NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.8K photos
966 videos
9 files
4.49K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#yer_nazorati

Nazorat tadbirlari davom etmoqda

🔹Kadastr agentligining To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi yer va kadastr nazorati inspektorlari hamda tuman Ishchi guruhi tomonidan Kalvak-Buramatut avtomobil yo‘lining ikki chetidagi noqonuniy qurilishlar va qurilmalar yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi.  

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 138-sonli qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha 100 dan ortiq noqonuniy qurilma egalariga yozma ogohlantirish berildi.  

🔹Hozirda olib borilgan tushuntirish va huquqiy targ‘ibot ishlari tufayli ularning 50 dan ortig‘i egalari tomonidan olib tashlandi.

🔹Shu o‘rinda tadbirkorlardan avtomobil yo‘l yoqalariga noqonuniy qurilmalar o‘rnatish va qurilish ishlarini amalga oshirmasliklarini va daraxtlarga, simyog‘ochlarga reklama bannerlarini o‘rnatmasliklarini so‘rab qolamiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Inson manfaatlari - oliy qadriyat!

🔹Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining barcha 14 ta tuman  filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun «mahallabay», «xonadonbay» ish tashkil qilmoqdalar.

🔹Bu ishlarda, ayniqsa boshqarmaning To'raqo‘rg‘on, Norin va Namangan shahar filiallari xodimlari faollik ko‘rsatib hozirgacha o‘z hududlaridagi 20 ortiq mahallalarida bo‘lib, fuqarolarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar.

🔹Aniqlangan aholi muammolar joyida hal qilinmoqda. Qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olingan bo‘lib, qolganlariga malakali mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

🇺🇿"O‘zbekiston-2030" strategiyasi - niyatlarimiz katta!

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari, ularning tuman (shahar) bo‘lim hamda filiallari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

🔹Tadbirda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Mirzabayev, boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar hamda barcha bo‘limlar boshliqlari, mutaxassislar va inspektorlar ishtirok etdilar. 

🔹Tadbir yakunida so‘zga chiqqan M.Nurmatov Davlatimiz Rahbari tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston -2030” strategiyasi yuzasidan o‘z fikrini bildirdi. So‘zini davom ettirib “Korrupsiyasiz taraqqiyot sari” shiori ostida tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar orasida korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish to‘g‘risida hamda “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” kabi maʼnaviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga daxlsizlik, mahalliychilik kabi salbiy illatlarning oldini olish to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#seminar #raqamlashtirish #ijro_intizomi

ELЕKTRON HUJJAT ALMASHINUV TIZIMIDAN SAMARALI FOYDALANISH AFZALLIKLARI

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi majlislar zalida boshqarmaning bo'lim boshliqlari, tuman (shahar) filial rahbarlari hamda xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son farmoni hamda Kadastr agentligining tegishli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida, “edo.ijro.uz” dasturiy ta’minoti orqali o‘zaro hujjat aylanishini joriy qilinishi, ushbu dastur orqali ro‘yxatga olingan topshiriqlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha o'quv-seminar tashkil etildi.

🔹Seminarda “UNICON SOFT” MChJ Namangan viloyati hududiy bo'limi rahbari D.Bo'ronov hamda jamiyat menejerlari ishtirokchilarga yuqoridagi dasturiy ta'minot orqali o‘zaro hujjat aylanishi haqida batafsil ma’lumot berdilar.

🔹Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan to'liq javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda ijro intizomi holatiga e’tibor

◼️ Joriy yil, 14-15 - sentabr kunlari Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining bir necha tuman, shahar filiallarini ko‘zdan kechirdi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati va hududiy boshqarmalarning qator mutasaddilari bilan birgalikda chekka tumanlarda bo‘lishib, ishlarning tashkil etilishi va asosan xodimlarda ijro intizomi holatiga alohida e’tibor qaratdi. Arxiv hujjatlari, kadastr pasporti va uni ro'yxatdan o‘tkazish masalalari, UzKAD dasturiga davlat obyektlarini kiritish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha qator yo‘nalishlarni o‘rganish yuzasidan xodimlar bilan uchrashdi. Bundan tashqari rahbariyat tumanlarda ish sur’atini o‘rganish barobarida xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

◼️ Hududiy filiallarda bo‘lib qaytgandan so‘ng, palata raisi boshchiligida Zoom platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala bo‘lgan ijro intizomiga e’tibor qaratilib, tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish kabi mavzular tahlil etildi. O‘tgan 8 oy davomida qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglanib, ilg‘orlar e’tirof etildi. Natijadorligi orqada bo‘lgan ayrim xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi - hayfsan e’lon qilinib, bir qancha xodimlarga ogohlantirish berildi.

#DavKadastrPalata #info #ijro_intizomi #rais_yig_ilishi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM