ππππβοΈYer nazorati. Istirohat bog'i o'z holiga keltirilmoqdaπ³Avval xabar berganimizdek bugun
πKadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda Namangan shahar bo'limi inspektorlari tomonidan shahrining Z.M.Bobur nomli istirohat bog'i hududi Viloyat ishchi guruhi bilan hamkorlikda o'zboshimchalik bilan egallab olingan
yer maydonlaridagi noqonuniy qurilmalar bartaraf qilish ishlari davom ettirildi.
π³Tadbir davomida fuqarolar D.K. K.T. va M.T. lar istirohat bog'i hududidagi ko'kalamzorlashtirish hududiga hech bir hujjatlarsiz oβzboshimchalik bilan jami
320 kv.metr yerda turli xil noqonuniy qurilmalar o'rnatib, beton quyish ishlarini amalga oshirganlari aniqlandi. Inspektorlar tomonidan berilgan yozma ogohlantirishdan keyin ular oβz xatolarini tushunib, oβz hisoblaridan huquqbuzarlikni bartaraf qildilar.
π³Ushbu fuqarolarga nisbatan tegishli ma'muriy ta'sir choralari qo'llanildi.
βοΈIstirohat bo'gi xalqimizning dam olish maskanlaridan bo'lib, u yerni tartibga keltirish va dam oluvchilarga qulaylik yaratish tadbirlari davom ettiriladi.
βοΈBizni kuzatib boring, Sizlarni yer nazorati tadbirlaridan xabardor qilib boramiz.
#yer_nazorati
Matbuot xizmati.π± Telegram π± Instagram π± Facebook