NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#kadastr #tayinlov

TAYINLOV

🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligida boshqarmaning Namangan shahri, Davlatobod, Yangi Namangan, To‘raqo‘rg‘on va Mingbuloq tumanlari bo‘limlarida tashkiliy masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazildi.

🔹Unda Kadastr agentligi direktorining tegishli buyruqlariga asosan mazkur tumanlarga bo‘lim boshliqlari tayinlandi.

Jumladan:

Usmanov A’zam Adhamovich
Kadastr agentligining Namangan shahari;
Holmirzayev Ma’rufjon Mamasharib o‘g‘li Kadastr agentligining Davlatobod tumani;
Azimjanov Sardorbek Sharibjonovich Kadastr agentligining Yangi Namangan tumani;
Hamdamov Shavkat Gapirjanovich Kadastr agentligining Uchqo‘rg‘on tumani;
Tursunov Bunyodjon Ne’matjonovich Kadastr agentligining To‘raqo‘rg‘on tumani;
Shodmonov Abdulvohid Abdulhoshimovich Kadastr agentligining Mingbuloq tumani bo‘limlariga boshliq lavozimiga tayinlandilar.

🔹Barchalariga omad va zafarlar tilaymiz!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
AKT  – korrupsiyani oldini oladi va shaffoflikni taʼminlaydi

🔹Hozirgi axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan davrimizda kadastr tizimida ham bir qator yangi dasturlar joriy etildi. Bu kompyuter dasturlari xodimlarimizning ishni osonlashtirib xalqimizga va  tadbirkorlarimizga tez hamda sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yaratdi. Hozirda kadastr maʼlumotlar bazasida viloyat bo‘yicha 593 mingdan ortiq ko‘chmas mulklarning atributiv maʼlumotlari hamda 611 mingdan ortiq mulkdorlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar shakllantirildi.

🔹Shu sababli xizmat safari bilan Namangan viloyatiga o‘rganisha kelgan Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev va Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Misirovlar 2023-yil 17-may kuni DKP viloyat boshqarmasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari faoliyati bilan tanishdilar va davra suhbati o‘tkazdilar. 

BTAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr #davlat_xizmatlari

🌟Kadastrga murojaat qildingiz, ammo murojaatingiz qaysi jarayondaligini bilmaysizmi? Endilikda ⭐️Kadastr agentligi tomonidan ko'rsatiladigan bir nechta davlat xizmatlari jarayonlarini onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

🔽 BULAR:🔽

💠Kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha;
💠 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha arizalar;
💠 Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha arizalar;
💠 O'zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro'yxatidan o'tkazish;
💠 Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
💠 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma olish;
💠 Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish.

⚠️ Eslatib o'tamiz: Ko'chmas mulk obyektlari bilan bog'liq bir qancha xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Natijalar yaxshi, niyatlarimiz katta!

🔹Bugun Namangan viloyatiga xizmat safari bilan o‘rganishga kelgan Davlat kadastrlari palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev va Davlat kadastrlari palatasining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Misirovlarning boshchiligida o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan ZOOM orqali videoselektori bo‘lib o‘tdi.

BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрида ўтаётган Европа тикланиш ва тараққиёт банки Бошқарувчилар кенгашининг 32-йиллик йиғилишида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в 32-м годовом заседании Совета управляющих Европейского банка реконструкции и развития, проходящем в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #yigilish #YTTB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Natijalar yaxshi, niyatlarimiz katta!

Namangan viloyatiga xizmat safari bilan o‘rganishga kelgan Davlat kadastrlari palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yuldashev va Davlat kadastrlari palatasining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi yetakchi mutaxassisi N.Misirovlarning o‘rganish natijalari bo'yicha videolavha.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#sayyor_qabul

KADASTR TIZIMI - FUQAROLAR XIZMATIDA

🔹 Bugun aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan Shahrining "Dashtbog'" mahalla fuqarolar yig'inida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Gapparov Qodirxon Sattarovich boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Qabulda kadastr masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 26 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 16 nafariga joyining o‘zida yechim topildi, 10 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyida o‘rganib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook