NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.8K photos
969 videos
9 files
4.52K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Kadastr. Sifatli va tez xizmat koʼrsatimiz

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tizimida aholi va tadbirkorlar murojaatlari boʼyicha meʼyori hujjatlar asosida ish tashkil qilingan boʼlib, barcha ishlar inson manfaati uchun va uning kadastr oid muammolarini tez hal qilishga qaratilgan. Tizimda “mahallabay” va “xonadonbay” ish tashkil qilingan.

🔹Misol uchun Uychi tumani filialini oladigan boʼlsak joriy yilning 9 oyi davomida jami 238 ta murojaat kelib tushgan boʼlsa, undan 225 tasi ijobiy hal qilindi. Bu murojaatlarning 94% tashkil qilmoqda. Qolgan 5 ta murojaat yoʼnalishi boʼyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan va 8 tasi esa mutaxassislar tomonidan oʼrganish jarayonidadir.

🔹Maqsadimiz kadastr xizmatidan foydalanuvchilarga sifatli va tez xizmat koʼrsatishdir.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#E_auksion

Namangan viloyati bo'yicha 2 458 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

🔹Mingbuloq tumanidan 85 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 198 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 59 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 88 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 556 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 203 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 104 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 139 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 318 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 351 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 225 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 130 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
#yer_nazorati

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Namangan tumani bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanda yerlarni asrab avaylash, uni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida joylarda muntazam profilaktik hamda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

🔹Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan yer qonunbuzilish holatlari yuzasidan fuqarolarga tushunchalar berilib, huquqiy oqibatlari haqida rasman ogohlantirish xatlari taqdim qilinmoqda.

🔹Joriy yilning 9 oyida aniqlangan huquqbuzarliklar bo'yicha tuman yer nazorati inspektorlari tomonidan jami 232 ta ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shundan, 183 nafar shaxslar ma'muriy jazoga tortilgan, 17 ta huquqbuzarlik holati berilgan yozma ogohlantirilsharga asosan bartaraf etilgan, 21 ta holatda maʼmuriy chora koʼrish uchun sudlarga yuborilgan, 9 ta holatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr

🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrugʻi bilan "Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" 🥇koʻkrak nishonlari qayta ta'sis etildi.

🟢Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

🟢Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar belgilangan tartibda va miqdorda bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan mukofotlanadilar.

🟢Ko‘krak nishoni bir xodimga ikkinchi marta takroran berilmaydi.

❗️Maʼlumot oʻrnida: mazkur koʻkrak nishonlar muqaddam 2017-yilda taʼsis etilgan hamda soha fidoiylari taqdirlangan.

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

"O‘ZBEKISTON — 2030" STRATEGIYASI

54-maqsad. Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish.

🔹Bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni 5 ming dollarga yetkazish.

🔹Qishloq xo‘jaligi sohasida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish.

🔹Agrar sohaga jami 15 milliard dollar investitsiyalarni jalb qilish.

🔹Hosildorlik ko‘rsatkichlarini paxta bo‘yicha o‘rtacha 45 — 50 sentnerga, g‘alla bo‘yicha — 80 — 85 sentnerga yetkazish.

🔹Qo‘shimcha 300 ming gektar yer maydonini zamonaviy suv tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘zlashtirish va mazkur yerlarda ozuqabop, dorivor, moyli, dukkakli, sholi, g‘alla, sabzavot, poliz ekinlari ekish, intensiv bog‘ va uzumzorlar tashkil etish.

🔹Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urug‘lik taʼminotini 50 foizga yetkazish.

🔹Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichining 25 foizdan yuqori bo‘lishini taʼminlash.

🔹Respublika hududlarida 2,5 million tonna quvvatga ega bo‘lgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ularning eksport salohiyatini 1 milliard dollarga yetkazish.

🔹Yer munosabatlarini isloh qilish doirasida yer maydonlari ijara huquqini garovga qo‘yish mexanizmini joriy qilish.

🔹Ko‘chatchilik xo‘jaliklari reyestrini yuritish va ko‘chatlarni sertifikatlash tizimini joriy qilish.

🔹Har bir tumanda agrar sohadagi ilm va innovatsiyalar, yangicha yondashuvlar, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi markazlarni tashkil qilish.

🔹Dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda klasterlarga barcha subsidiyalarni yagona «Agrosubsidiya» platformasi orqali "bir qadam" tamoyili asosida taqdim etish.

🔹Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chorvani sug‘urta qilish tizimini isloh qilish, alohida sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish va unga 100 million dollarni jalb qilish, dehqon va fermerlarga sug‘urta mukofotining 50 foizini subsidiyalash tizimini joriy qilish.

🔹Chorvachilik sohasida ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylov yerlardan unumli foydalanishni taʼminlash.

🔹Pillachilik sohasida klaster tizimi asosida 105 ming gektar yangi tutzorlarni barpo qilish va 1 milliondan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish.

Asos: PF-158 11.09.2023-y.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Mustahkam intizom – yutuqlar garovi

 🔹 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tizimidagi Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida korrupsiya yo‘l qo‘ymaslik uni oldini olishga qaratilgan profilaktik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar ishtirok etdilar.

🔹 Yig‘ilishga raislik qiluvchi M.Nurmatov o‘z so‘zida bo‘lim va filialda korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar xizmat madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilishlarini, ichki muhitni sog‘lomlashtirish kabi masalalariga ahamiyatni kuchaytirish lozimligi haqida gapirdi. U o‘z so‘zida bugungi yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sohaning barcha xodimlarini korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lishga, unga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirishdan iborat ekanligiga urg‘u berdi.

🔹Tadbirda so‘zga chiqqan A.Obidov, qayerda ijro va mehnat intizomi qatʼiy yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha yerda baraka va unum bo‘lishi, mehnat jamoasi o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmat bo‘lishi muqarrarligini taʼkidlab o‘tdi.

🔹 Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook