NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiyani oldini olish pirovard maqsadimiz


Avval xabar berganimizdek Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarining tuman bo‘limlari va filiallari xodimlari bilan “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish  bo‘limi boshlig‘i  vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev hamda  boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘limlar hamda filiallar rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar ishtirok etmoqdalar. Navbatdagi tadbirlar viloyatning Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Uychi tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishlarda I.Tadjibayev Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yaqinda imzolangan 937-sonli qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi, hamda boshqa viloyatlarda o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga to‘xtaldi.

Tadbirlarda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, qonun hujjatlarini o‘rganish, doimo o‘z ustida ishlash va bilimini oshirib borish lozimligini uqtirdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan kadastr xodimlariga tushuntirdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish,  korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik va hushyorlikni oshirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida o‘z yurtiga, kasbiga  sadoqatli bo‘lish, o‘z ustida ishlashi zarurligini uqtirib o‘tdi.

Tadbirlar yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish  bo‘limi boshlig‘i  vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar o‘z faoliyatlariga doir Qonunlarni, sohaga oid meʼyoriy - huquqiy hujjatlarni puxta o‘rganishlari, ularni ish jarayonida to‘g‘ri qo‘llashga eʼtibor berishlari, fuqarolar bilan muloqotda odob va axloq qoidalariga amal qilish zarurligini alohida taʼkidladi.

Tadbir qatnashchilari ishtirokchilarning bir nechta sohaga oid savollariga javob berdilar.  Profilaktik tadbirlar samimiy, ishchanlik ruhida o‘tdi.

Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, xalqimizga beminnat, sifatli kadastr xizmati ko‘rsatish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashdan iboratdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiyani oldini olish pirovard maqsadimiz


Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarining tuman bo‘limlari va filiallari xodimlari bilan “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida profilaktik tadbirlar Namangan tumanida bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev hamda boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘lim hamda filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishlarda I.Tadjibaev Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yaqinda imzolangan 937-sonli qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi, hamda boshqa viloyatlarda o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga to‘xtaldi.

Tadbirlarda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, qonun hujjatlarini o‘rganish, doimo o‘z ustida ishlash va bilimini oshirib borish lozimligini uqtirdi. Korrupsiya balosiga uchragan sobiq xodimlarning hayotidagi achchiq qismati haqida jonli misollar bilan kadastr xodimlariga tushuntirdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov tashkil qilingan ushbu profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik va hushyorlikni oshirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida o‘z yurtiga, kasbiga sadoqatli bo‘lish, o‘z ustida ishlashi zarurligini uqtirib o‘tdi.

Tadbir yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibaev ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar o‘z faoliyatlariga doir Qonunlarni, sohaga oid me’yoriy - huquqiy hujjatlarni puxta o‘rganishlari, ularni ish jarayonida to‘g‘ri qo‘llashga e’tibor berishlari, fuqarolar bilan muloqotda odob va axloq qoidalariga amal qilish zarurligini alohida ta’kidladi.

Tadbir qatnashchilari ishtirokchilarning bir nechta sohaga oid savollariga javob berdilar. Profilaktik tadbirlar samimiy, ishchanlik ruhida o‘tdi.

Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, xalqimizga beminnat, sifatli kadastr xizmati ko‘rsatish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashdan iboratdir.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #qunun_targiboti

Korrupsiyani oldini olish uchun har birimiz mas’ulmiz


Joriy yilning 28-30 oktyabr kunlari Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan hamda Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Uychi va Namangan tumanlari bo‘limi va filiallari xodimlari uchun “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Bugun ushbu tadbirlarni yakuni, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibaev, boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, boshqarmaning sho‘ba, bo‘lim hamda filiallar rahbarlari, kadastr bosh muhandislari, topograflar va inspektorlar jami 110 nafar xodimlar ishtirok etdilar. Tumanlar ZOOM platformasida videoselektor orqali ulandilar.

Boshqarma boshlig‘i M.Tursunbaev yig‘ilishni kirish so‘zi bilan ochib, so‘zni I.Tadjibaevga berdi. U so‘zida tuman filiallarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha bir qator yutuqlarga erishilgani, ammo shu bilan bir qatorda hujjatlarni rasmiylashtirishda ba’zi bir muammolar mavjudligini ta’kidladi. Yaqinda qabul qilingan O‘RQ-937-son Qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Notiq so‘zini davom ettirib, Respublikamizning bir qator viloyatlarida monitoring guruhi tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga to‘xtaldi.

Tadbir yakunida Boshqarma boshlig‘i M.Tursunbaev profilaktik tadbirlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #xatlov #Qonun_937

🆕 Ishonamiz, ammo nazoratni bo‘shashtirmaymiz!

🔺Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan viloyatimiz bo‘ylab olib borilayotgan xatlov jarayonlarida sohaning yuqori malakali kadastr muhandislari, topograf hamda inspektorlari bevosita qatnashmoqdalar.

🔺Shu munosabat bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan kadastr muhandislari va topograflar bilan joylarda manzilli profilaktik tushuntirish ishlari hamda fuqarolar bilan suhbatlar olib borilmoqda. Shu kabi tadbirlar kuni kecha viloyatning To'raqo'rg'on, Mingbuloq tumanlarida bo'lib o'tdi.

🔺Maqsadimiz xalqimizni, tadbirkorlarimizni rozi qilish uchun Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan ushbu Qonunni sidqidildan, halol va vijdonan bajarishdir!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #xatlov #Qonun_937

🆕 Hamkorlikda ish tashkil qilindi.

🔺Mamlakatimizda 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan sohaning yuqori malakali kadastr muhandislari, topograflari bevosita viloyatimiz bo‘ylab xatlov jarayonlarini olib bormoqdalar.

🔺Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va А.Оbidovlar Namangan shahar filiali tomonidan reja-grafikka muvofiq xatlov ishlari olib borilayotgan Namangan shahrining "Chaman" MFY hamda "Quvonch" MFYda bo‘lib, aholi va  mahallalar yettiligi bilan uchrashdilar.

🔺Ushbu manzilli profilaktik tadbirlarda MFYlar hududida olib borilayotgan xatlov ishlarini sifati, me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi va ish jarayonida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar o'rganildi. Uchrashuv va suhbat jarayonida Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan hamkorlikda ishlashga, sohaga doir masalalar bo‘yicha aholi bilan mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot o'tkazishga kelishib olindi.

🔺Maqsadimiz xalqimizga, tadbirkorlarimizga beminnat xizmat ko'rsatishdir!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #qonun_937

🆕 NTV da kadastr xizmati yangiliklari
 
🟢 Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" teleko'rsatuvida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati, viloyatimizda ushbu qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida jonli efirda suhbat bo'lib o'tdi.

🟢 Unda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari R.Rahimov va boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidovlar mavzu yuzasidan jurnalistlar savollariga javob berdilar hamda Qonunda ko'chmas mulklarga nisbatan huquqlar e'tirof etilishining asosiy shartlari haqida to'liq ma'lumot berdilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Elga beminnat, halol xizmat ko‘rsatish - pirovard maqsadimiz


2024-yilning 25-dekabr sanasida 🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Pop tuman bo‘limi va filiali xodimlari bilan sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan umumiy profilaktika tadbiri o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, shuningdek tuman bo‘lim va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida A.Obidov filial xodimlariga  ijro va mehnat intizomiga rioya etish, mehnat jamoasida sog‘lom muhitni shakllantirish, “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlarini sidqidildan bajarish, yangi yil bayrami arafasida xizmat ko‘rsatish madaniyatiga va odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslikka eʼtibor qaratdi. Shuningdek, rahbariyat tomonidan berilgan dolzarb topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish bugingi kunning talabi ekanligi alohida ta'kidladi.

 Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov, ishtirokchilarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan qutlab, 2025-yilni mehnatda munosib yutuqlar bilan kutib olish bilan birga, yangi yil arafasida hayot xavfsizligi qoidalariga eʼtibor qaratish lozimligi haqida fikr bildirdi. Jumladan, bugungi qish-qirovli kunlarda mavsumni talofatsiz o‘tkazishga, xususan nobop isitish vositalaridan foydalanmaslik, is gazidan himoyalanish  va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, korxona mol-mulkini ko‘z qorachig‘idek asrash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. So‘zini davom ettirib, notiq, shuningdek, mamlakatimizdagi tinch osoyishta hayotimizga raxna solish maqsadida, bugungi kunda yuzaga kelgan ijtimoiy iqtisodiy muammolardan foydalanib qolishi mumkin bo‘lgan destruktiv elementlar taʼsiriga tushib qolmaslikka chaqirdi.

Mazkur profilaktika tadbiri samimiylik, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi. Korrupsiya balosini jilovlash o‘z qo‘limizda. Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdan iboratdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM