NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣TAYINLOV

👍 Kadastr agentligi Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Yuldashev Jaxongir Ergashevich tayinlandi.

🔠Jaxongir Yuldashev shu kunga qadar 👍Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi J. Yuldashevni kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#kadastr #tayinlov #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_kuni #tabrik #kadastr

🌍22 aprel – Butunjahon Yer kuni

TABRIKNOMA

Hurmatli hamyurtlar, aziz hamkasblar!

🔹Bugun 22 aprel – Butunjahon Yer kuni bayramini nishonlamoqdamiz. Ushbu bayram Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 2009-yil 22-aprel kuni qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan, va 2010-yil 22-aprel kunidan boshlab  nishonlanmoqda.

🔹Birlashgan Millatlar Tashkilotining har yilning 22- aprel kuni dunyoda “Butunjahon Yer kuni” xalqaro bayram sifatidan nishonlashdan maqsadi, sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan unda umrguzaronlik qilib kelayotgan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzod va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazishdir.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_kuni #soha_a_lochisi #tabrik

MUKOFOT MUBORAK!

🌍Bugun Kadastr agentligi direktori F.J.Pulatov boshchiliklarida 22 aprel – “Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda kadastr sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan xodimlar sohaning “Soha aʼlochisi” va “Soha iftixori” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

🔹Taqdirlanganlar qatorida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi yetakchi inspektori Jobirxon Maxmudov ham “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani quvonarli hodisa bo‘ldi.

🔹Biz ham ko‘p sonli hamkasblari nomidan Jobirxon Maxmudovni sohaning yuksak mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz. Sihat salomatlik, faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Mukofot muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#tabrik

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum, hurmatli hamyurtlar! Qadrli urush va mehnat faxriylari!

🇺🇿Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.

🇺🇿Bugungi bayram munosabati bilan Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni eslaymiz va front ortida fidokorona mehnat qilgan hamyurtlarimizni  muqaddas xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.

🇺🇿Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga chin yurakdan tashakkur aytamiz.

🇺🇿Hayotning og‘ir va achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tgan Siz, azizlarni Xotira va qadrlash kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklaymiz!

🇺🇿Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxtu saodat tilaymiz. Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Jonajon O‘zbekistonimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Doimo sog‘-salomat bo‘ling, aziz va muhtaram faxriylarimiz!

Hurmat bilan,

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
B.Pazilov

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
M.Tursunbayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Allaberganov Atabek Validjanovich Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

🫥A.Allaberganov 1999-yilda Urganch Davlat Universitetini tamomlagan. Iqtisod fanlari sohasida falsafa doktori (PhD).

🫥Kadastr agentligi jamoasi Atabek Validjanovichni samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🇺🇿 VATANIMIZ DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGANLIGINING 33 YILLIGI MUBORAK BOʻLSIN!

🇺🇿 Bugun "O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligiga 33 yil to'ldi.

🇺🇿 Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.

🇺🇿 Bayrog‘imiz 1992-yil 2-martidan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #маънавиятвамаърифат

🇺🇿Davlatimiz bayrog‘i bizning g‘ururimiz!

🇺🇿Bugun 🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Tadbirni Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev kirish so‘zi bilan ochdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Barcha kadastr xodimlari unga jo‘r bo‘ldilar.

🇺🇿Shundan so‘ng viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayevning “Davlatimiz bayrog‘i bizlarni g‘alabalar sari undaydi” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

🇺🇿Yig‘ilishda so‘z olgan Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov Davlat bayrog‘ining qabul qilinish tarixi, bayroq qadim-qadimdan har bir xalqning mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelganligi, bayrog‘imizdagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos ma’noga egaligi haqida to‘lqinlanib gapirdi.

🇺🇿Bayram tadbiri yuqori saviyada, qiziqarli va tantanali ravishda o‘tdi.

🇺🇿Davlatimiz bayrog‘i bizning g‘ururimiz! U mustaqilligimiz ramzi, xalqimizning kuch-qudratni, tinchlik va barqarorlikka intilishini, o‘zida aks ettiradi.

🇺🇿Hurmatli hamyurtlar va hamkasblar! 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun barchamizga muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM