NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#yer nazorati

⚠️ Yer nazorati Uchqo‘rg‘onda qanday tashkil qilinmoqda.

✔️ Bugun Kadastr agentligi Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishamiz. Xabaringiz bor Uchqo‘rg‘on tumani aholi zich joylashgan tumanlardan biri. Tumanda ayniqsa tuman markazida har qarich yer hisobda.

✔️ Shu sababli inspektorlari tadbirlarida asosiy eʼtiborni avtomobil yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlar va noqonuniy o‘rnatilgan savdo shoxobchalariga  qaratmoqdalar.

‼️ Birgina misol, kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida Uchqo‘rg‘on tumani “Ko‘prikboshi” MFY dagi Ko‘prikboshi ko‘chasi hududida quyidagilar aniqlandi:

-  Fuqaro t.A tomonidan serqatnov avtomobil yo‘lining muhofaza qismidagi 12 kv.metr yer maydoniga huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan savdo do‘koni o‘rnatib olingan.

- Fuqaro H.G. shu ko‘chaning piyodalar yo‘lakchasida o‘zboshimchalik bilan 36 kv. metr yer maydonda savdo rastasi tashkil qilgan.

- Fuqaro A.I. shu ko‘chaning  muhofaza qismiga huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan 24 kv. metr yer maydonga yopiq qurilma qurgan.

- Fuqaro Q.B. o‘zboshimchalik bilan ko‘chaning qatnov qismiga yaqin joyda 26 kv. metr yer maydonga savdo do‘koni qurib, egallab olgan.

 ‼️ Ularga Kadastr agentligi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi.  O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar o‘z hisoblaridan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

⁉️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan o‘zboshimchalik bilan, serqatnov avtomobil yo‘llarining muhofaza qismida savdo do‘konlari va savdo rastalari tashkil qilmaslikni deb so‘rab qolamiz.

✔️ Yer nazorati va yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

🌐 Yer nazorati  tadbirlarida davom etmoqda.

✔️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari hamkorlikda, viloyat bo‘yicha kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlarda birgalikda harakat qilmoqdalar.

✔️ Natijada, qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlar aniqlanmoqda.

✔️ Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.

‼️ Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligida tuzilgan Ishchi guruh aʼzolari Toshkent-Namangan A-373 avtomagistralining muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarini davom ettirdilar. Xabaringiz bor A-373 avtomobil yo‘li serqatnov bo‘lib, yo‘lga yaqin noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirmoqda.

‼️ Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi bu magistralining 282-284 kilometr oralig‘ida yo‘lga yaqin muhofaza qismida fuqarolar Т.S. Т.D. O‘.Z. va K.Y. tomonlaridan  o‘zboshimchalik bilan 35 dan 120 kv. metrgacha  yerlarda noqonuniy savdo shoxobchalari qurganlar va reklama bannerlari o‘rnatganlar.

‼️ Ularga inspektorlar tomonidan bu o‘zboshimchalikning huquqiy oqibatlari tushuntirilgandan so‘ng, fuqarolar huquqbuzarlikni o‘z ixtiyori bilan, o‘z hisoblaridan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtK ning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

‼️ Yer nazorati tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

‼️ Popda yer nazorati  tadbirlarida davom etmoqda.

🔼 Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari hamkorlikda, viloyat bo‘yicha kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlarda birgalikda harakat qilmoqdalar.

🔼 Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

‼️ Bugun ham Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligida tuzilgan 1-Ishchi guruh aʼzolari serqatnov Toshkent-Namangan A-373 avtomagistralining muhofaza zonasiga qurilgan, haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirayotgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirdilar.

‼️ Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi ushbu magistralining 267-268 kilometr oralig‘ida yo‘lga yaqin muhofaza qismida fuqarolar A.S., Sh.D., O.J. va K.D tomonlaridan  o‘zboshimchalik bilan 25 dan 110 kv. metrgacha  yerda noqonuniy savdo shoxobchalari qurganlari va katta reklama bannerlari o‘rnatganlari aniqlandi.

‼️ Ularga Pop tumani inspektorlar tomonidan bu ishlarning huquqiy oqibatlari tushuntirilgandan so‘ng, fuqarolar huquqbuzarlikni o‘z ixtiyori bilan, o‘z hisoblaridan bartaraf qildilar. Fuqaroga nisbatan MJtK ning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

⁉️ Yer nazorati tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmat.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM