#seminar
Manfaatlar to‘qnashuvi-yechimi qonunda
🟢 Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni hamda Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish maqsadida boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan bo‘lim, sho‘ba boshliqlari va mutaxassislari ishtirokida ko‘rgazmali seminar-trening o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
🟢 Seminar trening mashg‘uloti davomida maʼruzachilar M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.
🟢 Tadbirda maʼruzachi M.Nurmatov, A.Obidovlar barcha xodimlarga ichki tartib-intizom va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda tizimda korrupsiya holatlarini oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan hayotiy faktlar bilan tushuntirish berdilar.
🟢 O‘tkazilgan seminar-trening mashg‘uloti savol-javoblarga boy, qiziqarli tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.
🟢 Mashg‘ulot so‘ngida Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonlaridan tayyorlangan rangli bukletlar xodimlarga tarqatildi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Manfaatlar to‘qnashuvi-yechimi qonunda
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Soha a'lochilari hamda iftixorlari taqdirlandi
💐 Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar qatorida tizimning munosib vakillarini e'tirof etish maqsadida Kadastr agentligi binosida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bunda Kadastr agentligi tomonidan tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan eng namunali va tajribali xodimlar uchun "Soha a'lochisi" hamda "Soha iftixori" ko'krak nishonlarini topshirish marosimi o‘tkazildi.
🏅 Mazkur tadbirda eng munosib soha vakillari sifatida jami 25 nafar xodim ko'krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.
🔠 Bu kabi eʼtibor va eʼtirofning bo‘lishi nafaqat qilingan ishlar uchun rag‘bat, balki kelgusi ishlarda yana-da muvaffaqiyatga erishish uchun ham turtki bo‘lishiga ishonamiz va bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishida yakdilmiz !
⭐️ Kadastr agentligi tomonidan alohida e'tirof etilib, ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan soha fidoyilarini samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.
💐💐💐Mukofotlar muborak bo'lsin!
#Kadastr #mustaqillik_bayrami #33_yil #Soha_a_lochisi
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
💐💐💐Mukofotlar muborak bo'lsin!
#Kadastr #mustaqillik_bayrami #33_yil #Soha_a_lochisi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#маънавиятвамаърифат #Mustaqillik
✨ Bayram muborak do‘stlar!
🇺🇿 Bugun Jonajon O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlarining kengaytirilgan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🟢 Unda Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiev tomonidan zoom platformasi orqali To‘raqo‘rg‘on tumani filiali kadastr muhandisi A.Ashirov va Yangi Namangan tumani filiali yetakchi mutaxassisi I.Usmanovlar Palataning “Faxriy yorliq”g‘i va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
🟢 Shundan so‘ng Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaevlar Mustaqillik bayramining 33 yillik shonli sanasi, chinakam umumxalq bayrami bilan yig‘ilganlarini samimiy tabrikladilar.
🟢 Xodimlaridan 42 nafariga mehnatda erishgan alohida yutuqlari, aholi va tadbirkorlarga sifatli va tezkor ko‘rsatayotgan xizmatlari hamda jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun “Tashakkurnoma” ni tantanali ravishda topshirdilar.
🟢 Viloyat kadastr tizimi xodimlari bayramni ko‘tarinki kayfiyat bilan bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilib, yaxshi natijalar bilan ko‘tarinki kayfiyatda kutib olmoqdalar.
🇺🇿 Go‘zal Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi muborak bo‘lsin aziz vatandoshlar! Barchangizga baxt va omad yor bo‘lsin!
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM