NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #Sayyor_qabul #Live

🔴 Ayni damda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida sayyor qabul boshlandi.

🔹Avval xabar berganimizdek aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati Mingbuloq tumanida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosari Nasritdinov Ahadxon Akmalovich boshchiligida sayyor qabul o'tkazilmoqda.

🔹Fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari o‘rganilayotgan jarayon haqida yana xabar beramiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalari uchun to‘lovni 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratildi

🔹Prezidentimizning 2023-yil 21-noyabrdagi “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan sanoat zonalarida yer maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda sotib olish to‘lovlarini 24 oy muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etildi.

🔹Bunga qadar 12 oy muddatga bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan edi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#sayyor_qabul

Sayyor qabullar - inson manfaati uchun

🔹 Bugun Namangan viloyati Mingbuloq tumani, Oybek MFY, 2- bolalar musiqa va san'at maktabi binosida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Nasritdinov Ahadxon Akmalovich boshchiligida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

🔹Qabulda kadastr masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 15 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 5 nafariga joyining o‘zida yechim topildi, 6 nafar murojaatchiga huquqiy tushuncha berildi, 4 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyida o‘rganib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

🌟Kadastr agentligi tomonidan barcha eski tizimlardagi ko‘chmas mulklarga oid maʼlumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

💻 Shu kunlarda agentlik mutaxassislari tomonidan navbatdagi 500 mingta noturar joy obyektlariga oid 4 milliondan ortiq ma’lumotlar UZKAD tizimiga o‘tkazish (migratsiya) ishlari amalga oshirilmoqda. Ko‘chmas mulk, uning egalari, unga bo‘lgan huquqlar to‘g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash o‘ta ehtiyotkorlikni talab qiladi. Migratsiya jarayonida qo‘shimcha mantiqiy tekshiruv va solishtiruv jarayonlarini ham joriy qilinganligi sabab, migratsiya jarayonlari belgilangan muddatdan ko‘p muddat talab qilmoqda.

🟢Hozirgi kunda 300 mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari migratsiya qilinib, ushbu ko‘chmas mulklar bo‘yicha notarius, yagona portal va davlat xizmatlari markazlari orqali 2 mingga yaqin arizalar qabul qilindi.
Rejadagi yana 200 mingta obyektlar hozir migratsiya jarayonida. Ushbu jarayon hisob kitoblarimizga ko‘ra 19-dekabr kuniga qadar davom etadi.

Migratsiya jarayonidan o‘tib bo‘lgan ko‘chmas mulklar bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.

O‘z navbatida keltirilgan noqulaylik uchun yurtimiz aholisidan yana bir bor uzr so‘raymiz.


📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_manzillari

📣Diqqat! Diqqat!
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar!

🔹Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida Namangan viloyatida joylashgan va faoliyat yuritayotgan kadastr idoralarining manzillarini taqdim qilamiz:

📍
Namangan shahri
📍Mingbuloq tumani
📍Kosonsoy tumani
📍Namangan tumani
📍Norin tumani
📍Pop tumani
📍To'raqo'rg'on tumani
📍Uychi tumani
📍Uchqo'rg'on tumani
📍Chortoq tumani
📍Chust tumani
📍Yangiqo'rg'on tumani

Biz Sizga xizmat ko'rsatishdan mamnunmiz!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟Kadastrda aksiya bo'larmush

Xalqimiz orasida bugungi kunda keng tarqalayotgan ushbu mish-mishlarga 📹 Milliy telekanalining Millar teleloyihasi orqali javob olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo‘lib o‘tdi

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilayotgan, yurtimizda va xorijda ro‘y berayotgan muhim, dolzarb mavzular haqida ma'lumot berib boruvchi navbatdagi Siyosiy-maʼrifat soatida ishtirok etdilar.

🔹O'quv soatidan so'ng boshqarmaning bosh yuriskonsulti R.Djurayev Kadastr agentligiga Adliya vazirligidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O'RQ-878-son Qonun mazmun mohiyati bilan boshqarma xodimlarini tanishtirdi.

🔹Boshqarmaning Matbuot xizmati tomonidan xodimlarni huquqiy savodxonligini oshirish uchun adliya tizimi tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish qilindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi yuksak maʼnaviyat orqali kurashamiz! 

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahri hamda ularning tarkibiga kiruvchi Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari bo‘lim va filiallari xodimlari bilan sohada korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan maʼnaviy-maʼrifiy  tadbiri o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, shuningdek bo‘limlar va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar, inspektorlar ishtirok etdilar.

BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🏆🏆🏆

🌟Kadastr agentligi “Eng namunali vazirlik va idora”lar qatorida taqdirlandi

🫥 Joriy yilning 15-dekabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🟥 Tanlovning “Eng namunali tuman va shahar” yo‘nalishiga 14 ta shahar va tuman, “Eng namunali vazirlik va idora” yo‘nalishiga 23 ta vazirlik va idora qatnashdi.

🌟Kadastr agentligi tanlovda munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi hamda 🪙12 mln 500 ming so‘m pul mukofoti hamda 4 mln so‘mlik book📚kitoblar to‘plami bilan taqdirlandi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM