NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
953 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#siyosiymaʼrifatsoati

Siyosiy-maʼrifat soati – jamoani birlashtiruvchi muhim tadbir.

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹Tadbirda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga ahamiyat berishdan asosiy maqsad soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish,  korrupsiyaning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik, o‘z yurtiga, kasbiga  sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni tarbiyalash hamda o‘z ustida ishlashlari, ko‘proq kitob o‘qishlarini targ‘ib qilish zarurligini uqtirib o‘tdi.

🔹Siyosiy-maʼrifat soati jonli va qiziqarli o‘tdi.


Matbuot xizmati.
#yoshlar

Yoshlar uchun yana bir g‘amxo‘rlik

“Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-239-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:

🔹yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;

🔹xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari, ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash;

🔹xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish;

🔹yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ёшлар сиёсатига бағишланган видеоселектор йиғилиши ҳамда ёшлар билан мулоқот бошланди.

Давлатимиз раҳбари мамлакатимизда сўнгги етти йил ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларни истеъдод ва салоҳиятини рўёбга чиқаришда “катта сакраш даври” бўлганини таъкидлади.

Шу етти йил ичида ёшларга оид 100 дан зиёд қонун ва қарор қабул қилиниб, 200 дан ортиқ имтиёз берилди.

Биргина таълим кредитидан 151 минг ёшлар фойдаланди. Эҳтиёжманд оиладан бўлган яна 110 минг талабанинг контрактини тўлашга 332 миллиард сўм ажратилди.

Натижада олий таълимда қамров 9 фоиздан 42 фоизга, олийгоҳлар сони эса 77 тадан 212 тага етди.

Facebook|Instagram|X
Эндиликда:

- IT соҳасида ўзини ўзи банд қилган ёшларга IT парк резиденти мақоми берилади;

- улар уч йил муддатга барча солиқлардан озод қилинади;

- IT парк томонидан IT компаниялардаги каби тиббиёт, спорт ва офисдан фойдаланиши учун уларга “ижтимоий карта” берилади;

- ёшларни ушбу соҳага жалб қилиш бўйича алоҳида дастур амалга оширилади.

Facebook|Instagram|X
Магистрал йўллар бўйида 50 мингта кўчма савдо нуқталари ташкил қилиниб, ёшларга ижарага берилади. Бунда, дастлабки 6 ойда ёшларга ижара ҳақи ва солиқдан имтиёз берилади.

Бу йил 60 минг гектар ер ёшларга ажратилди. Эндиликда ҳар бир вилоятда 2 тадан туманда Ёшлар кооперацияси ташкил қилинади, уларга керакли техника, ускуналар ва уруғлик етказиб берилади.

Тадбиркорлар ҳам ёшлар учун бундай лойиҳа қиламан деса, жамғарма уларнинг кредит фоизини қисман қоплаб беради. Ушбу мақсадларга ҳам 10 миллион доллар ажратилади.

Шунингдек, деҳқончиликни янгидан бошлаган 150 минг ёшларга тажрибали фермерлар ва уста деҳқонлар бириктирилиб, сердаромад ва экспортбоп маҳсулотлар етиштиришга ўргатилади.

Facebook|Instagram|X
Yoshlar uchun yana bir xushxabar.

🔹2 yillik staji bor yoshlar ish beruvchining tavsiyasi asosida oliygohga o‘qishga qabul qilinadi.

🔹Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va 2 yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda maʼlum qildi. Shuningdek, litsey o‘quvchilari 1- yoki 2-kursdan keyin o‘qishni OTMning 2- yoki 3-kursida davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

Matbuot xizmati.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Куксарой қароргоҳида расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлиб турган Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котиби Антониу Гутерриш билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в резиденции «Куксарой» провел встречу с Генеральным секретарем Организации Объединенных Наций Антониу Гутерришем, пребывающем в нашей стране с официальным визитом.

#Mirziyoyev #uchrashuv #BMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X