NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Кўксаройда  мамлакатимиз мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан давлат мукофотларини топширди.

Президент Шавкат Мирзиёев в резиденции "Куксарой" вручил государственные награды по случаю 33-й годовщины независимости нашей страны.

#Mirziyoyev #marosim #Mustaqillik #mukofotlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#seminar

Manfaatlar to‘qnashuvi-yechimi qonunda

🟢Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni hamda Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish maqsadida boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan bo‘lim, sho‘ba boshliqlari va mutaxassislari ishtirokida ko‘rgazmali seminar-trening o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

🟢Seminar trening  mashg‘uloti davomida maʼruzachilar M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

🟢Tadbirda maʼruzachi M.Nurmatov, A.Obidovlar barcha xodimlarga ichki tartib-intizom va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda tizimda korrupsiya holatlarini oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan hayotiy faktlar bilan tushuntirish berdilar.

🟢O‘tkazilgan seminar-trening mashg‘uloti savol-javoblarga boy, qiziqarli tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

🟢Mashg‘ulot so‘ngida Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonlaridan tayyorlangan rangli bukletlar xodimlarga tarqatildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM