NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
11K photos
977 videos
9 files
4.57K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#yer_nazorati

Yer umumxalq mulki, uni o‘zboshimchalik bilan egallashga yo‘l qo‘yilmaydi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevralidagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Yer to‘g‘risidagi qonun buzilish holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi.

🔼Boshqarma, uning tuman va shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan joriy 2024-yilning 8 oyi davomida 179.4 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq 2749 ta qonun buzilish holati aniqlandi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish maqsadida 749 ta holatda 73.6 gektar yer maydonlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi, shundan, 92 ta holatda 8.7 gektar yerlar zaxiraga qaytarilishi sudlar tomonidan qanoatlantirildi (majburiy buzdirish yuzasidan sud qarori qabul qilindi).

➡️Shuningdek hozirgi kunda 637 ta holatdagi 64,2 gektar yer maydonlaridagi qonunbuzarliklar yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

➡️Bundan tashqari, xalqning oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladigan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarni talon taroj qilish va qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarish kabi jinoyat alomatlari bo‘lgan 124 ta holatda jami 40,3 gektar yer maydonida aniqlangan qonun buzilishlarning ish hujjatlari huquqiy baho berish uchun o‘rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.

✔️Kadastr agentligining tuman shahar bo‘limlari yer va kadastr inspektorlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma, profilaktik tushuntirish va targ‘ibot ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqargan 1705 nafar jismoniy va yuridik shaxs tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 65,6 gektar maydondagi qonun buzilish holatlari huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. Bu viloyat bo‘yicha jami aniqlangan holatlarning 60% ni tashkil qilmoqda.

‼️Shuni alohida taʼkidlash joizki, yer umummilliy boyligimiz bo‘lib uni avaylab asrab kelajak avlodlarga yetkazish hammamizning fuqarolik burchimizdir. Shu sababli barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishini oldini olsak Vatanimiz taraqqiyoti uchun katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Yer_nazorati #Yer_hisobi

🆕 Jonli efirda - Kadastr yangiliklari

🎙Namangan teleradiokompaniyasi FM 103.6 "Oltin Zamin" radiosining "So'ragan edingiz" loyihasida Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida yer va kadastr nazorati yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar, Prezidentimiz raisligida 2023-yil 21-noyabrda Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari” yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning Namangan viloyatidagi ijrosi haqida jonli efirda suhbat bo'lib o'tdi.

🔺Ushbu suhbatda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassisi Sh.Toshtemirov yuqoridagi mavzular yuzasida ma'lumotlar berdi va jurnalist savollariga javob berdi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

❗️Uchqo‘rg‘onda yer nazorati tadbirlarida “ko‘chalar ochilmoqda”

😎Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani tez rivojlanayotgan, aholi soni yildan yilga ko‘payayotgan tumanlardan hisoblanadi. 🌟Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan tuman bo‘limida inspektorlardan iborat Ishchi guruhlar tuzilgan.

😎Ishchi guruh Tuman hokimligi, Tuman qurilish bo‘limi bilan hamkorlikda yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha tezkor faoliyat olib bormoqdalar.

😎Joriy yilning 10 oyi davomida tuman bo'yicha 351 ta holatda jami 6,94 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Shundan, tushuntirish va yozma ogohlantirishdan keyin 247 ta holatda qonunbuzarlik ixtiyoriy ravishda bartaraf qilingan. 

😎Masalan, bo‘lim inspektorlari Uchqo‘rg‘onning “Islomobod” va “Qug‘ay” MFY hududlarida yer nazorati tadbirlari davomida fuqarolar T.T. A.P. va U.I.lar o‘ziga qarashli do‘konlari oldidagi ko‘cha qismiga hech bir hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 570 kv.metr yerni to‘siqlar bilan o‘rab olganlar. Inspektorlar tomonidan berilgan yozma ogohlantirishdan keyin o‘z xatosini tushungan fuqaro T.T. A.P. va U.I. o‘z hisobidan huquqbuzarlikni bartaraf qilgan.

😎Huquqbuzarliklarni oldini olish uchun yer nazorat tadbirlarida asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi yerlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

✔️Bizni kuzatib boring, Sizlarni yer nazorati tadbirlaridan xabardor qilib boramiz.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

❗️Yer nazorati. Istirohat bog'i o'z holiga keltirilmoqda

🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda Namangan shahar bo'limi inspektorlari tomonidan shahrining Z.M.Bobur nomli istirohat bog'i hududi Viloyat ishchi guruhi bilan hamkorlikda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlaridagi noqonuniy qurilmalar bartaraf qilinmoqda.

😎O'tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida fuqarolar J.B. K.M. va V.Q. lar istirohat bog'i hududidagi ko'kalamzorlashtirish hududiga hech bir hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan jami 450 kv.metr yerda turli xil noqonuniy qurilmalar o'rnatib, beton quyish ishlarini amalga oshirganlari aniqlandi. Inspektorlar tomonidan berilgan yozma ogohlantirishdan keyin o‘z xatosini tushungan fuqarolar J.B. K.M. va V.Q. o‘z hisobidan huquqbuzarlikni bartaraf qildi.

😎Ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 60-modda 2- qismi tartibida ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

😎Istirohat bo'g'i hududida nazorat tadbirlari davom etmoqda.

✔️Bizni kuzatib boring, Sizlarni yer nazorati tadbirlaridan xabardor qilib boramiz.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

❗️Yer nazorati. Istirohat bog'i o'z holiga keltirilmoqda

🌳Avval xabar berganimizdek bugun 🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda Namangan shahar bo'limi inspektorlari tomonidan shahrining Z.M.Bobur nomli istirohat bog'i hududi Viloyat ishchi guruhi bilan hamkorlikda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlaridagi noqonuniy qurilmalar bartaraf qilish ishlari davom ettirildi.

🌳Tadbir davomida fuqarolar D.K. K.T. va M.T. lar istirohat bog'i hududidagi ko'kalamzorlashtirish hududiga hech bir hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan jami 320 kv.metr yerda turli xil noqonuniy qurilmalar o'rnatib, beton quyish ishlarini amalga oshirganlari aniqlandi. Inspektorlar tomonidan berilgan yozma ogohlantirishdan keyin ular o‘z xatolarini tushunib, o‘z hisoblaridan huquqbuzarlikni bartaraf qildilar.

🌳Ushbu fuqarolarga nisbatan tegishli ma'muriy ta'sir choralari qo'llanildi.

❗️Istirohat bo'gi xalqimizning dam olish maskanlaridan bo'lib, u yerni tartibga keltirish va dam oluvchilarga qulaylik yaratish tadbirlari davom ettiriladi.

✔️Bizni kuzatib boring, Sizlarni yer nazorati tadbirlaridan xabardor qilib boramiz.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #yer_nazorati

Savollarga jonli efirda javoblar

🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida Namangan viloyati teleradiokompaniyasining “Guldasta” dasturida jonli efirda suhbat bo‘lib o‘tdi.

➡️Unda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassisi I.Usmonov mavzu yuzasidan jurnalistlar savollariga javob berdi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

Yer nazorati inspektorlari ish ustida

🔺Xabaringiz bor 🌟Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va viloyatning barcha shahar tumanlarida, bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan jami 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan muntazam ravishda olib borilmoqda. 

🔺Ishchi guruhlar asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratmoqdalar.

🔺Masalan, bugun Kadastr agentligi Namangan shahar inspektorlari “Chorsu” MFY hududida fuqarolar tomonidan huquqiy hujjatlarsiz 280 kv. metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, uni atrofini o‘rab savdo shaxobchasi tashkil qilganliklari aniqlandi.

🔺Ushbu holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKninig 60-modda 2-qismi bilan maʼmuriy jazo jarima qo‘llanildi.

🔺Inspektorlar tomonidan fuqarolarga o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi.  O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar T.U. I.U. X.D. va N.A lar o‘z hisobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladi.

🔺Yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

⚡️Nazorat tadbirlari olib borilmoqda

🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Pop tumani bo‘limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning Qo'shminor MFY xududidan o'tuvchi A 373-sonli "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining ikki chetidagi noqonuniy qurilishlar va qurilmalar yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 138-sonli qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha 70 dan ortiq noqonuniy qurilma egalariga yozma ogohlantirish berildi.  

🔹Hozirda yer nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan tushuntirish va huquqiy targ‘ibot ishlari natijasida fuqarlardan 15 nafari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini o‘z holiga keltirdi.

❗️Nazorat tadbirladi davom etmoqda.

🔹Shu o‘rinda tadbirkorlardan avtomobil yo‘l yoqalariga noqonuniy qurilmalar o‘rnatish va qurilish ishlarini amalga oshirmasliklarini so‘rab qolamiz.

#Yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

⚡️Nazorat tadbirlari davom etmoqda

🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Pop tumani bo‘limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning Qo'shminor MFY xududidagi nazorat tadbirlarida fuqaro A.T. tomonidan tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab, 110 m² qismini devor bilan o'rab olganligi aniqlandi.

🔹Hozirda yer nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan tushuntirish va huquqiy targ‘ibot ishlari natijasida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini o‘z holiga keltirdi.

❗️Nazorat tadbirladi davom etmoqda.

🔹Shu o‘rinda tadbirkorlardan avtomobil yo‘l yoqalariga noqonuniy qurilmalar o‘rnatish va qurilish ishlarini amalga oshirmasliklarini so‘rab qolamiz.

#Yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎🌇🌇🌇🌇

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

🌟Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan o'tgan 2024-yil davomida viloyatda jami 4 286 ta holatda 299,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi va tegishli qonuniy choralar ko'rildi.

📊Namangan viloyati bo'yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlarini huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilishi 67% ni tashkil qilgan.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM