#yer nazorati
⚠️ Yer nazorati Uchqo‘rg‘onda qanday tashkil qilinmoqda.
✔️ Bugun Kadastr agentligi Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishamiz. Xabaringiz bor Uchqo‘rg‘on tumani aholi zich joylashgan tumanlardan biri. Tumanda ayniqsa tuman markazida har qarich yer hisobda.
✔️ Shu sababli inspektorlari tadbirlarida asosiy eʼtiborni avtomobil yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlar va noqonuniy o‘rnatilgan savdo shoxobchalariga qaratmoqdalar.
‼️ Birgina misol, kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida Uchqo‘rg‘on tumani “Ko‘prikboshi” MFY dagi Ko‘prikboshi ko‘chasi hududida quyidagilar aniqlandi:
- Fuqaro t.A tomonidan serqatnov avtomobil yo‘lining muhofaza qismidagi 12 kv.metr yer maydoniga huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan savdo do‘koni o‘rnatib olingan.
- Fuqaro H.G. shu ko‘chaning piyodalar yo‘lakchasida o‘zboshimchalik bilan 36 kv. metr yer maydonda savdo rastasi tashkil qilgan.
- Fuqaro A.I. shu ko‘chaning muhofaza qismiga huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan 24 kv. metr yer maydonga yopiq qurilma qurgan.
- Fuqaro Q.B. o‘zboshimchalik bilan ko‘chaning qatnov qismiga yaqin joyda 26 kv. metr yer maydonga savdo do‘koni qurib, egallab olgan.
‼️ Ularga Kadastr agentligi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi. O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar o‘z hisoblaridan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
⁉️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan o‘zboshimchalik bilan, serqatnov avtomobil yo‘llarining muhofaza qismida savdo do‘konlari va savdo rastalari tashkil qilmaslikni deb so‘rab qolamiz.
✔️ Yer nazorati va yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.
Matbuot xizmati.
- Fuqaro t.A tomonidan serqatnov avtomobil yo‘lining muhofaza qismidagi 12 kv.metr yer maydoniga huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan savdo do‘koni o‘rnatib olingan.
- Fuqaro H.G. shu ko‘chaning piyodalar yo‘lakchasida o‘zboshimchalik bilan 36 kv. metr yer maydonda savdo rastasi tashkil qilgan.
- Fuqaro A.I. shu ko‘chaning muhofaza qismiga huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan 24 kv. metr yer maydonga yopiq qurilma qurgan.
- Fuqaro Q.B. o‘zboshimchalik bilan ko‘chaning qatnov qismiga yaqin joyda 26 kv. metr yer maydonga savdo do‘koni qurib, egallab olgan.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati
🌐 Yer nazorati tadbirlarida davom etmoqda.
✔️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari hamkorlikda, viloyat bo‘yicha kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlarda birgalikda harakat qilmoqdalar.
✔️ Natijada, qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlar aniqlanmoqda.
✔️ Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.
‼️ Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligida tuzilgan Ishchi guruh aʼzolari Toshkent-Namangan A-373 avtomagistralining muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarini davom ettirdilar. Xabaringiz bor A-373 avtomobil yo‘li serqatnov bo‘lib, yo‘lga yaqin noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirmoqda.
‼️ Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi bu magistralining 282-284 kilometr oralig‘ida yo‘lga yaqin muhofaza qismida fuqarolar Т.S. Т.D. O‘.Z. va K.Y. tomonlaridan o‘zboshimchalik bilan 35 dan 120 kv. metrgacha yerlarda noqonuniy savdo shoxobchalari qurganlar va reklama bannerlari o‘rnatganlar.
‼️ Ularga inspektorlar tomonidan bu o‘zboshimchalikning huquqiy oqibatlari tushuntirilgandan so‘ng, fuqarolar huquqbuzarlikni o‘z ixtiyori bilan, o‘z hisoblaridan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtK ning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
‼️ Yer nazorati tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.
Matbuot xizmati.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati
‼️ Popda yer nazorati tadbirlarida davom etmoqda.
🔼 Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari hamkorlikda, viloyat bo‘yicha kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlarda birgalikda harakat qilmoqdalar.
🔼 Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.
‼️ Bugun ham Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligida tuzilgan 1-Ishchi guruh aʼzolari serqatnov Toshkent-Namangan A-373 avtomagistralining muhofaza zonasiga qurilgan, haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirayotgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirdilar.
‼️ Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi ushbu magistralining 267-268 kilometr oralig‘ida yo‘lga yaqin muhofaza qismida fuqarolar A.S., Sh.D., O.J. va K.D tomonlaridan o‘zboshimchalik bilan 25 dan 110 kv. metrgacha yerda noqonuniy savdo shoxobchalari qurganlari va katta reklama bannerlari o‘rnatganlari aniqlandi.
‼️ Ularga Pop tumani inspektorlar tomonidan bu ishlarning huquqiy oqibatlari tushuntirilgandan so‘ng, fuqarolar huquqbuzarlikni o‘z ixtiyori bilan, o‘z hisoblaridan bartaraf qildilar. Fuqaroga nisbatan MJtK ning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
⁉️ Yer nazorati tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.
Matbuot xizmat.
Matbuot xizmat.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati
⚠️ Toshkent-Namangan A-373 avtomagistral chetlari tartibga keltirilmoqda.
🔼 Bugun, ayni damda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari Pop tumani hokimligi bilan hamkorlikda, kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlarda birgalikda harakat qilmoqdalar. Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligidagi Ishchi guruhi a’zolari yer nazorati tadbirlarida, Toshkent-Namangan A-373 hamda 4R-112 avtomagistral yo‘llarning muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirmoqdalar.
🔼 Avtomobillar 100 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlanadigan serqatnov A-373 va 4 R-112 avtomobil yo‘llari yoqasida noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirayotgani aniq.
‼️ Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi A-373 avtomagistralning 267-295 kilometri oralig‘iga mas’ul ishchi guruh a’zosi, Kadastr agentligining Pop tuman bo‘limi boshlig‘i R.Toshboev tomonidan yo‘l infratuzilmasiga yaqin joyga fuqaro K.D. tomonidan 150 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 60 kv. metr yerda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgani aniqladi.
‼️ Yana bir misol fuqaro Y.R. tomonidan shu yo‘lning qarama qarshi tomonida 110 kv. metr yerga o‘zboshimchalik bilan savdo shaxobchasi qurgan va katta reklama banneri o‘rnatgan.
‼️ Fuqarolar K.D. va Y.R. larga Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan bu ishning oqibati tushuntirilgandan so‘ng, ular huquqbuzarlik oqibatlarini o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi 3- qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
🔼 Tadbirlarda asosiy e’tiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rishga qaratilmoqda.
⁉️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.
Matbuot xizmati.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati
‼️ Norin tumanida yer nazorati tadbirlari
🌟 Kadastr agentligining Norin tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davomida "Norinkapa" massivi, "Hojaqo'rg'oncha" mahallasi hududida fuqaro J.N. tomonidan o'zboshimchalik bilan yer maydonini egallab olib, noqonuniy boshlangan qurilish ishlari aniqlandi.
✔️ Norin tuman bo'limi inspektorlari tomonidan fuqaro J.N. ga tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi hamda tushuntirish targ'ibot ishlari olib borildi.
✔️ Natijada noqonuniy qurilish o'z vaqtida to'xtatib qolinib, yer maydoni dastlabki holatga qaytarildi.
📆 Joriy yilning o'tgan 7 oyi mobaynida tumanda 167 ta holatda 15,2 gektar yerlarni o'zboshimchalik bilan egallashlar aniqlangan. Berilgan yozma ogohlantirishlar natijasida 130 ta holatda 7,9 gektar (78%) huquqbuzarliklar ixtiyoriy bartaraf etildi, 5,2 gektar yerdagi qonunbuzilishlarni majburiy bartaraf etish to'g'risida sudlarga 24 ta da'vo arizalari kiritildi, 4 ta holat yuzasidan ish hujjatlari prokuratura organlariga yuborildi, qolgan holatlar yuzasidan ma'muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda ko'rib chiqilmoqda.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
📆 Joriy yilning o'tgan 7 oyi mobaynida tumanda 167 ta holatda 15,2 gektar yerlarni o'zboshimchalik bilan egallashlar aniqlangan. Berilgan yozma ogohlantirishlar natijasida 130 ta holatda 7,9 gektar (78%) huquqbuzarliklar ixtiyoriy bartaraf etildi, 5,2 gektar yerdagi qonunbuzilishlarni majburiy bartaraf etish to'g'risida sudlarga 24 ta da'vo arizalari kiritildi, 4 ta holat yuzasidan ish hujjatlari prokuratura organlariga yuborildi, qolgan holatlar yuzasidan ma'muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda ko'rib chiqilmoqda.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati
⚠️ Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda
🌟 Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo'limlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatimiz yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan kuchaytirilgan nazorat va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligidagi Ishchi guruhi a’zolari yer nazorati tadbirlarida avtomagistral yo‘llarning muhofaza zonalari, piyodalar yo'lakchalari, aholi punktlari va qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda qurilgan noqonuniy bino-inshootlarga belgilangan tartibda choralar ko'rib bormoqdalar.
❗️ Masalan, bugun Norin tumandagi "O'zbekiston" MFY hududida piyodalar yo'lakchalariga o'zboshimchalik bilan o'rnatib olingan qurilmalarni bartaraf qilish uchun 30 dan ortiq fuqarolar rasman ogohlantirib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Natijada 20 ga yaqin noqonuniy qurilmalar joyida bartaraf qilindi.
❗️ Pop tumanidan o‘tuvchi A-373 avtomagistralning 267-295 kilometri oralig‘ida yo‘l infratuzilmasiga yaqin joydagi 30 dan ortiq yerdan o'zboshimchalik bilan foydalanish holatlariga MJtKning 60- moddasi tegishli bandlari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Natijada 15 kilometr avtomagistral yo'l chetlari tartibga keltirilib, noqonuniy qurilma va reklama bannerlari bartaraf etildi.
⁉️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda
#yer_nazorati
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM