NAMANGAN KADASTR
1.42K subscribers
10.8K photos
968 videos
9 files
4.51K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Huquqiy_targibot

QONUNLARNI O'RGANAMIZ

🔹Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat tomonidan tan olish.

🔹Huquqiy asos:
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 28.11.2022 yildagi O‘RQ-803-son

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Matbuot anjumani: kadastr xizmatlari takomillashmoqda

🔹Namanganda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari tomonidan kadastr sohasini yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlar uchun koʼrsatilayotgan kadastr xizmatini yanada takomillashtirishga oid Hukumat qarorlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida tashkil etilgan matbuot anjumani Namangan viloyati TRKning "Diyor yangiliklari" informatsion ko'rsatuvida efirga uzatildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 21-28 - sentabr, 2023 yil

📁 Jami kelib tushgan: 19 765 ta
Shakllantirilgan: 7 482 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #eslatma

⚡️2-oktabr — dushanba kuni ham dam olish kuni bo‘ladi ⚡️

Ishlanmaydigan bayram kuni. 1-oktabr — «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» 2023-yilda yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

‼️Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.

📌Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#AOKA #Brifing

🌟Kadastr agentligining Geoinnovatsiya markazi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berish maqsadida brifing o‘tkazildi.

Bugungi kunda markazda 100 ga yaqin sanoat 👌 dronlari mavjud bo‘lib, ular iqtisodiyotning 20 dan ortiq yo‘nalishlarida turli xil vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan.

🟢Ushbu dronlardan foydalangan holda Markaz tomonidan o‘tgan davr mobaynida Topografiya, Fotogrammetriya va Geofazoviy maʼlumotlarni yangilash bo‘yicha 22 719 gektarda surʼatga olish ishlari amalga oshirildi.

👌2022 yildan shu kunga qadar maxsus dronlar yordamida jami 21 marotaba, shu jumladan xorijiy davlatlarda 4 marotaba dron-shou tadbirlari o‘tkazildi.

🎬 Batafsil videoda 🎬

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_shukuhi
#1_oktabr_Ustoz_va_murabbiylar_kuni

USTOZLAR E'ZOZDA

🔹Hozirgina Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Kamolovich Valiyev boshchiligida videoselektor orqali “1-Oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Davlat kadastrlari palatasi tizimida uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan xodimlar qatori Namangan viloyat boshqarmasi tizimida mehnat qilayotgan ustozlar Abdurazzoq aka Qodirov va Olimjon aka Abdullayevlar ham soha rahbarining “Tashakkurnoma”si hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🔹Ular o‘z so‘zlarida ko‘rsatilgan hurmat va eʼtibor uchun rahbariyatga minnatdorchiliklarini bildirib bundan keyin ham, soha rivoji va ravnaqi yo‘lida o‘zlarining bilim va tajribalarini yosh xodimlarga o‘rgatib, jamoa ishlarida faol qatnashishga vaʼda berdilar.

🔹Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Ер мулкдорларининг ҳуқуқлари ишончли ҳимоя қилинишига хизмат қилувчи меъёрлар маъқулланди.

“Ер тўғрисидаги қонунчилик такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги қонун Сенат томонидан маъқулланди.

Эндиликда қонун билан ижара муносабатларининг объектлари бўйича ҳуқуқ ва мажбуриятлар ижарага берувчининг розилиги билан ижарага олувчи томонидан бошқа шахсга ўтказилиши (қайта ижарага берилиши) мумкин. Бундан қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкалари мустасно.

Бугунги кунда ер участкасини ижарага олиш шартномасини янги муддатга узайтириш зарурати мавжуд эди.

Эндиликда Сенат томонидан маъқулланган қонун билан ижарага олиш шартномаси муддати тугаганидан кейин янги муддатга шартномани узайтиришда ижарачи олдинги шартномада кўрсатилган талабларни лозим даражада бажарган бўлса, бошқа шахсларга нисбатан устун ҳуқуққа эга бўлиши Ер кодексига киритилмоқда.

Сенаторлар мазкур қонуннинг келгусида кучга кириши ижара муносабатлари янада кенгайишига, сервитут белгилаш билан боғлиқ муносабатларни ҳуқуқий жиҳатдан тартибга солишга, ер эгалари, ердан фойдаланувчилар, ер участкалари ижарачилари ва мулкдорларининг ҳуқуқлари ишончли ҳимоя қилинишига хизмат қилишини эътироф этди.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1_oktabr_Ustoz_va_murabbiylar_kuni

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum hurmatli uztozlar, qadirli faxriylarimiz!

💐Avvalo, barchangizni bugungi qutlug‘ sana — 1-oktabr Ustozlar va murabbiylar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

💐Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga ustozlar, muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan.

💐Xalqimizda "Ustoz otangdek ulug‘", degan so‘z bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi.

💐Shuning uchun ham Sizlarga har qancha minnatdorlik bildirsak shuncha oz.

💐Biz shu qutlug‘ ayyomni keng nishonlar ekanmiz, Sizlarning yoshlarga kadastr sohasining nozik jihatlarini o‘rgatishdek murakkab, ammo sharafli mehnatingiz uchun barchamiz samimiy minnatdorchilik bildirishni o‘zimizning muqaddas burchimiz deb bilamiz.

Hurmatli ustozlar, qadirli faxriylar!

💐Bundan keyin ham yoshlarga kasb-hunar asoslarini o‘rgatish, yuksak insoniy tuyg‘u va fazilatlarni singdirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash borasida bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va mahoratingizni ayamasdan astoydil xizmat qilishingizga ishonamiz.

💐Sizlarni 1-oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

Hurmat va ehtirom bilan,

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Pazilov Bahromjon Bohodirovich

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Gapparov Qodirxon Sattarovich
#1_oktabr_Ustoz_va_murabbiylar_kuni

💐Kadastr faxriylari e'zozda

💐Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo‘limlari hamda filiallarida uzoq yillar ishlagan, faxriy ustozlarga "1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni" bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

💐Bayramingiz muborak bo'lsin aziz ustozlar!

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook