NAMANGAN KADASTR
1.42K subscribers
10.8K photos
969 videos
9 files
4.51K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#bayram_shukuhi
#1_oktabr_Ustoz_va_murabbiylar_kuni

USTOZLAR E'ZOZDA

🔹Hozirgina Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Kamolovich Valiyev boshchiligida videoselektor orqali “1-Oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Davlat kadastrlari palatasi tizimida uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan xodimlar qatori Namangan viloyat boshqarmasi tizimida mehnat qilayotgan ustozlar Abdurazzoq aka Qodirov va Olimjon aka Abdullayevlar ham soha rahbarining “Tashakkurnoma”si hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🔹Ular o‘z so‘zlarida ko‘rsatilgan hurmat va eʼtibor uchun rahbariyatga minnatdorchiliklarini bildirib bundan keyin ham, soha rivoji va ravnaqi yo‘lida o‘zlarining bilim va tajribalarini yosh xodimlarga o‘rgatib, jamoa ishlarida faol qatnashishga vaʼda berdilar.

🔹Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Ер мулкдорларининг ҳуқуқлари ишончли ҳимоя қилинишига хизмат қилувчи меъёрлар маъқулланди.

“Ер тўғрисидаги қонунчилик такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қонун Сенат томонидан маъқулланди.

Эндиликда қонун билан ижара муносабатларининг объектлари бўйича ҳуқуқ ва мажбуриятлар ижарага берувчининг розилиги билан ижарага олувчи томонидан бошқа шахсга ўтказилиши (қайта ижарага берилиши) мумкин. Бундан қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкалари мустасно.

Бугунги кунда ер участкасини ижарага олиш шартномасини янги муддатга узайтириш зарурати мавжуд эди.

Эндиликда Сенат томонидан маъқулланган қонун билан ижарага олиш шартномаси муддати тугаганидан кейин янги муддатга шартномани узайтиришда ижарачи олдинги шартномада кўрсатилган талабларни лозим даражада бажарган бўлса, бошқа шахсларга нисбатан устун ҳуқуққа эга бўлиши Ер кодексига киритилмоқда.

Сенаторлар мазкур қонуннинг келгусида кучга кириши ижара муносабатлари янада кенгайишига, сервитут белгилаш билан боғлиқ муносабатларни ҳуқуқий жиҳатдан тартибга солишга, ер эгалари, ердан фойдаланувчилар, ер участкалари ижарачилари ва мулкдорларининг ҳуқуқлари ишончли ҳимоя қилинишига хизмат қилишини эътироф этди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1_oktabr_Ustoz_va_murabbiylar_kuni

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum hurmatli uztozlar, qadirli faxriylarimiz!

💐Avvalo, barchangizni bugungi qutlug‘ sana — 1-oktabr Ustozlar va murabbiylar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

💐Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga ustozlar, muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan.

💐Xalqimizda "Ustoz otangdek ulug‘", degan so‘z bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi.

💐Shuning uchun ham Sizlarga har qancha minnatdorlik bildirsak shuncha oz.

💐Biz shu qutlug‘ ayyomni keng nishonlar ekanmiz, Sizlarning yoshlarga kadastr sohasining nozik jihatlarini o‘rgatishdek murakkab, ammo sharafli mehnatingiz uchun barchamiz samimiy minnatdorchilik bildirishni o‘zimizning muqaddas burchimiz deb bilamiz.

Hurmatli ustozlar, qadirli faxriylar!

💐Bundan keyin ham yoshlarga kasb-hunar asoslarini o‘rgatish, yuksak insoniy tuyg‘u va fazilatlarni singdirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash borasida bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va mahoratingizni ayamasdan astoydil xizmat qilishingizga ishonamiz.

💐Sizlarni 1-oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

Hurmat va ehtirom bilan,

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Pazilov Bahromjon Bohodirovich

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Gapparov Qodirxon Sattarovich
#1_oktabr_Ustoz_va_murabbiylar_kuni

💐Kadastr faxriylari e'zozda

💐Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari hamda filiallarida uzoq yillar ishlagan, faxriy ustozlarga "1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni" bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

💐Bayramingiz muborak bo'lsin aziz ustozlar!

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#1_oktabr_Ustoz_va_murabbiylar_kuni

💐Bayramingiz muborak bo'lsin aziz ustozlar!

💐Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarining faxriy ustozlariga "1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan o'tkazilagan bayram tadbiridan videolavha.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #murojaat

🟢Fuqaro hamda tadbirkorlarga 🌟Kadastr agentligi rahbariyati murojaati.

➡️ Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

"O‘ZBEKISTON – 2030" strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

5-maqsad:
Umumiy o‘rta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish.

🔹Nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish uchun 2023-yil oktabrdan boshlab har yili nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kamida respublika bo‘yicha 50 gektar yer uchastkalarini auksionga chiqarilishi belgilangan.

Manba: 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori. Amaliy tadbirlar rejasi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#E_auksion

Namangan viloyati bo'yicha 2 459 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

🔹Mingbuloq tumanidan 83 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 192 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 59 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 88 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 558 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 203 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 123 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 133 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 318 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 351 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 225 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 130 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Inson manfaatlari - oliy qadriyat!

🔹Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining barcha 14 ta tuman  filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun "mahallabay", "xonadonbay" ish tashkil qilmoqdalar.

🔹Bu ishlarda, ayniqsa boshqarmaning Kosonsoy, Chortoq tumani filiallari xodimlari hozirgacha o‘z hududlaridagi 20 ortiq mahallalarida bo‘lib, fuqarolarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar.

🔹Aniqlangan aholi muammolar joyida hal qilinmoqda. Qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olingan bo‘lib, qolganlariga malakali mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook