NAMANGAN KADASTR
1.54K subscribers
12.2K photos
1.05K videos
9 files
4.91K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#sayyor_qabul

Sayyor qabullar - inson manfaati uchun

 🔹 Bugun Namangan viloyatining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Yangiqo‘rg‘on tumanining Nanay qishlog‘i fuqarolari va tadbirkorlari uchun kadastr xizmatiga  murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bahodirovich boshchiligida va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Gapparov Qodirxon Sattarovich hamda Yangiqo‘rg‘on tumani kadastr bo‘limi, tuman kadastr filiali boshliqlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Tadbirda kadastr masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 32 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 12 nafariga joyining o‘zida yechim topildi, 4 nafariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha batafsil tushuntirildi, 16 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyida o‘rganib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

🔹 Qabul davomida o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilgan otaxon va onaxonlar sayyor qabulni tashkil qilgan rahbarlarga va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib duolar qildilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar – jamoamiz ahilligiga xizmat qiladi

🔹 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari rahbariyati, xodimlar navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

🔹 Tadbir avvalida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov kadastr tizimidagi o‘zgarishlar tufayli boshqarmaning maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tarkibini yangilash va unga yangi tashkil qilingan xotin-qizlar kengashi, boshqarmalarning yoshlar harakati  vakillarini kiritishni taklif qildi. Ko‘pchilik ovoz bilan boshqarma boshlig‘i raisligidagi yangi kengash aʼzolari tarkibi tasdiqlandi.

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan namoyish etilgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotidan so‘ng, Kadastr agentligi Namangan viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov “30-aprel – O‘zbekiston Respublikasida umumxalq referendumi kuni” mavzusida maʼruza qildi. U o‘z so‘zida xodimlarni mamlakatimiz hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur siyosiy jarayonda faol ishtirok etib o‘zlarining munosabatlarini bildirishlariga chaqirdi.

🔹Shu masalada so‘z olgan Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Gapparov referendumda konstitutsiyaning yer va mehnat munosabatlariga oid moddalaridagi o‘zgarishlar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.   

🔹 Tadbir so‘ngida yig‘ilish raisi B.Pazilov viloyat kadastr tizimida ijro intizomiga rioya qilish, davlat tilida ish yuritish, xizmat va kiyinish madaniyatiga amal qilish hamda yangi qabul qilinayotgan meʼyoriy hujjatlarni doimiy o‘rganib borish uchun seminarlar tashkil qilish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook