#Matbuot_anjumani
🆕 Matbuot anjumani. Yutuqlar, muammolar va rejalar.
✔️ Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bohodirovich va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Tursunbaevlarning “Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan joriy yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar haqida” – mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
✔️ Unda Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ilhomjon Raxmatov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Namangan viloyati boshqarmasi vakili hamda Namangan teleradiokompaniyasi, “Namangan haqiqati”, “Namanganskaya pravda”, O‘ZA muxbirlari va erkin jurnalistlar qatnashdilar.
✔️ Matbuot anjumanida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida boshqarmaning Ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i N.Almanov, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari haqida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov, yerlarni shaffof tarzda “E-auksion” plotformasiga joylashtirish. Faktlar va raqamlar haqida bo‘lim boshlig‘i U.Muxitdinovlarning ma’ruzalari tinglandi.
✔️ Shudan so‘ng boshqarma rahbarlari va mutaxassislar OAV vakillarning 20 dan ortiq savollariga javob berdilar. Matbuot anjumani savol javoblarga boy, qiziqarli bo‘ldi.
✔️ Tadbir so‘ngida OAV vakillari kadastr tizimida ishlatilayotgan axborot tizimlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Kadastrchilar soha yangiliklarini aholi va tadbirkorlar yetkazishda OAV vakillari bilan hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.
Matbuot xizmati.
Kadastrchilar soha yangiliklarini aholi va tadbirkorlar yetkazishda OAV vakillari bilan hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM