NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#er nazorati
 
🔼 Mingbuloqning minglab gektar yerlari nazoratda.

✔️ Avval xabar berganimizday Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. 

✔️ Bugun Kadastr agentligi Mingbuloq tumani bo‘limi inspektorlari faoliyati bilan tanishamiz. Tuman inspektorlari tadbirlarida asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, avtomobil yo‘llar atrofidagi va qishloq aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratmoqdalar.

 ‼️ Masalan, Kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida Mingbuloq tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan quyidagilar aniqlandi:

 Tumanning Istiqbol massivi “Damko‘l” MFY hududida fuqaro M.X. tomonidan avtomobil yo‘lining muhofaza qismida 150 kv.metr yer maydoniga huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan bino qurilishi boshlangan.

- Tumanning Gulbog‘ massivi “Qorashahar” MFY hududida qishloqning asosiy ko‘chasi piyodalar yo‘lakchasiga fuqaro N.Yo. tomonidan o‘zboshimchalik bilan 24 kv. metr yer maydonga savdo shoxobchasi o‘rnatib olgan.

- Tumanning Istiqbol massivi “Mulkobod” MFY hududida ko‘chaning  muhofaza qismiga fuqaro M.R. tomonidan huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan 72 kv. metr yer maydonga yopiq qurilma qurgan.

-  Tumanning Istiqbol massivi “Mulkobod” MFY hududidagi Yangi chek ko‘chasida fuqaro I.A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan 26 kv. metr yer maydonga qurilma qurib egallab olingan.

 
⁉️ Ushbu fuqarolarga Kadastr agentligi Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi.  O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar M.X., N.Yo., M.R. va I.A. o‘z hisoblaridan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

‼️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, aholi punktlaridagi yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

✔️ Bizni kuzatib boring! Yer nazorati va yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров рафиқаси билан бирга давлат ташрифи билан мамлакатимизга келди. Олий мартабали меҳмонларни давлатимиз раҳбари ва рафиқаси кутиб олди.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Кыргызской Республики Садыр Жапаров вместе с супругой прибыл в нашу страну с государственным визитом. Высоких гостей встретили глава нашего государства с супругой.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#yer nazorati

‼️ Sherbuloqda 2 gektarga yaqin zaxira yerga kim ko‘z olaytirmoqda.

💎 Bugun Kadastr agentligining Namangan tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davomida quyidagilar aniqlandi:

❗️ Tumanning “Sherbuloq” massivida davlat zaxirasida bo‘lgan 12 gektar yer maydoning 1,9 gektariga hozircha shaxsi aniqlanmagan fuqarolar tomonidan  hech bir huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan hovli joylar uchun beton poydevorlar qurilgani  va 0,48 gektar yerni devor bilan o‘rab olingani aniqlandi.

💎 Tuman kadastr bo‘limi, tuman IIB bo‘limi vakillaridan iborat tuman Ishchi guruhi tomonidan beton poydevorlar olib tashlandi va yer o‘z holiga keltirilmoqda.

💎 Hozirda tegishli huquqni himoya qilish organlari tomonidan “Sherbuloq” massivida 2 gektarga yaqin zaxira yerga kimlar ko‘z olaytirganiga aniqlik kiritilmoqda.

 💎 Bizni kuzatib boring! Bu masalaga yana bir bor qaytamiz va Sizlarga qo‘shimcha maʼlumotlarni yetkazamiz!

 ❗️ Yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy targ‘ibot

🔼Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-936-son, 17.07.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

🌐 Yer kodeksiga hamda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, endilikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari 10 yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin bo‘ladi.

🌐 Shuningdek yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan mazkur yer uchastkalarida hamda bog‘lar va tokzorlarning qator oralariga maqbul ekinlar ekilishini yoki tut ko‘chatlari o‘tqazilishini nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🌐 Bundan tashqari Yer kodeksiga pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga maydoni 10 gektargacha bo‘lgan yer uchastkalari ajratilishi mumkinligi to‘g‘risidagi qo‘shimcha kiritildi.

 🌐 Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 OAV BIZ HAQIMIZDA

🟢 Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qonuniylashtirishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi.

⭐️ Kadastr agentligi matbuot xizmati rahbari Ne’mat Otamurodov so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uy-joylar uchun kadastr hujjatlarini tayyorlashda aksiya bo‘lishi kutilayotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

Batafsil: UZA maqolasida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy targ‘ibot

🔼 “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”
 

🆕 “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-264-son, 18.07.2024 y.) qabul qilindi.

✔️ Qarorga ko‘ra, Mustaqilligimizning 33 yillik shonli sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinadi hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish surʼatlariga munosib tarzda nishonlanadi.

✔️ Tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.

✔️ Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi taʼminlanadi.

✔️ “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulug‘, eng aziz” kabi anʼanaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM