NAMANGAN KADASTR
1.55K subscribers
12.8K photos
1.08K videos
9 files
5.11K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#auksion

Namangan viloyati bo'yicha 2 726 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan
savdoga chiqarildi:

🔹Mingbuloq tumanidan 147 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 137 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 21 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 39 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 648 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 467 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 83 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 58 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 192 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 459 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 303 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 172 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

☎️: 71-202-21-11,
📞: 99 207-36-12, 99 207-26-12
#auksion

Bo‘sh yerlarni auksionga chiqarishni jadallashtirish muhokama qilindi


⭕️Kuni kecha 💫Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman, shahar filiallari mutaxassislari tomonidan bo‘sh turgan yer uchastkalarini aniqlash va ularni “Yerelektron” axborot tizimiga joylashtirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov hamda masalaga dahldor sho‘ba boshliqlari, tuman va shahar filiallaridan jami 25 nafar mutaxassislari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan so'z olgan A.Obidov xodimlarga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashda huquqiy va axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bo‘yicha doimiy o‘z ustida ishlash, har bir xizmat vazifasiga mas’uliyat va vijdonan yondashish yuzasidan muhim tavsiyalar berdi.

Yig‘ilishda yutuqlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar borligi va ularni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM