NAMANGAN KADASTR
1.42K subscribers
10.8K photos
969 videos
9 files
4.51K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #xatlov #Qonun_937

🆕 Hamkorlikda ish tashkil qilindi.

🔺Mamlakatimizda 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan sohaning yuqori malakali kadastr muhandislari, topograflari bevosita viloyatimiz bo‘ylab xatlov jarayonlarini olib bormoqdalar.

🔺Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va А.Оbidovlar Namangan shahar filiali tomonidan reja-grafikka muvofiq xatlov ishlari olib borilayotgan Namangan shahrining "Chaman" MFY hamda "Quvonch" MFYda bo‘lib, aholi va  mahallalar yettiligi bilan uchrashdilar.

🔺Ushbu manzilli profilaktik tadbirlarda MFYlar hududida olib borilayotgan xatlov ishlarini sifati, me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi va ish jarayonida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar o'rganildi. Uchrashuv va suhbat jarayonida Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan hamkorlikda ishlashga, sohaga doir masalalar bo‘yicha aholi bilan mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot o'tkazishga kelishib olindi.

🔺Maqsadimiz xalqimizga, tadbirkorlarimizga beminnat xizmat ko'rsatishdir!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937 #kadastr #xatlov

🆕Kadastrchilarning "xonadonbay" ishlaridan aholi xursand

🟢Xabaringiz bor joriy yilning 8-noyabr kunidan boshlab Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirdi.

🟢Ko‘p yillardan beri xalqmiz va tadbirkorlarimiz yechimini kutayotgan yer masalasidagi muammolar hal bo‘lishi uchun kadastr xizmati tizimida katta ishlar boshlab yuborildi.

🟢Hozirda Namangan viloyati bo‘yicha boshlangan xatlov jarayonlarida sohaning 420 nafardan ortiq kadastr muhandislari, topograflarning hamda inspektorlar bevosita qatnashmoqdalar. Ularga har bir shahar, tuman filiallariga boshqarma tomonidan biriktirilgan 14 nafar malakali mutaxassislar amaliy yordam bermoqdalar.

🟢Kadastr agentligi rahbariyati tasdiqlagan va Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati va Mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan rejaga asosan yil yakuniga qadar viloyatimizning 65 ta MFY da xatlov ishlari amalga oshiriladi.

🟢Masalan, dastlabki hisob kitoblarga qaraganda Namangan tumanida 10 152 ta turar-joy va 662 ta noturar-joy obyektlari xatlovdan o'tkazish ko'zda tutilgan. Shu kunlarda tumanning “Qo'rg'oncha” mahalla fuqarolari yig‘inida xatlov ishlari qizg'in ketmoqda. MFY raisi va mahalla yettiligi bilan hamkorlikda 90% dan ortiq xonadonlar xatlovdan o'tkazildi.

🟢Maqsadimiz xalqimiz va tadbirkorlarimizning rozi qilish uchun, Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan ushbu Qonunni sidqidildan, halol va vijdonan bajarishdir!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Qonun_937

Kadastr xalq xizmatida

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar filiallari tomonidan O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlari, tasdiqlangan Reja-grafikka asosan MFYlarda tashkil qilingan "Mahallabay", "Xonadonbay" o'rganish ishlari haqidagi lavha Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Mobil xabarlar" dasturida efirga uzatildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937 #kadastr #xatlov

🆕Xatlov insonlar manfaatiga xizmat qiladi

🟢Xabaringiz bor Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tuman-shahar filiallari xodimlari O‘RQ-937-sonli Qonunga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalar kesimida xonadonlarni xatlovdan o‘tkazmoqdalar.

🟢Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda qizg‘in tarzda olib borilmoqda.

🟢Masalan, Kosonsoy tumanida jami 11839 ta kadastr obyektlari mavjud bo‘lib, ulardan 10973 tasi turar joylar va 844 tasi noturar obyektlar hisoblanadi.

🟢Hozirgacha tumanning “Guliston-1” va “Sadacha” MFY larda xatlov ishlari yakunlandi. “Yoshlik” MFY da xatlov jarayonlari avj pallada. Kadastr muhandislari o‘ziga biriktirilgan hududdagi har bir xonadonda belgilangan tartibda o‘lchov ishlarini amalga oshirmoqdalar. Fuqarolarga yangi qonunni mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM