NAMANGAN KADASTR
1.53K subscribers
12.3K photos
1.05K videos
9 files
4.93K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
22 aprel – Butunjahon Yer kuni.

«Yer – bizning yagona uyimiz».

🔹Bugun 22-aprel “Xalqaro Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari, Namangan muhandislik-qurilish instituti bilan hamkorlikda bayram tadbirlari o‘tkazildi.

🔹Unda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Muxitdinov, Namangan muhandislik-qurilish instituti dekani texnika fanlari doktori, professor S.Razzaqov, “Bino va inshootlar” fakultetining 120 ortiq talabalari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

🔹Tadbirda Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i S. Muxitdinov institut talabalari bilan uchrashuvda, yoshlarni kadastr tizimiga ishga kirishlari uchun qo‘yiladigan talablar va sohaga oid 10 dan ortiq savollariga javob berdi.

🔹Tadbir davomida "Yer–bizning yagona uyimiz" shiori ostida qiziqarli, yutuqli viktorina bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil


Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook