NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Islohot_odimlari #OAV_biz_haqimizda #Markaziy_gazeta_sahifalarida

"Yangi O‘zbekiston
" respublika gazetasi bugungi - 2023-yil 8-iyun, 112-sonida Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tgan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida "RAQAMLASHTIRILAYOTGAN KADASTR har bir qarich yerni hisobga olishda muhim ahamiyatga ega" sarlavhali tahliliy maqola chop etildi.

Muallif: Vazirlar Mahkamasi nashrining Namangan viloyati bo'yicha muxbiri Orifjon JO‘RAYEV

Telegram | Instagram | Facebook
Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar – jamoamiz ahilligiga xizmat qiladi

🔹Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari rahbariyati, xodimlar navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

🔹Tadbir so‘ngida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Qodirxon Gapparov boshchiligida kengashning kengaytirilgan yig‘ilishni o‘tkazildi. Unda “Viloyat kadastr tizimida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni jadallashtirish. Yutuqlar va muammolar” mavzusida kengash aʼzosi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Toshtemirovning maʼruzasi tinglandi. Maʼruza muhokama qilindi.

🔹Kengash qarori bilan barcha filiallarda maʼnaviy va maʼrifiy ishlarga filial boshlig‘i javobgar etib belgilandi. Tuman maʼnaviyat va maʼrifat guruhiga bayramlarni va xodimlarning tug‘ilgan kunlarini nishonlash, bemorlardan xabar olish, faxriylarni yo‘qlash, kutubxona tashkil qilish, binolarda tozalikni taʼminlash, sport musobaqalari tashkil qilish, issiq va sovuq maʼrakalarda qatnashish, va har juma siyosiy maʼrifiy soat o‘tkazish kabi vazifalar yuklandi. 

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Namangan viloyati bo'yicha 2 481 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

▪️Mingbuloq tumanidan 105 ta (koʼrish)
▪️Kosonsoy tumanidan 197 ta (ko'rish)
▪️Namangan tumanidan 68 ta (koʼrish)
▪️Norin tumandan 90 ta (koʼrish)
▪️Pop tumandan 562 ta (koʼrish)
▪️To'raqo'rg'on tumanidan 219 ta (ko'rish)
▪️Uychi tumanidan 146 ta (ko'rish)
▪️Uchqo'rg'on tumanidan 126 ta (ko'rish)
▪️Chortoq tumanidan 327 ta (ko'rish)
▪️Chust tumanidan 278 ta (ko'rish)
▪️Yangiqo'rg'on tumanidan 235 ta (ko'rish)
▪️Namangan shahridan 144 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
Xodimlarga g‘amxo‘rlik - jamoa shartnomasida aks etmoqda

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi o‘rtasida tuzilayotgan yangi 2023-2025-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 12 ta tuman shahar filiallaridan besh nafardan delegatlar qatnashdilar.

🔹Yig‘ilishga boshqarma boshlig‘i Q.Gapparov ishtirok etdi.   

🔹Viloyat boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mita raisi I.Sarimsakov tadbir qatnashchilarini Jamoa shartnomasining  barcha bandlari bilan tanishtirdi. Taklif qilinayotgan Jamoa shartnomasi barcha filiallarga tanishish uchun oldindan yuborilgan bo‘lib xodimlarning taklif va mulohazalari inobatga olinib qo‘shimchalar kiritildi.

🔹Yangi jamoa shartnomasi 18 ta bo‘lim va 250 dan ortiq banddan iborat bo‘lib unga 7 ta yangi band qo‘shildi.

🔹“Viloyatimiz kadastr tizimida 420 nafardan ortiq xodimlar mehnat qilmoqdalar. Ularga ishlashlari, dam olishlari, sog‘liklarini tiklashlari va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yangi jamoa shartnomasiga qo‘shimcha bandlar kiritildi. Bu ishlar hammasi Davlatimiz rahbarining inson manfaati yo‘lidagi siyosatlarini samarasi deb bilaman” – dedi o‘z so‘zida Q.Gapparov.

🔹Yangi Jamoa shartnomasi delegatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.  

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
DIQQAT E’LON!

Hurmatli Mingbuloq tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🔹Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bahromjon Pazilov hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🔹Sayyor qabul vaqti: 2023-yil 15-iyun, soat 10:00 da

🔹Manzil: Mingbuloq tumani, Oybek MFY, 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi binosi

🔹Qabulga yozilish uchun +998 93 496 48 00 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

34-modda. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishini monitoring va nazorat qilish
.

🔹Davlat organlarining, tashkilotlarning rahbarlari yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxslari o‘z tuzilmaviy bo‘linmalari tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi, ularning to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini taʼminlash choralarini ko‘radi.

🔹Murojaat u qaysi rahbar yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan nazoratga olingan bo‘lsa, o‘sha shaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.

🔹Oraliq javoblar berilgan va to‘liq ko‘rib chiqilmagan murojaatlar nazoratdan olinmaydi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook