NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.9K photos
969 videos
9 files
4.52K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#sayyor_qabul

Sayyor qabullar - inson manfaati uchun

🔹 Bugun Namangan shahri aholisi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahrom Bahodirovich boshchiligida shahrining “Chamanzor” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil qilindi. Unda boshqarmaning masʼullari va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

🔹Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i B.Pazilov yig‘ilganlarga Davlat rahbarimiz tomonlaridan qabul qilingan farmon va qarorlar va sohadagi yangiliklar, erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar haqida qisqacha maʼlumot berdi.  

🔹 Sayyor qabulga jami 25 nafar fuqarolar murojaat bilan tashrif buyurdilar. Ulardan 16 nafar fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari shu joyda o‘z yechimini topdi, 4 nafar murojaatchiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha batafsil tushuntirildi, 5 nafar fuqarolarning murojaatlari qo‘shimcha o‘rganish uchun rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
October 31, 2023
October 31, 2023
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Aholining huquqiy savodxonligi - jinoyatni oldini olishga xizmat qiladi

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashib, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan, kadastr sohasiga oid qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilinayotganligi va ularni hayotga tatbiq etish jadal olib borilayotganligi haqida targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar.

Batafsil

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
October 31, 2023
October 31, 2023
November 1, 2023
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya jamiyatni ichidan yemiradigan illat! 

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tizimidagi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi va filiali xodimlari uchun sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘lim va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar, inspektorlar ishtirok etdilar.

🔹 Yig‘ilishga raislik qiluvchi M.Nurmatov o‘z so‘zida bo‘lim va filialda korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar xizmat madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilishlarini, ichki muhitni sog‘lomlashtirish kabi masalalariga ahamiyatni kuchaytirish lozimligi haqida gapirdi. Bugungi yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sohaning barcha xodimlarini korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lishga, unga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirishdan iborat ekanligiga alohida urg‘u berdi. Sohada ro‘y bergan holatlardan hayotiy misol keltirib, bu illatdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. 

🔹Tadbirda so‘zga chiqqan A.Obidov, qayerda ijro va mehnat intizomi qatʼiy yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha yerda baraka va unum bo‘lishi, mehnat jamoasi o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmat bo‘lishi muqarrarligini taʼkidlab o‘tdi. Ishtirokchilarning diqqat eʼtibori hozirda qonuniy kuchga kirgan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunida ham bu masalaga jiddiy eʼtibor berilganligiga qaratildi.

🔹 Maqsadimiz kadastr idoralarini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish va xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
November 1, 2023
November 1, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
November 1, 2023
November 1, 2023
#Yer_hisobot

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси “Ер ресурсларининг ҳолати бўйича миллий ҳисоботни юритиш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида” қарор қабул қилди.

Қарорга мувофиқ:

🟢 ер ресурсларининг ҳолати бўйича миллий ҳисоботни юритиш тартиби;

🟢 ер ҳисоботини юритиш тартиби;
ер ҳисоботи шаклларини тасдиқлаш;
🟢 ер ресурсларининг ҳолати бўйича миллий ҳисоботни шакллантириш ва тақдим этиш тартиби;
🟢 ер фонди тоифаларидаги ўзгаришларни ҳисобга олиш тартиби бўйича низом тасдиқланди.

🔺2024 йил 1 январга қадар “Yer hisobot” автоматлаштирилган ахборот тизими ишга туширилади.

🌟 Кадастр агентлигининг Давлат кадастрлари палатаси “Yer hisobot” ААТ оператори ҳисобланади.

🔵Ер ҳисоботига ўзгартиришлар киритиш, ерларни тоифаларга ажратиш ва бир тоифадан бошқасига ўтказиш натижалари ваколатли давлат органларининг қарорлари асосида “Yer hisobot” ААТга киритиб борилади.

🗣Маҳаллий ижро этувчи ҳокимият органларининг ер ресурсларини хатловдан ўтказиш натижаларини тасдиқлаш тўғрисидаги қарорлари реал вақт режимида “E-qaror” электрон тизими орқали “Yer hisobot” ААТга тақдим этиб борилади.

‼️Маҳаллий ижро этувчи хокимият органларининг ер ресурсларини хатловдан ўтказиш ва унинг натижаларини тасдиқлаш тўғрисидаги қарорлари ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш учун асос бўлмайди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 1, 2023
November 1, 2023