NAMANGAN KADASTR
1.52K subscribers
12.7K photos
1.07K videos
9 files
5.08K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Kadastr idoralari-xalq xizmatida

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, А.Obidovlar Davlat kadastrlari palatasining To‘raqo‘rg‘on tumani filiali bosh muhandisi А.Аhmadaliev hamda To‘raqo‘rg‘on tuman IIB vakili podpolkovnik F.To‘rabaevlar ishtirokida To‘raqo‘rg‘on shahri “Sharq” mahalla fuqarolar yig‘inida “Kadastr idoralari-xalq xizmatida” mavzusida aholi vakillari, mahalla faollari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi А.Mamajanov hamda mahallada istiqomat qiluvchi 25 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etdilar.

🔹Tadbirda so‘zga chiqqan M.Nurmatov, А.Obidovlar, ishtirokchilarga kadastr yo‘nalishi bo‘yicha so‘ngi yillarda qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati xalqchil tilda tushuntirdilar. Аsosiy eʼtibor aholini kadastr sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi birgalikda kurashishga qaratildi.

🔹Shuningdek, kadastr idoralari xodimlari tomonidan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, tamagirlik kabi korrupsiya bilan bogʼliq huquqbuzarliklarga birgalikda kurashish lozimligi taʼkidlandi.

🔹Masʼullar joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkaziladigan Yangi Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumida faol qatnashishga chaqirdilar. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

🔹Uchrashuv yakunida To‘raqo‘rg‘on shahar “Sharq” MFY raisi А.Mamajanov ushbu davra suhbatini uyushtirgan tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

🔹Bunday jonli uchrashuvlar viloyatimizning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

🔹Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun namoyish etilgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

🔹Tadbirda so‘zga chiqqan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, joriy yilning 11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani va unda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” dasturi ishlab chiqilishiga topshiriq berilgani haqida gapirdi.

🔹“Dasturda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bandligini taʼminlash, ularni IT, xorijiy til, zamonaviy kasblarga o‘qitish, sportga jalb qilish, xorijdagi yoshlar bilan ishlash, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari nazarda tutiladi” – dedi notiq.

🔹- Yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, - dedi Davlatimiz rahbari.

🔹Shu sababli boshqarma rahbariyati tomonidan ham viloyat kadastr tizimida ishlayotgan yoshlarga o‘qishlari, malaka oshirishlari, sport bilan shug‘ullanishlari va o‘z ustilarida ishlashlari uchun, yaratilgan sharoitlar yanada kuchaytiriladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Namangan viloyati bo'yicha 2 391 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

▪️Mingbuloq tumanidan 106 ta (koʼrish)
▪️Kosonsoy tumanidan 187 ta (ko'rish)
▪️Namangan tumanidan 62 ta (koʼrish)
▪️Norin tumandan 89 ta (koʼrish)
▪️Pop tumandan 504 ta (koʼrish)
▪️To'raqo'rg'on tumanidan 218 ta (ko'rish)
▪️Uychi tumanidan 129 ta (ko'rish)
▪️Uchqo'rg'on tumanidan 126 ta (ko'rish)
▪️Chortoq tumanidan 319 ta (ko'rish)
▪️Chust tumanidan 274 ta (ko'rish)
▪️Yangiqo'rg'on tumanidan 236 ta (ko'rish)
▪️Namangan shahridan 141 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
#aholi_murojaatlari

🇺🇿Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasiga 2023-yilning 1-apreliga qadar 222 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:
🔹67 ta yozma murojaat;
🔹132 ta elektron murojaat;
🔹32 ta og'zaki murojaatlarni tashkil qiladi.

Ushbu murojaatlarning:
🔹87 tasi qanoatlantirilgan;
🔹115 tasiga tushuntirish berilgan;
🔹20 tasi o'rganish jarayonida.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
📣Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 8 731 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

➡️ Mingbuloq tumanidan 1322 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 554 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 1152 ta (ko'rish)
➡️ Norin tumanidan 540 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 644 ta (ko'rish)
➡️ To'raqo'rg'on tumanida 942 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 1081 ta (ko'rish)
➡️ Uchqo'rg'on tumanidan 62 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 190 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 2192 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo'rg'on tumanidan 52 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 3-apreldagi 137-sonli qarori asosida yangi tartibda ochiq elektron tanlovga qo'yilgan.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha )
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Maqsadimiz -xalqimizga halol xizmat qilishdir

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar ishtirokida Pop tumani kadastr xizmati xodimlari uchun “Maqsadimiz -xalqimizga halol xizmat qilishdir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda tumanning kadastr bo‘limi va filiali xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqan M.Nurmatov, A.Obidovlar, ishtirokchilarga kadastr yo‘nalishi bo‘yicha so‘ngi yillarda qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati xalqchil tilda tushuntirdilar. Asosiy eʼtibor aholini kadastr sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi birgalikda kurashishga qaratildi.

🔹Shuningdek, kadastr idoralari xodimlari tomonidan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, tamagirlik kabi korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga birgalikda kurashish lozimligi taʼkidlandi.

🔹Masʼullar joriy yilning 30-aprel kuni o‘tkaziladigan Yangi Konstitutsiya bo‘yicha umumxalq referendumida faol qatnashishga chaqirdilar. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

🔹Bunday qiziqarli va jonli davra suhbatlari viloyatimizning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌟"Kadastr tizimida 2023-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar tahlili" mavzusida o'tkazilgan brifingdan:

2023-yilning 1-aprel holatiga UzKAD tizimi orqali respublikaning umumiy 44,9 mln gektar yer maydonidan 43,2 mln gektari yoki 96 foizining elektron xaritasi yaratilib, 40,3 mln gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Geodeziya va kartografiya yo‘nalishida 15 ta geodeziya punktlari tekshirildi, 46 ta geodezik o‘lchovlar bajarildi, 21,7 ming kv.km maydonda aerofotosuratga olish ishlari bajarildi, 12 ming kv.km maydonning ortofotoplanlari va 28,1 ming kv.km maydonning ochiq turdagi xaritalari yaratildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga asosan tadbirkorlik faoliyati uchun kadastr idoralari tomonidan 1 028,3 gektar maydondagi 10 441 ta yer uchastkalari “Yerelektron” tizimiga kiritildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️Qishloq xo'jaligi yerlari nazoratda

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi To'raqo'rg'on tumani bo‘limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning "Tezkor Navro'z" massivi hududida yer nazorati tadbirlari olib borildi.

🔹Tadbirlar natijasida fuqaro tomonidan qishloq xo‘jaligi xaritasining 220-konturining 800 kv.m qismiga o‘zboshimchalik bilan beton poydevor qurilganligi aniqlandi.

🔹Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan olib borilgan profilaktik tushuntirishlardan so‘ng fuqaro o‘z ixtiyori bilan noqonuniy qurilmani buzib, bartaraf etdi.

❗️MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKS

60-modda, uchinchi qismi. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 300 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook