#yer_hisobi #seminar
🆕 Kadastrda yer hisobini yuritishning yangi dasturi
⏺ Bugun Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida boshqarmaning Yer kadastrini yuritish sektori boshlig‘i O.Usmanov tomonidan, tuman filiallarining yer kadastrini yuritish mutaxassislari uchun seminar o‘tkazildi.
⏺ Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 614-sonli qarori bo‘yicha yer uchastkalaridan foydalanish turlari hamda kapital qurilish obyektlarining klassifikatori amaliyoti to‘liq tushuntirildi. Shuningdek, Yangi Yer Hisobi Avtomatlashtirilgan Axborot Tizimi (Uzkad) dasturi bo‘yicha tushuntirishlar berilib, har bir hududdan ma'lumotlar kiritish va takliflar tayyorlash, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra davlat yer hisobiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlanishi ta’kidlandi.
⏺ Tadbirda mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga to‘liq va amaliy javoblar berildi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
Yangi qonunni amalga oshirish mexanizimi yuzasidan o‘quv-seminar
⏺ Bugun Namangan viloyatida Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida viloyat boshqarmasi mutaxassislari va tuman, shahar filiallari rahbarlari hamda xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 5-avgustda imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunini amalga oshirish mexanizmlariga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
⏺ Seminarda boshqarma boshlig'i M.Tursunbayev kun tartibidagi birinchi masala, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tasdiqlangan "Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi Uslubiy qo'llanma va uni amalga oshirish bosqichlari bilan xodimlarni tanishtirdi.
⏺ Boshqarma boshlig'i o'rinbosari R.Raximov Qonun ijrosini amalga oshirish uchun Reja-jadval asosida mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga xabarnoma yuborish, topograf va kadastr muhandislarini taqsimlash, mahallaning hudud xaritasini va ko‘chmas mulklar ro‘yxatini tayyorlash, joylarda dastlabki xatlov ishlarini boshlash yuzasidan tushunchalar berdi.
⏺ Shuningdek boshqarmaning Qonun ijrosiga mas'ul bo'lim boshliqlari tomonidan xatlov jarayonidagi topograf va kadastr muhandisini amalga oshiradigan texnik o'lchov ishlari haqida ma'lumotlar berdilar.
⏺ Seminar yakunida boshqarma boshlig'i M.Tursunbayev filiallarni moddiy-texnika bilan ta'minlash, qo'shimcha xodimlar ajratish, ijro intizomi hamda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik kabi mavzularda kerakli topshiriqlar berdi.
⏺ Tadbir savol javoblarga boy, qiziqarli o‘tdi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Yangi qonunni amalga oshirish mexanizimi yuzasidan o‘quv-seminar
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
⏺ Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar filialida viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan joylarda ishlarni to‘g‘ri tashkil etish va Qonun talablarini bir xilda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Boshqarma boshlig‘i tomonidan filial rahbariga o‘quv-seminar tashkili qilish va Qonunni moddami-modda o‘rganish vazifasi qo‘yildi.
⏺ Shu kunning o‘zida filial boshlig‘i A.Turg‘unov boshchiligida Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumani filiali rahbarlari, xodimlari, topograflar hamda kadastr muhandislari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
⏺ Seminarda, mazkur Qonun ijrosi yuzasidan “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi USLUBIY QO‘LLANMA”ga muvofiq bajariladigan ishlar ketma-ketligi birma-bir, har bir bandi bo‘yicha to‘liq tushuntirib o‘tildi.
⏺ Seminar savol-javoblar asosida qizg‘in muhokamalar bilan o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga maʼruzachilar batafsil javoblar berishdi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar #qonun_targiboti
🆕 Yangi qonunni amalga oshirish mexanizimi yuzasidan o‘quv-seminar
✔️ Bugun Namangan viloyatida Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida, Kadastr agentligining Kadastr va ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi F.Norboyev, Davlat kadastrlari palatasining Bino inshootlarni davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Muhitdinovlar ishtirokida o'quv-seminar bo'lib o'tdi.
✔️ Unda viloyat boshqarmasi mutaxassislari va tuman, shahar filiallari rahbarlari hamda xodimlari ishtirokiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 5-avgustda imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunini amalga oshirish mexanizmi batafsil tushuntirildi.
✔️ Seminar savol-javoblar asosida qizg‘in muhokamalar bilan o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga maʼruzachilar to'laqonli javob berdilar.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM