NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
11K photos
975 videos
9 files
4.56K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Milliy_yer_hisoboti #seminar

Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qaroridagi Nizom talablari asosida ish yuritish hamda “Uzkad” axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🔹O‘quv-seminarida boshqarmaning Davlat Yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i O.Usmonov tomonidan yer hisobini yuritish, yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, hududning foydalanishdagi jami yer maydoni, yangi yer o‘zlashtirish va toifasi o‘zgargan yerlarni hisobini yuritish bo‘yicha tushunchalar, tavsiyalar berildi.

🔹Seminar ishtirokchilari amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#sayyor_qabul

Sayyor qabullar - inson manfaati uchun

🔹 Bugun Namangan shahrining Davlatobod tumani, "Orzu" MFYda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Tursunbayev Muzaffar Akramjon o'g'li boshchiligida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

🔹Qabulda kadastr masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 15 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 5 nafariga joyining o‘zida yechim topildi, 6 nafar murojaatchiga huquqiy tushuncha berildi, 4 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyida o‘rganib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

🔹 Sayyor qabul davomida murojaatlari ijobiy hal bo'lgan otaxonlar hursandchilikdan tashkilotchilar xaqqiga duo qildilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев қайта тикланувчи энергия манбаларини кўпайтириш бўйича 2024 йил учун устувор вазифаларга бағишланган йиғилиш ўтказмоқда.

Таҳлилларга кўра, юртимизда қуёш ва шамол энергияси салоҳияти электрга бўлган ҳозирги эҳтиёжни 10-12 баробар ортиғи билан қоплашга етарли экани таъкидланди.

Шундай улкан имкониятни ишга солиш масаласига анча йиллар давомида эътибор берилмай келингани, лекин сўнгги йилларда бу соҳада ҳуқуқий база яратилгани туфайли инвесторлар учун жозибадор муҳит шакллангани қайд этилди.

“Яшил энергия” манбаларини барпо қилиш бўйича юртимизда катта дастурлар бошланди. Бугунги кунга қадар соҳага 2,1 миллиард доллар тўғридан-тўғри хорижий инвестиция кириб келди, яна 13 миллиард долларлик лойиҳалар амалга оширилмоқда.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Kadastr xizmati. Yutuqlar va muammolar

🔹Bugun Namangan viloyati teleradiokompaniyasining “Guldasta” teleko‘rsatuvida “Davlatobod tumanida kadastr sohasida amalga oshirilayotgan ishlar"mavzusida jonli efirda suhbat bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Davlatobod tuman filiali boshlig'i Elyorbek Sharipov jurnalistlar savollariga javob berdi.

📹
BATAFSIL videoda

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Sayyor qabullar - muammolar yechimi

🔹 Bugun Namangan shahrining Davlatobod tumani, "Orzu" MFYda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Muzaffar Tursunbayev boshchiligida bo'lib o'tgan sayyor qabuldan videolavhalar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_targibot

❗️Sug‘oriladigan yerni qonunga xilof ravishda sotish javobgarlika sabab bo‘ladi

🔷 Bilasizmi, qonunchilikka ko‘ra, sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish:

🔹BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (132 mln so‘mdan 165 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

🔹Muayan huquqdan mahrum qilib, 2-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash;

🔹5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига келгач, дастлаб Қорақалпоғистоннинг Амударё туманига бориб, Амударёдаги янги кўприкнинг очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев по прибытии в Хорезмскую область посетил Амударьинский район Каракалпакстана, где принял участие в церемонии открытия нового моста через Амударью.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #kuprik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X