#ochiq_muloqot
🆕 Fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot
🟢 Bugun Namangan viloyating Namangan shahar, Yangi Namangan hamda Davlatobod tumanlari fuqarolari uchun ushbu filiallar faoliyat olib borayotgan Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahar filiali binosida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
🟢 Bundan tashqari, aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushunchalar berildi.
🟢 Ochiq muloqot davomida aholining kadastrga oid savol va murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim va huquqiy tushunchalar berildi.
Navbatdagi ochiq muloqot Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
❗️ Ochiq muloqot avvalida filial rahbarlari va mutasaddilari tomonidan yaqinda Prezidentimiz imzolagan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidi"gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati, mazkur Qonun uch oydan keyin, ya’ni joriy yilning 8-noyabridan kuchga kirishi, unga qadar reja grafik ishlab chiqilib, ushbu rejaga muvofiq joylarda o‘rganish ishlari amalga oshirilishi, Qonun kimlarga va qanday yer uchastkalarga nisbatan tatbiq etilishi, ularga qo‘yilgan talablar kabi muhim jihatlar qayd etib o‘tildi.
Navbatdagi ochiq muloqot Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Biz korrupsiyaga qarshimiz! Halollik — asosiy mezon
🌟 Kadastr agentligi va 💫 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Agentlik va Palataning Norin tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazdilar.
🟢 Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazdi.
🟢 Bundan tashqari, kadastr sohasiga bevosita aloqador bo‘lgan yangi qonun - “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunda kadastr idoralarining o‘z vakolat doirasidagi bajaradigan ishlarini, ushbu qonun bilan ko‘chmas mulklarga huquq e’tirof etilishi jarayonida aynan bir tashkilotning xulosasi bilan hal bo‘lmasligini, hech bir xodim bu bo‘yicha va’da berishga huquqi yo‘qligi, bunda inson omili aralashmasligini inobatga olib ish yuritishlarini yana bir bor eslatib o‘tdi. Turli g‘arazli maqsadlarda kadastr xodimlarini yo‘ldan urishga urinadigan kimsalardan hushyorlikka chaqirdi.
🟢 Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan A.Obidov kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash soha xodimining asosiy vazifasi ekanligi alohida taʼkidladi. Xodimlarning, ayniqsa yoshlarning keyingi yillarda Xalqmizda kadastr idoralari haqida shakllanayotgan ijobiy fikrga o‘zlarining namunali hulqi va odobi, vijdonan xizmat vazifasini ado etishi hamda fuqarolar bilan muloqotda bosiqlik, sermulohazalik va xolis yondashuvlari bilan munosib hissa qo‘shishlari lozimligi haqida gapirdi.
🟢 Shu munosabat bilan fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, har qanday sharoitda ham tamagirlik va xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasliglari, ularni murojaatlarini asossiz ravishda rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymasliglari lozimligi tushuntirildi.
🟢 Davra suhbati qiziqarli bo‘lib o‘tdi va yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha yetarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Biz korrupsiyaga qarshimiz! Halollik — asosiy mezon
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.
📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
HUDUDLARDA YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN SEMINARLAR TASHKIL ETILDI
#kadastr #seminar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
Fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar
#DavKadastrPalata #ochiq_muloqotlar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM