NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.8K photos
966 videos
9 files
4.5K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Huquqiy_asoslar #Davlat_kadastrlari_palatasi #Vazifalar

🔰 Loyiha doirasida:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xo‘jaligi maqsadlarida;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda – qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

⚠️ Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investisiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investisiya loyihasi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

🖥 Bo‘sh turgan yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali tayyorlanadi.

BATAFSIL
#Huquqiy_asoslar #Yer_kadastri #xizmatlar

Yer uchastkasining kadastr
yig‘majildini tayyorlashda
bajariladigan ishlar

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-389-son qarori 22.06.2021

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asoslar

🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING ASOSIY VAZIFALARI

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;

🔹ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;

🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (Milliy Geoaxborot tizimi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

🔹davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;