NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#маънавиятвамаърифат

🆕 MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI YANADA OSHIRAMIZ

💎 Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgaryapti. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda oldimizda turgan ustuvor vazifalar 2023-yil 22-dekabrda Prezidentimiz raisligida ma’naviyat va madaniyat faollari, mas’ul rahbarlar ishtirokida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat masalalarining bugungi holati tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab olindi.

💎 Mazkur uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi G‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur ekanligi ta’kidlandi.

💎 Shu o‘rinda e’tirof etish kerakki, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarida so‘nggi yillarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lamini kengaytirish, xodimlarni, avvalo, yoshlar qalbida sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish uchun, tizimda bir qator ishlar amalga oshirildi.

💎 Namangan viloyati kadastr tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2024-yil uchun mo‘ljallangan yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va 2024-yil davomida o‘tkaziladigan “Ma’naviyat soatlari” rejasi ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi hamda ularni ijrosi nazoratga olindi.

💎 Jumladan, boshqarma va uning tuman (shahar) filiallarida haftaning har juma kuni “Siyosiy-ma’rifat” soatlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Namangan viloyati kadastr tizimda kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun 3 ta kutubxona tashkil qilindi, 12 ta 45 nusxadagi gazeta va jurnallarga obuna bo‘lindi, tadbirlarni sifatli olib borish uchun mikrofon va ovoz kuchaytirish uskunalari o‘rnatildi.

💎 Boshqarmaning asosiy binolari, tuman filiallarining binolari 50 dan ortiq zamonaviy bannerlar, shiorlar va Davlat ramzlari bilan bezatildi.

💎 Tizimda Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar guruhi, Yoshlar va Nuroniylar guruhlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ish tashkil qilib xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy o‘sishlariga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

💎 Maqsadimiz xodimlarimizni ayniqsa, yoshlarimizni ma'naviyatli va ma'rifaatli bo'lishlariga o'z hissamizni qo'shishdir.

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi
kasaba uyushmasi raisi I.Sarimsaqov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

⚠️ Toshkent-Namangan A-373 avtomagistral chetlari tartibga keltirilmoqda.

🔼 Bugun, ayni damda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari Pop tumani hokimligi bilan hamkorlikda, kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlarda birgalikda harakat qilmoqdalar. Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligidagi Ishchi guruhi a’zolari yer nazorati tadbirlarida, Toshkent-Namangan A-373 hamda 4R-112 avtomagistral yo‘llarning muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirmoqdalar.

🔼 Avtomobillar 100 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlanadigan serqatnov A-373 va 4 R-112 avtomobil yo‘llari yoqasida noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirayotgani aniq.

‼️ Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi A-373 avtomagistralning 267-295 kilometri oralig‘iga mas’ul ishchi guruh a’zosi, Kadastr agentligining Pop tuman bo‘limi boshlig‘i R.Toshboev tomonidan yo‘l infratuzilmasiga yaqin joyga fuqaro K.D. tomonidan 150 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 60 kv. metr yerda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgani aniqladi.

‼️ Yana bir misol fuqaro Y.R. tomonidan shu yo‘lning qarama qarshi tomonida 110 kv. metr yerga o‘zboshimchalik bilan savdo shaxobchasi qurgan va katta reklama banneri o‘rnatgan.

‼️ Fuqarolar K.D. va Y.R. larga Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan bu ishning oqibati tushuntirilgandan so‘ng, ular huquqbuzarlik oqibatlarini o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi 3- qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔼 Tadbirlarda asosiy e’tiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rishga qaratilmoqda.

⁉️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM