NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Biz
korrupsiyaga qarshimiz!

🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Agentlik va Palataning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazdilar.

🟢Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazdi.

🟢Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

🟢Bundan tashqari, kadastr sohasiga bevosita aloqador bo‘lgan yangi qonun - “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunda kadastr idoralarining o‘z vakolat doirasidagi bajaradigan ishlarini, ushbu qonun bilan ko‘chmas mulklarga huquq e’tirof etilishi jarayonida aynan bir tashkilotning xulosasi bilan hal bo‘lmasligini, hech bir xodim bu bo‘yicha va’da berishga huquqi yo‘qligi, bunda inson omili aralashmasligini inobatga olib ish yuritishlarini yana bir bor eslatib o‘tdi. Turli g‘arazli maqsadlarda kadastr xodimlarini yo‘ldan urishga urinadigan kimsalardan hushyorlikka chaqirdi.

🟢Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan A.Obidov kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash soha xodimining asosiy vazifasi ekanligi alohida taʼkidladi. Xodimlarning, ayniqsa yoshlarning keyingi yillarda Xalqmizda kadastr idoralari haqida shakllanayotgan ijobiy fikrga o‘zlarining namunali hulqi va odobi, vijdonan xizmat vazifasini ado etishi hamda fuqarolar bilan muloqotda bosiqlik, sermulohazalik va xolis yondashuvlari bilan munosib hissa qo‘shishlari lozimligi haqida gapirdi.

🟢Shu munosabat bilan fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, har qanday sharoitda ham tamagirlik va xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasliglari, ularni murojaatlarini asossiz ravishda rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymasliglari lozimligi tushuntirildi. Sohada ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilib berildi.

🟢Davra suhbati qiziqarli bo‘lib o‘tdi va yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha yetarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM