NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#маънавиятвамаърифат

ALISHER NAVOIY (9-fevral 1441-yil — 3-yanvar 1501-yil)

🔹Bugun 9 fevral, bobokalonimiz - shoir, mutafakkir, hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

🔹Hazrati Navoiy bobomizga hurmatimiz cheksiz, ularning har bir so‘zlari ko‘zimizga nur, qalbimizga hidoyat bag‘ishlaydi.

Odamiy ersang, demagil odami,
Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

🔹Navoiy bobomiz aytganlaridek, hamisha xalq g‘amida bo‘laylik.

Yurtimiz tinch, xalqmiz omon bo‘lsin!

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

Bir asrning ikki buyuk siymolari

🔹 Bugun o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarida "Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos ma’naviy xazinadir" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbirda boshqarmalar Matbuot xizmati xodimlari g'azal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, ular umri davomida xalqqa xizmat qilib, bunyodkorlik, yaratuvchanlik kabi ishlari hamda o'zbek tili rivojiga qo'shgan hissalari haqida ma'ruzalar qildilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#маънавиятвамаърифат

NAMANGANDA BAHOR. Namanganda 21-martdan - 4-iyungacha 62- xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

🌺Namanganda “Navro‘z” bayrami🌺

🇺🇿 Jonajon O‘zbekistonimizga bahor o‘zining gullari, chechaklari va ko‘m-ko‘k maysalari bilan kirib kelmoqda. Qishlardan chiqib barg yozayotgan daraxtlar ko‘ngillarga xush kayfiyat bag‘ishlaydi.

🌺 Muhtaram Prezidentimiz imzolagan qarorda yozilganidek “Navro‘zi olamning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan yaxshilik va bag‘rikenglik, ahillik va hamjihatlik, atrof-muhitni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash kabi olijanob g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlarning maqsad va mazmuniga to‘la hamohangdir”.

🌺 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari ham "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!" bosh g‘oyasi asosida boshqarma hovlisida “Navro‘z” bayrami tadbirlarini tantanali va ko‘tarinki ruhda o‘tkazdilar.

Batafsil

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#маънавиятвамаърифат

🌺NAMANGAN KADASTRDA NAVRO'Z🌺

🔷 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari  "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!" bosh g‘oyasi asosida boshqarma hovlisida “Navro‘z” bayrami tadbirlarini tantanali va ko‘tarinki ruhda o‘tkazdilar.

🔹Faxriylar duoda, jajji bolajonlar ardoqda
🔹Osh musobaqasi. kadastrchi havaskor oshpazlar
🔹Bahoriy taomlar: sumalak, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara
🔹Qiziqarli o‘tgan sport musobaqalari

Shular va boshqa qiziqarli bayram tadbirlari haqida videolavhada.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

TAʼZIYA

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis Mahkamjon Nurmatovga turmush o‘rtog‘i

ZULFIYAXON ABDULHAYEVA ning

vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya bildiramiz.

🌙 Alloh taolo marhumani mag‘firat qilsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini jannatlaridan qilsin! Haq taolo marhumaning ahli oilasiga va yaqinlariga sabri jamil bersin!
Inna lillahi va innaa ilayhi rojiʼuun.

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Gapparov