshiriqlari shaklida o‘tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
AGENTLIK TIZIMIDAGI BARCHA MAKTABLARGA 2024/2025-O‘QUV YILI UCHUN KIRISH IMTIHONLARI O‘TKAZILDI

Bu yil Agentlik tizimidagi maktablarimizga oʻqish istagini bildirgan talabgorlar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Maktablar kesimida aytadigan boʻlsak,
– Prezident maktablariga 62 062 nafar;
– Ijod maktablariga 5 512 nafar;
– Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga 42 785 nafar;.
– Hududiy ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 134 019 nafar o‘g‘il-qizlarimiz hujjat topshirishgan.

Mazkur imtihon jarayonlariga Agentlik tizimidagi maktablardan jami 2 616 nafar pedagog jalb etildi.

Ushbu imtihonlarni shaffof, adolatli, xavfsiz oʻtkazishda yaqindan yordam bergan 14 ta hudud rahbarlariga, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar, Bilim va malakalarni baholash agentliga hamda ommaviy axborot vositalari xodimlariga yaqin hamkorlik uchun alohida rahmat aytmoqchiman.

Shuningdek, Call-markaz hamda Agentlik va joylarda tashkil etilgan shtab vakillariga, kuzatuvchi-nazoratchilarga, umuman olganda ushbu imtihonlarda xizmatda boʻlgan barcha-barchaga oʻz minnatdorligimni bildiraman!

Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan barcha o‘g‘il-qizlarimizga omad yor bo‘lsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ota-onalar, aziz oʻgʻil-qizlar!

Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimizda oʻqish istagida boʻlgan yoshlarimizning safi yil sayin ortib borayotganligi bizni behad quvontiradi.

Bu yil mazkur maktablarda oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar soni 244 378 nafarni tashkil etdi.

Bunda Respublika miqyosida Prezident maktablariga bir o‘quvchi oʻrniga oʻrtacha 185 nafar, ijod maktablariga 15 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarga 20 nafar, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarimizga 80 nafar, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga esa 145 nafar talabgor toʻgʻri keldi.

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli va imtihon jarayonlarini tashkil etish amaliyoti yildan yilga soddalashtirilib, takomillashtirilib borilmoqda.

Xususan, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonlar o‘z hududlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da o‘tkazildi. Bu orqali yurtdoshlarimizning vaqt va mablagʻlari tejaldi.

Hurmatli ota-onalar!

Farzandingizni ilm olishga boʻlgan ishtiyoqini qoʻllab-quvvatlayotganingiz tahsinga loyiq. Uchinchi Renessans vakillari aynan sizning oʻgʻil-qizlaringiz boʻlishi shubhasiz.

Ilmga chanqoq, zukko, bilimdon o‘g‘il-qizlarimiz!

Sizlar hayotingizdagi ilk masʼuliyatli va ayni damda juda hayajonli imtihonlarda oʻz bilimlaringizni sinovdan oʻtkazdingiz.

Har biringizni kelajakda dunyoning nufuzli universitetlari imtihonlarida ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonishingizga tilakdoshman.

Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, Siz ozod va farovon yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar. Hech qachon izlanishdan, intilishdan to‘xtamang!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri