NAMANGAN KADASTR
1.52K subscribers
12.4K photos
1.05K videos
9 files
4.95K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#yer_nazorati

Sug'oriladigan yerlarning har qarichi nazoratda


🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Ishchi guruhining Chust tumanidagi nazorat tadbirlari davomida, fuqaro S.G'. ga tegishli bo'lgan "Gulzor" MFY hududi, qishloq xo'jaligi xaritasining 976-konturida joylashgan, tuproq unumdorligi jihatidan 47 ball bonitetga teng, sug'oriladigan ko'p yillik daraxtzorning 300 kv.m qismiga o'zboshimchalik bilan molxona bino inshootlari qurilgani aniqlandi.

🔹Bu bilan fuqaro tomonidan sug'oriladigan yerni qishloq xo'jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo'lgan.

🔹Ushbu aniqlangan holat bo'yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun o'rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborilmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Yer_nazorati

Kadastr sohasi – qonun ustvor soha

🔹Avval xabar beganimizdek, Kadastr agentligi direktori tomonidan joriy yilning 29-aprel kuni o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishida bergan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish uchun yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

🔹 Aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari "E-yer nazorat" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilmoqda.

🔹Masalan, fuqaro I.S. tomonidan oʼzboshimchalik bilan Yangiqoʼrgʼon tuman, Bunyodkor MFY hududi, qishloq xo‘jaligi xaritasining 1183k konturidan 0.04 gektar yer maydoniga huquqiy hujjatlarsiz qurilish ishlari amalga oshirganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

🔹Kun davomida Yer nazorati tadbirlari haqida Sizlarni xabardor qilib boramiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligida dolzarb 40 kunlik e’lon qilindi

🔺 Unga ko‘ra hududlarda yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytiriladi.

📃 Jumladan:
◾️45 ta dron yordamida nazorat tadbirlari olib boriladi;
◾️O‘zbekkosmos agentligi tomonidan taqdim etilgan kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklar aniqlanadi;
◾️Yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan holatlar joyiga chiqqan holda maxsus planshetlar yordamida “E-Yer nazorat” axborot tizimiga kiritiladi va onlayn nazorat qilinadi;
◾️Jinoyat alomatlari bor ya’ni, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlari Prokuratura organlariga yuboriladi.

🟢Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar!

Unutmang! Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

Kadastr sohasi – qonun ustvor soha

🔹Bugun kunning ikkinchi yarmida, Namangan viloyati bo‘yicha olib borilayotgan Yer nazorati ishlari ko‘lami yanada kengaydi. Viloyat kadastr tizimida tuzilgan boshqarmaning 2 ta doimiy va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 14 ta Ishchi guruhlar hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha yer nazorati tadbirlarini olib bormoqdalar. 

🔹Tadbirda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino inshootlarga qaratilmoqda.

 🔹Masalan, To‘raqo‘rg‘on tuman “Obod” MFYdagi yer nazorat tadbirlarida "Sirdaryo"  mintaqa zonasida 160 kv.m. yer maydoniga huquqiy hujatlarsiz imorat qurib olgan fuqaro D.S. ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-modda 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔹Yer nazorti tadbirlari barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿Hududlarda yer nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

🌐 Yer umummilliy boylik hisoblanib, eng muhim tabiiy resurslardan biridir. Shu sababli yerdan oqilona foydalanish, uning har bir qarichini samarali va belgilangan maqsadda ishlatish zarur. Yerlardan samarali foydalanish va noqonuniy qurilishlarning oldini olish va bartaraf qilish Kadastr agentligining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

➡️Shu maqsadda e’lon qilingan "Dolzarb 40 kunlik" doirasida Respublikamizning barcha hududlarida yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Farg‘ona viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent viloyati
Toshkent shahri

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

Kadastr sohasi – qonun ustvor soha

🔹Tezkor. Hozir ayni damda, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida tuzilgan 1-Ishchi guruh Toshkent-Namangan A-373 avtomagistral yo‘lning muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarini davom ettirmoqdalar.

🔹Xabaringiz bor A-373 avtomobil yo‘li serqatnov bo‘lib yo‘lga yaqin noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirmoqda.

🔹Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi bu magistralning 283-284 kilometr oralig‘ida fuqaro T.S. tomonidan 0,6 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 100 kv.m. yerda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan. Unga bu ishning oqibati tushuntirilgandan keyin huquqbuzarlikni o‘z ixtiyori bilan bartaraf qildi. Fuqaroga nisbatan MJtKning 60-moddasi 2-qismi bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔹Yer nazorti tadbirlari viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook