NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.9K photos
970 videos
9 files
4.54K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#huquqiy_targibot

Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari

❗️Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:

🔹O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi;

🔹mamlakat shaʼnini eʼzozlash, davlat siyosatiga sodiq bo‘lish;

🔹tashqi siyosat sohasida davlat manfaatlarini qatʼiy himoya qilish;

🔹o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiisteʼmolchilikka yo‘l qo‘ymaslik;

🔹xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirish;

🔹yuqori davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari hamda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

🔹ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, guruh yoki idoralar manfaati nuqtai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

🔹har qanday qonunbuzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik bilan kurashish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.10.2022 yildagi 595-son.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#E_auksion

📣Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 1 195 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

🔹 Mingbuloq tumanidan 204 ta (ko'rish)
🔹 Kosonsoy tumanidan 267 ta (ko'rish)
🔹 Namangan tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔹 Pop tumanidan 143 ta (ko'rish)
🔹 To'raqo'rg'on tumanida 3 ta (ko'rish)
🔹 Uychi tumanidan 14 ta (ko'rish)
🔹 Uchqo'rg'on tumanidan 2 ta (ko'rish)
🔹 Chortoq tumanidan 137 ta (ko'rish)
🔹 Chust tumanidan 342 ta (ko'rish)
🔹 Yangiqo'rg'on tumanidan 79 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 3-apreldagi 137-sonli qarori asosida yangi tartibda ochiq elektron tanlovga qo'yilgan.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha )
#yer_nazorati

Yer nazorati tadbirlari faol davom etmoqda

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Namangan tumani bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanda yerlarni asrab avaylash, uni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida joylarda muntazam profilaktik hamda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

🔹Yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan yer qonunbuzilish holatlari yuzasidan fuqarolarga tushunchalar berilib, huquqiy oqibatlari haqida rasman ogohlantirish xatlari taqdim qilinmoqda.

🔹Joriy yilda aniqlangan huquqbuzarliklar bo'yicha yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanda 232 ta ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Shundan, 17 ta huquqbuzarlik holati berilgan yozma ogohlantirilsharga asosan bartaraf etilgan, 21 ta holatda maʼmuriy chora koʼrish uchun sudlarga yuborilgan, 9 ta holatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari

❗️Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:

🔹xizmat safarlari, nazorat tadbirlari davomida mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday turdagi sarf-xarajatlarni boshqa shaxslar hisobidan amalga oshirmaslik;

🔹davlat xizmatchilari yoki boshqa shaxslar tomonidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga undovchi murojaatlar haqida, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida o‘zining rahbariga zudlik bilan maʼlum qilish;

🔹chet el fuqarolari bilan alohida belgilangan tartibga zid ravishda bevosita yoki boshqa shaxslar orqali muloqotga kirishmaslik;

🔹o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ularning taʼsiridan saqlanish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish;

🔹o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan saqlanish;

🔹davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan va xizmatga oid boshqa maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rish, ulardan qonunga zid ravishda foydalanmaslik;

🔹axborotlarni tarqatish qoidalariga rioya qilish, Internet jahon axborot tarmog‘i va axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini taʼminlashning belgilangan tartibiga amal qilish;

🔹biriktirilgan xizmat kompyuteri hamda elektron tashuvchilaridagi xizmatga oid maʼlumotlarning xavfsiz saqlanishini taʼminlash va ularni boshqa shaxslarga tarqatilishining oldini olish choralarini ko‘rish;

🔹ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslik;

🔹fuqarolar va hamkasblarining shaʼni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi maʼlumotlar, tuhmat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmaslik;

🔹mehnat va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qatʼiy rioya etish;

🔹o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish;

🔹jamoada sog‘lom maʼnaviy muhitni saqlash choralarini ko‘rish;

🔹jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qilish;

🔹mehnat jamoasida ishchanlik muhitini shakllantirish va uni mustahkamlashga ko‘maklashishi;

🔹mehnat jamoasida hamkasblarining shaʼni va qadr-qimmatini obro‘sizlantiradigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilishdan tiyilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.10.2022 yildagi 595-son.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерациясига расмий ташрифнинг биринчи манзили – Қозон шаҳрига келди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Казань, с которого начинается программа официального визита в Российскую Федерацию.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Kadastr xizmati Inson manfaatlari yo'lida

🔹Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining barcha 14 ta tuman  filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun "mahallabay", "xonadonbay" ish tashkil qilingan.

🔹Bu ishlarda, boshqarmaning Chust, Uchqo'rg'on, Mingbuloq tumani filiallari xodimlari hozirgacha o‘z hududlaridagi 25 dan ortiq mahallalarda bo‘lib, fuqarolarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar va amaliy yordam bermoqdalar.

🔹Aniqlangan aholi muammolar joyida hal qilinmoqda. Qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olingan bo‘lib, qolganlariga malakali mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook